Ijtimoiy xayot va din


Tasavvuf ta’limoti va islom ma’naviyatining rivojlanishi



Download 19,13 Mb.
bet82/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Tasavvuf ta’limoti va islom ma’naviyatining rivojlanishi. O’zbekiston hukumati rahbariyati iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o’tishi va qaror topishi avvalo odamlarning erkin, sog’lom fikr yuritishlariga, tafakkur tarzi va ma’naviy dunyoqarashlarining jiddiy ravishda o’zgarish jarayonlari bilan bog’lamoqda. «Endigi vazifa,-degan edi Prezident I.A.Karimov Oliy Majlis 1-sessiyasida qilgan ma’ruzasida,-kishilarimizni mustaqil fikrlashga o’rgatish, o’ziga ishonchning orta borishidir. CHunki tafakkur ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutulmasa, inson to’la ozod bo’la olmaydi». Faqat ma’naviyatni qaror toptirish orqaligina iymonli komil insonlar shaxsi shakllanishi, demak, erkin, hur, teran fikr yurituvchi insonlardan iborat fuqarolik jamiyat vujudga kelishi mumkin.
Tasavvuf ta’limoti sohasida yirik tadqiqotlar muallifi N.Komilov ta’kidlaganidek, tasavvuf O’rta Osiyo falsafasi taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni o’z ichiga qamrab olib, uni rivojlantirgan, din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirgan, ilohiy bilimlarni birlashtirgan, bular bilan dunyoviy ilmlarni o’zaro bog’lashga harakat qilgan.18
SHu yo’sinda rivojlangan tasavvuf SHarqda, shu jumladan Turkiston musulmonlari orasida tafakkur tarzi va axloq me’yorini belgilaydigan ijtimoiy hodisaga aylangan.
Tasavvuf ta’limotining islom ma’naviyatini rivojlantirishga qanday ta’sir ko’rsatilganligi masalasi bayonidan oldin ular o’rtasidagi qarashlarni ko’rib chiqish lozim. Ilk islomda, hattoki IX-XII asrlarda Alloh visoliga yetganda sufiy uchun shariat talab, farzlarini bajarishga ehtiyoj qolmaydi deyuvchilar (Abu Yazid Bistomiy, Mansur Xalloj, Hamodaniy va b.) bo’lib, bu nuqtai nazarlar tasavvuf va sunniy islom shariati o’rtasida ochiq to’qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo’lgan edi. Buni yaxshi tushungan ulug’ zotlar jumladan, Abduholiq /ijduvoniy, Alouddin Attor va boshqa ulamolar bu nizoni oldini olish maqsadida musulmon ahliga sunnatni hamisha joyiga qo’yishga intil, bid’atlardan uzoq bo’l deb ta’lim berganlar.
Baxouddin Naqshband o’z tariqati shakllanayotganda ilk islomda va arab – musulmon jamiyatida tasavvuf sunniy islomga qarama-qarshi qo’yishni qoralagan va u qanday salbiy oqibatlarga olib kelishini asoslab bergan. Uning tariqati islom va shariatga asoslangan edi. Undan «Sizning tariqatingizni qanday topish mumkin?» deb so’ralganda Naqshband «SHariatni mahkam tutish va Rasululloh sunnatlariga to’liq amal qilish bilan»19 deb javob berganlar.
Baxouddin o’zining amaliy faoliyatida, targ’ibot ishlarida tasavvuf, tariqat va islom shariatining o’zaro aloqasi va munosabati, bog’liqligini doim esda saqlab, boshqalarini ham shunga da’vat etgan. Ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni har tomonlama, mukammal isbotini ko’rsatish uchun amaliy hayotda ko’plab, rivoyatlar, misollar keltirgan. U shunday deydi: biz tasavvuf ahli Allohni bilib ma’rifat hosil qildik, ammo shariatni oddiy, omi odamlarga buyurgan talab, farzlarini bajarmasa ham bo’laveradi deyish bid’atdir. Uning fikricha, tariqatning bosqichlarida faqat shariat talab, farz arkonlarini bajarish, islomga sodiq iymon bilangina maqsadga erishish mumkin, Naqshbandiya tariqatining asosi, zamini islom, shariat ahkomlari ekan, ma’rifatga erishish, ularni izchil bajarish orqali tariqat amaliyotiga va ma’rifatga erishish mumkin.
Islom tarixida tasavvuf tariqatlari XI-XII asrlarda Yassaviya, XII-XIII asrlarda Kubroviya, XIII-XV asrlarda Xojogoniya-Naqshbandiya vujudga kelgan, taraqqiy etgan va har biri islom ma’rifati va ma’naviyatini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan. Ayniqsa Naqshbandiya ta’limoti va tariqati komil insonni shakllantirishga qaratilgan bo’lib, xalqimiz tarixiy taraqqiyotidan munosib o’rin olgan. Naqshbandiya tariqatining Turkiston va dunyoning boshqa xududlarida faollashuvi, keng tarqalishi natijasida jahon ilm-fan, madaniyati, tsivilizatsiyasi, xususan diniy-irfoniy, ma’naviy-ma’rifiy qarashlar va ta’limotlar tarixida muhim ahamiyat kasb etdi.


Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish