Ijtimoiy xayot va din


Sunniylik mazhablari va ma’naviyat. Sunniylik-



Download 19,13 Mb.
bet74/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Sunniylik mazhablari va ma’naviyat. Sunniylik-bu islomda izchil, sobitqadam yo’nalish hisoblanadi. Musulmonlarning juda ko’pchilik qismi-92,5 foizi sunniylikka e’tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizini shialar, ibodiylar va xorijiylar tashkil qiladilar. Sunna arabcha odat, an’ana, xatti-harakat tarzi degan ma’nolarni bildiradi. Sunniylik degan so’z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya’ni Muhammad to’g’risidagi rivoyatlar va uning hadislari to’plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo’lgan ko’rsatmalar, amallaridir.
Sunniylar ummaviylar sulolasidan bo’lgan xalifalarning oliy hokimiyatga bo’lgan huquqini tan olganlar. Sunniylikda Sunna Qur’ondan keyingi asosiy muqaddas manba, hadislar to’plami deb qaraladi. U VII asr o’rtalarida shakllana boshlagan. Unda xalifalikdagi sinfiy munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi atrofidagi kurash o’z ifodasini topgan. Uni to’plash, sharhlash va nashr qilishda vatandoshlarimiz Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy asosiy rol o’ynaganlar.
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo’yi, Sibirь, O’rol, Kichik Osiyo, Misr va SHimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas shaharlari Makka va Madinadir. Unda to’rtta shariat maktabi-hanafiylar, molikiylar, shofi’iylar, hanbaliylar mazhablari bor.

  1. Hanafiya (Imomi A’zam) mazhabi. Bunga Abu Hanifa taxallusi Imomi A’zam-buyuk imom-(699-767) asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri bo’lib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini (manbalar asosida chiqarish mumkin bo’lgan xulosa yoki hukmlardan musulmonlar jamoasi uchun maqbulrog’ini qabul qilib) ishlab chiqqan, mahalliy xalq huquq-qoidalarini-odatni shariat bilan keltirib qo’llanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan.

Istihson (arab.-yaxshilash, ma’qullash) shariatning chalkash, murakkab masalalariga qiyosini qo’llanishning yo’li bilan musulmon jamoasi yoki davlati uchun mumkin qadar yaxshiroq, foydaliroq, ma’qulrog’ini qo’llash tarzi hisoblanadi. Bu ikki yoki undan ortiqroq imkoniyati mavjud bo’lgan mantiqiy xulosalardan foydalirog’i, ma’qullarini ajratib olishdir.
Hanafiylar mahalliy zodagon va hukmdorlar qabul qilgan nizom va qonunlar, mahalliy urf-odatlarga tayangan odatiy an’analar hamda mahalliy elatlarning urf-odati asosida kelib chiqqan odat maqomiga keng tayanishlari islomning ko’chmanchilari orasida ham tez tarqalishga olib kelgan. CHunki bular o’zlarining ibtidoiy urf-odatlarini hisobga olgan islomni, xususan hanafiya mazhabini o’zlariga ma’qul topganlar. Abu Hanafiya fiqhning asoschisi va ulug’sifat ilohiyot mutaxassisi bo’lgan. «Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom Abu Hanifa yerga qaytarib keladi»13, deyishardi. Uning «Al-Fiqh al-Akbar» asari boshqa mazhab muxlislari orasida ham mashhur bo’lgan. Olimning yozishicha, u huquqiy masalalalrga oid 500 mingdan ortiq misollar yaratgan va diniy ibodat hamda huquq masalalariga oid 64 fatvo nashr etgan. Abu Hanifa zo’r taqvodor kishi bo’lib, zohidlikda yashagan. U haqda maxsus rivoyatlar yaratilgan.
Mujtahid imom SHofi’iy aytganidek, agar Imom A’zam biror narsani oltin deb atashni xohlasa, uni isbot etish uchun uning mahorati ham, iste’dodi ham yetardi. Umuman hanafiya boshqa shariat mazhablariga qaraganda xristian va yahudiylarga nisbatan mo’’tadillik nuqtai nazarida turgan.
Hanafiya mazhabi qonunlari Abu Yusuf Yoqub (vaf. 795), ash-SHayboniy (vaf. 804), Qodiriy (vaf. 1036) asarlarida ham ishlab chiqilgan. Hamyurtimiz Marg’inoniy ar-Rishton (vaf. 1157)ning fiqhga oid asarlaridan eng mashhuri «Hidoya fi-l-furur-SHariat sohalari bo’yicha qo’llanma» hanafiya mazhablari tomonidan qonunlar majmuasi (kodeks) sifatida foydalanilgan. Marg’inoniyning «Hidoya»si fors, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan bo’lib, hozir ham SHarq mamlakatlarida (Hindiston, Turkiya va b.) hanafiya mazhabi shariat sohasidagi asosiy qo’llanma hisoblanadi.
Hanafiya mazhabi sunniylik yo’nalishiga mansub bo’lgan musulmonlarning 47 foizini o’z ichiga oladi. Hozir ham respublika tuprog’idagi sunniylarning oila, nikoh, taloq va boshqa masalalarida shu mazhabga tayanadilar.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish