Tayanch so’zlar:
Tariqat 6. Vara 11. Rido
Ma’rifat 7. Zuhd 12. Vuqufi zamoniy
Haqiqat 8. Faqr 13. Vuqufi adadiy
Orifiy 9. Sabr 14. Vuqufi qalbiy
Tavba 10. Tavakkul 15. «Zikriy hafiya»
Takrorlash uchun savollar:
Islom dunyosida tasavvuf ta’limoti qachon vujudga kelgan?
Ilk islom bilan tasavvuf tariqati qarashlarida qanday qarama-qarshiliklar bo’lgan?
O’rta Osiyoda tasavvuf ta’limotiga kimlar asos solgan?
Yassaviya tariqatining mazmuni nima?
Kubroviya tariqatining yo’nalishi qanday?
Naqshbandiya tariqati va mazmuni haqida nima bilasiz?
Jahon ilm-fan, ma’naviyatga tasavvuf qanday hissa qo’shgan?
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T.: SHarq, 1998.-32 b.
Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1998-326 b.
Abul Muhsin Muhammad Boqir Ibn Muhammad Ali. Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband.-T.: Yozuvchi, 1993, 208 b.
Ahmad Yassaviy. Hikmatlar.-T.: /ofur /ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.-256 b.
Falsafa qomusiy lug’at.-T.: 2004.
Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. 1-kitob.-T.: Yozuvchi, 1996.-272 b.
15- Mavzu: Din, ma’naviyat, fan va siyosat. Diniy qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyati
Islomiy qadriyatlar targ’iboti.
Politeizmdan monoteizmga o’tish davridagi arablar ma’naviyati
Islom ma’naviyati va ma’rifatining shaxs va jamiyat munosabatlariga ta’siri
Islomiy qadriyatlar targ’iboti. Biz yuqorida islomning vujudga kelishi haqida batafsil fikr yuritib shu xulosaga keldikki, bu hodisa arab xalqlari tarixida g’oyat katta ijtimoiy, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan. Mavjud urug’chilik-qabilachilik tuzumidan sinfiy jamiyatga o’tilgan. Markazlashgan xalifalik davlati vujudga kelgan. Natijada xalifalik tarkibiga kirgan yuzlab xalqlar va elatlar arab tili va o’rta asr arab madaniyatini, islom qadriyatlarini yoyishga samarali harakat qilgan.
O’rta Osiyo xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi bilan kalom, ya’ni islom falsafasini va diniy talablarni bajarishda arab tili ustuvorligi o’rnatilgan. So’ngra fan, adabiyot, falsafa madaniyatining turlariga ham arab tilining ta’siri kuchli bo’lgan. Ammo mahalliy xalqlar islomdan ancha oldinroq o’z ona tillarida yozuvni, ma’rifatu-madaniyatni, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo’lganlar. Bu jarayon keyinchalik islomning ta’sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning turmush tarzi islom talabiga moslasha borgan, urf-odat va marosimchilik diniy tus olgan, yoshlarga bilim berish uchun maktablar ochilgan, ruhoniy kadrlar tayyorlash uchun ko’plab madrasalar, qiroatxonalar tashkil etilgan.
Demak, O’rta Osiyo xalqlari hayotida ilm-ma’rifat va madaniyatning rivojlanishida islomning ijobiy rol o’ynaganini e’tirof etishimiz lozim. Bu xududda islomning xalq hayotiga kirib kelgan davridan boshlab tashkil etilgan maktab, madrasa va diniy dorilfununlar savdo va bilimga yo’l ochgan. O’rta asrlarda shakllanib ijod etgan savodli kishi, olim, shoir, ma’rifatparvar, mutafakkirlarning hayoti va faoliyatida islomning ijobiy roli bor desak xato qilmaymiz.
Islom O’rta osiyo xalqlari turmush tarziga, madaniyatiga turli qirralarda o’z ta’sirini ko’rsatgan. Masalan, me’morchilik yodgorliklarini olib ko’raylik. Madrasa, masjid, maqbara va boshqalar din manfaati yo’lida qurilgan va unga xizmat qilgan. Ammo u inshoatlarni xalq qurgan, xalq ijodiga bog’liq madaniy boylik ekanligini bilamiz. SHuningdek, xalqlar orasida shaxsiy uylarni qurishda uy peshtoqlarini, ustunlarini, eshiklarini o’ymakorlik qilib ishlash, ganchlardan turli shakllar yasab yopishtirish kabilar ham xalq ijodiy qadriyatlariga mansubdir.
Islomga xos marosimlar va odatlar eng avvalo, din asoslari-«arkon-ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va marosimchilik rukn bilan chambarchas bog’liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, o’ziga xos ma’naviy madaniyatning turiga, an’anaga aylantirilgan. Bu ruknlarning har biriga qisqa-qisqa izoh berib o’tamiz.
Islomning ruknlaridan biri-tashahhudni-kalimai toyyibani bilish, ya’ni Allohning birligi va payg’ambar Muhammad (s.a.v.) Allohning elchisi ekanligiga chin dildan iqror bo’lib, bu kalimani doim takrorlab yurish zarur deb hisoblanadi. Avvallari kalimai toyyiba, yoki shahodat arab tilida aytilgan bo’lsa, hozirgi paytda har bir musulmon Allohga e’tiqod qilishning bu ruknini o’z tilida aytmoqda.
Islom o’z muxlislaridan kunda besh vaqt namoz o’qishni talab qiladi. Bular-bomdod, peshin, asr, shom, xufton namozlaridir. Namoz o’qishga kirishishdan oldin tahorat qilish buyurilgan. Namoz Allohga hamdu sano o’qish, namozdan so’ng o’z niyatlarini aytib, undan marhamat tilashdan iborat. Islomda kundalik besh vaqt namozdan tashqari, muhim ishlar oldindan ham xudoga sig’inishni talab qiladi. Yana islom dinidagi kishi har yili ramazon oyida bir oy ro’za tutishi kerak.
Haj qilish sho’rolar davrida juda cheklab qo’yilgan edi. 1991 yildan boshlab, bu tadbirga keng imkoniyat yaratildi. Natijada respublikamizdan har yili minglab kishilar hajga borishga muvaffaq bo’lishdi. Har yili haj safariga musulmonlardan 4000-5000 kishi borib keladigan bo’ldi.
Islomning besh asosiy ruknlaridan biri bo’lgan, Haj zul-hijja oyida, Islom muqaddas shahar hisoblangan Makkaga borish u yerdagi Muqaddas joylarni ziyorat qilib, turli diniy urf-odat va marosimlarni bajarish bilan Madinaga borib, Payg’ambar Muhammad (s.a.v.) qabrlarini ziyorat qilish, Islom dinining beshinchi amallarini bajarishdir. Bunda musulmon kishi o’z oilasini iqtisodiy tomonidan ta’minlab, bolalarini uylantirib oiladan iqtisodiy tomonidan qutilsa, haj qilishga qurbi yetsa hajga borishi mumkin. Bu Islomdagi beshinchi ruknni bajarish demakdir.
Har bir dinning o’ziga xos marosimlari tizimi, bayramlari bo’ladi. Diniy marosimlar diniy e’tiqod, ibodatning amaldagi ifodasini tashkil etadi.
Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur, e’tiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bo’la boshlaydi. Bularning yuzaga kelishi degan ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug’ va qabilalar hayotidagi muhim voqealar-farzand tug’ilishi, balog’atga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bog’liq bo’lgan.
Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Musulmon mamlakatlarda bu hayitga tayyorgarlik katta bo’ladi; masjidda maxsus ibodat bo’ladi, va’zxonlik-amri ma’ruf qilinadi. Hayit uch kun davom etadi.
Qurbon hayiti kunlari musulmonlar o’z ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib ko’radilar, ularga qo’llaridan kelgan yordamlarini ayamay, hurmatini o’z o’rniga qo’yadilar, qurbonlik uchun so’yilgan mollarning go’shtlaridan bir qismini o’z urug’-aymoqlariga, xususan kam ta’minlangan oilalarga, beva-bechoralarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi so’yilgan mollar go’shtidan taom tayyorlab, xudoyi shaklida yig’inlar o’tkazadilar.
Hijriy-qamariy taqvim-kalendar bo’yicha sha’bon oyi tugaganidan so’ng ramazon oyi boshlanib, unda 30 kun ro’za tutiladi. Diniy ta’limotda musulmonlardan ro’za tutish jarayonida mohi ramazon ibodatini bajarish zarur deb hisoblanadi. Unda Qur’on tilovati bilan birga, xayr-ehsonlar, duoyu-iltijolar qilinadi. Binobarin, har bir mo’’min-musulmon bu oyni g’animat bilib, o’zini astoyidil xudo yo’liga bag’ishlab kechayu kunduz toat-ibodat birla bir kun ham ro’za tutishni kanda qilmaslik kerak deb hisoblagan. Yana islom ta’limoti musulmonlardan ramazon oyida Allohdan o’z gunohlarining kechishni so’rab, tavba-tazarru qilish bilan bir vaqtda inson uchun noxush bo’lgan jahlu g’azab, dilozorlik, qo’polliklardan xoli bo’lib, xushmuomalalik, odamshinavandalik, kamtarinlik kabi fazilatlarni o’ziga singdirib borishi zarur deb hisoblangan.
Islom ta’limotida, ro’za haqida yozilgan turli diniy manbalarda ramazon oyining mazmuni, ahamiyati, unda musulmonlarning burchi har tomonlama izohlangan. Ro’za oyining har bir kunini e’zozlash, iftorlikka alohida e’tibor berish ko’zda tutilgan. Payg’ambar Muhammad (s.a.v.) 30 kun ro’za oyining uch dahaga bo’linishini e’tirof etib, uni shunday izohlagan: «Bu mohi sharif shu qadar ulug’ bir oykim, uning birinchi o’n kunlik dahasi-dahai rahmat deb ataladi, ya’ni Allohning rahmati o’z bandalariga muttasil yog’ilib turadigan kunlaridir. Ikkinchi o’n kunligi-dahai mag’firat, ya’ni Alloh o’z bandalarining gunohu ma’siyatlaridan o’tib avf qilib yuboradigan kunlar. Uchinchi o’n kunligi «itqun minan nor», ya’ni Alloh o’z bandalarini otashi do’zaxdan ozod qilib yuboradigan bashoratli kunlar».20
Ro’za tutish musulmonlar uchun ko’p asrlardan buyon odat tusiga kirgan bo’lib, uning inson organizmi uchun muayyan foydasi haqida ilohiyotchilar fikrlar bildirishgan, ya’ni bir oy davomida ro’za tutgan odamda «tozalanish», «poklanish» sodir bo’ladi. Organizm ortiqcha chiqindilardan tozalanib kishi ruhi yengillashadi. SHuni e’tiborga olib, dindorlar bilan birga islomning barcha talablarini to’liq bajarmaydigan kishilarda ham ro’za tutishga moyillik bor.
Ramazon (Ro’za) oyi shavval oyining 1 kunida ramazon hayiti-iyd al fitr o’tkaziladi. Hayitning nomidan ham ma’lum bo’lib turibdiki, ro’za tutmaganlar ham, bir oy ro’za tutgan musulmonlar ham ro’zadan so’ng jon boshiga qarab fitr ro’za berishlari ko’zda tutilgan. U pul yoki oziq-ovqat shaklida nochor, kam ta’minlangan kishilarga masjidga beriladi. Bu hayit ham uch kun davom etadi.
Hayit kunlari har bir dindor o’tgan kunlari uchun o’ziga-o’zi hisob berishi, ro’za tutmagan yoki uni buzgani uchun belgilangan miqdorda namoz o’qishi, zakot berishi, muayyan kunlar davomida ro’za tutishi zarur deb hisoblangan. Ro’za hayitni keng nishonlash odat, an’ana tusiga kirgan. Hayitning birinchi kuni erta bilan barcha masjidlarda musulmon ahli to’planib, hayit namozini imom-xatiblar boshchiligida o’qiydilar. Xutba tinglaydilar.
Uch kun hayit davomida kishilar o’z ota-onalarini borib ko’radilar, ularga sovg’a-salomlar topshiradilar. Marhumlar yashab o’tgan uylarga, ularning qabrlariga borib duoyi fotihalar qiladilar, ba’zan uylarida xudoyilar uyushtiradilar. Bundan tashqari musulmonlar uchun hayit kunlari beva-bechoralarni borib ko’rish, ular holidan xabar olish, ayniqsa muhim hisoblanadi.
Ramazon oyi tugagan kunlari fitr-sadaqa (fitr-ro’za) har bir jon boshiga bir kunlik ovqat hisobida kambag’al, yupun kishilarga yig’ib beradilar. Zotan, zakot al fitr aynan shu maqsadda yig’ib olinadi.
Yuqorida aytganimzdek, ro’za tugashga uch kun qolgan tun-«laylatulqadr» kechasini musulmonlar tantana bilan o’tkazadilar.
Ro’za kunlarining eng muqaddasi-ramazonning mana shu 26 dan 27 ga o’tar tuni dindor kishilar ko’z yummay, arshi-a’lodan keladigan mo’’jizani kutadilar.
Islomda Muhammad payg’ambarning arshi a’loga chiqishi-me’roj alohida nishonlanadi. Rivoyatlarga ko’ra, Muhammad rajab oyining 27-kunida al-Buroq nomli afsonaviy otda tunda Makkadan Quddusi sharifga, so’ng u yerdan Alloh taxti-arshi-a’loga mo’’jizali safar qilgan; Allohning marhamatiga sazovor bo’lib, u bilan suhbat qurgan. Bu suhbat davomida Muhammad 99 ming so’z aytgan.
Me’roj bayram sifatida Falastinda xalifalar hukmronligi o’rnatilib, Quddus sharifning muqaddasligi e’tirof etilgach, bu shahardagi muqaddas joylar tavof qilina boshlangandan so’ng nishonlash odat bo’lgan. Uni nishonlash davrida musulmonlarga Alloh faqat mustahkam e’tiqodli bandalarinigina bunday marhamatiga musharraf qilishi to’g’risidagi fikr singdirilib, Allohga va uning elchisiga sadoqat bilan xizmat qilish zarurligi ishonchi ular qalbida mustahkamlangandi.
Yana bir diniy bayram ashuro bo’lib, uni shia yo’nalishidagi musulmonlar nishonlaydilar. Bu bayram yana «shaxsey-vaxsey» deb ham ataladi. Ashuro-tantanali motam kuni bo’lib, musulmon ruhoniylarning aytishlaricha, Muhammadning nabirasi, xalifa Alining o’g’li imom Husaynning «din va adolat» yo’lidagi «azobli o’lishi» xotirasi uchun belgilangan.
Aslida Husayn din yo’li bilan birga hokimiyat talashib, feodal kurashlarda halok bo’lgan. Xalifa Ali o’ldirilgan, uning o’g’li-vorisi Hasan hokimiyatni Suriya noibi Muoviyaga topshirgan. Buning o’g’li va vorisi Yazid I esa islom qoidalarini buzishda ayblangan va unga qarshi diniy muxoliflik kuchaygan.
Husaynning Kufa shahri aholisini Yazid I ga qarshi chiqarishga intilishi haqidagi xiyla-nayrangi hech qanday samara bermagan va u 680 yilda Karbalo dashtida kichik otryad bilan halok bo’lgan.
Ana shu munosabat bilan ashuroni asosan shia musulmonlari nishonlaydilar. SHu kuni mutaassib shialar o’zlariga azob berib, jazavaga tushadilar. Bunday bayram kishilarning ahvoli-ruhiyasiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
Islomda muqaddas kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam olish kuni deb e’lon qilingan. SHu kuni taqvodor musulmonlar o’z kunlarini toat-ibodat bilan o’tkazadilar. Uning muqaddas kun deb hisoblanishining sababini ruhoniylar quyidagicha izohlaydilar: Alloh olamni yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad ham, Ali ham juma kuni tug’ilganlar. Muhammad 622 yilda Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan. Islomning «shu’lasi» ham olamga aynan juma kuni tushgan. SHu sababli musulmonlar juma kunini ulug’laganlar.
Bu kunlarda masjidlarda Qur’on o’qiladi, va’zxonlik qilinadi, dindorlar bo’lgan xonadonlarda xudoyi o’tkaziladi. SHu kunlar payg’ambarning qilgan ishlari to’g’risida hikoya qilish savob hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublikamiz musulmonlari talabini hisobga olib, Prezidentimiz I.Karimov maxsus farmon bilan diniy bayram, jumladan Ramazon hayiti va Qurbon hayit kunlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bu farmonni xalqimiz mamnuniyat bilan quvvatladi va hayitlar keng tantana kuniga aylandi. Xuddi shuningdek, xalqimiz orasida qadimdan nishonlanib kelinayotgan «Navro’z», «Qizil gul», «lola sayli», «Boychechak» kabi bayramlar ham tiklandi; yangi-yangi bog’lar va istirohat maskanlari barpo etilmoqda; bularni barpo etish uchun umumxalq hasharlari o’tkazilmoqda.
Darhaqiqat, asrlar davomida shakllangan bunday diniy qadriyatlar, bayramlar, xalq sayillari va marosimlarini bundan buyon ham xalq orasida keng yoyish maqsadga muvofiqdir. CHunki ularga bo’lgan munosabat mahalliy xalqlarning ko’pchiligi tasavvurida milliy an’ana deb qaralib ado etiladi. Bu o’rinda milliylik bilan diniylik birmuncha uyg’unlashganligini ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |