Tayanch so’zlar:
1. Sunniylik 6. Hanbaliya
2. SHialik 7. al-Azhar
3. Hanafiya 8. Mazhab
4. SHofi’iya 9. Sekta
5. Molikiya
Takrorlash uchun savollar:
Islomdagi bag’rikenglik (tolerantlik) nima?
Islomda qanday yo’nalishlar bor?
Islomdagi diniy-huquqiy mazhablar qaysi?
Islom ta’limotining ma’naviy-axloqiy jihati nimada?
Islomda hokimiyat boshqarish usuli qanday bo’lgan?
O’zbekistonda sunniylikning qaysi mazhabi keng tarqalgan?
SHialik mazhablari qaysilar?
Adabiyotlar:
Karimov I.A. «Islom ziyosi-o’zbegim siymosi»da.-Toshkent Islom universiteti. 2005.
Zakrullo A. «/oyalar kurashi»-Toshkent Movarounnahr, 2000.
Qodirov Z. Imom A’zam hayot yo’li va fiqh usullari.-T.: Movarounnahr, 1999.
Hasanov A. Makka va Madina tarixi.-T.: 1992.
14-Mavzu: Tasavvuf tarixi va ta’limoti. Tasavvuf namoyondalarining diniy, ijtimoiy va falsafafiy qarashlari
Reja:
Tasavvuf tariqatining shakllanishi.
O’rta Osiyoda tasavvuf ta’limotining rivojlantirilishi.
Tasavvuf ta’limoti va islom ma’naviyatining rivojlanishi.
Tasavvuf tariqatining shakllanishi. Tasavvuf (arab)ni sufiylik, sufizm deb ham yuritiladi. Tasavvuf-islomdagi diniy-falsafiy oqim bo’lib, u VIII-asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Tasavvuf musulmon mamlakatlarida ijtimoiy taraqqiyotning xususiyatlari bilan bog’liq ravishda paydo bo’lgan. Uning shakllanishi va rivojlanishi uzoq tarixiy jarayonlar, murakkab davrlarni qamrab oladi. SHuningdek, xalqlarning moddiy va ma’naviy merosida, ijtimoiy va axloqiy hayotida katta iz qoldirib, juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ijtimoiy hodisadir.
Ma’lumki, o’zbek xalqi ma’naviy merosi va muqaddas qadriyatlarining katta qismini islom ma’naviyati va milliy an’analar udumlar tashkil etadi. Diniy qadriyatlarning manbalari esa Qur’oni karim, Hadisi shariflar, tavsirlar, shariat ahkomlarida o’z ifodasini topgan. Islomiy merosimizning muhim qismini irfoniy meros bo’lmish tasavvuf ta’limoti va qadriyatlari, xususan bu ta’limotning yo’nalishi vatanimiz-Turkistonda shakllanib, endilikda butun jahonga tarqalgan jahon ma’naviy madaniyati, umuminsoniy qadriyatlari taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shgan uch buyuk tasavvufiy tariqatlar: yassaviya, kubroviya va xojagoniya-naqshbandiya irfoniya-tasavvuf tariqatlari tashkil etadi.
Tasavvuf ta’limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga munosabatidir. Yani odamlarni xalollikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka, barcha musulmonlarni teng bo’lib yashashga chorlagan. Ayniqsa, bu ta’limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o’z halol mehnati evaziga yashashni talab qiladi.
Zohidlik asosiga qurilgan bu ta’limot hayotiy muammolar bilan bog’liq bo’lgan ilohiy haqiqatga erishish bosqichma – bosqich amalga oshadi, degan g’oyani ilgari suradi. Bular 4 bosqichdan iboratdir. CHunonchi-shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat. Har bir bosqichning murakkab talablari inson umrini tamomila qamrab oladi. Ularning mazmuni quyidagicha:
shariat – islom marosimlarini, shariatning amaliy talablari, qonun-qoidalarini bilish va ularga sidqidildan rioya qilish;
tariqat-sufiy tomonidan «vosil bo’lish» uchun tanlangan yo’l. Bu yo’lni tanlagan sufiy o’z piri amallariga ergashgan holda nafsni tiyish, komillik yo’liga o’tishga intiladi;
ma’rifat-sufiy tomonidan Allohni tanish va uni qalbdan bilishdir. Alloh sifatlarini bilishga intilish borasida Allohni butun borliqning, mavjudodning asoschisi, yaratuvchisi ekanligini bilishdir;
haqiqat-ilohiy haqiqatga erishishning yuqori bosqichi bo’lib, unda sufiy xudo vasliga yetadi. Bu darajaga yetgan sufiy avliyolik darajasiga yetgan bo’ladi.
Tasavvuf ta’limotining dastlabki shakllanishi davri ilk islom davriga to’g’ri keladi. VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning birinchi yarmida Arab xalifaligining xududi Arabiston Yarim oroli chegarasidan chiqib, avvalo Suriya, Iroq, Eron Movarounnahr so’ngra Osiyo va Yevropaning ko’pgina mamlakatlariga yetib borayotgan edi.
O’sha davrda xalifalik ishg’ol qilgan mamlakatlarda ijtimoiy hayotda vujudga kelayotgan tuzumga qarshi shakllangan ichki ziddiyatlar, noroziliklar sufizm g’oyasi ostida islom ta’limotida tasavvufning shakllanishiga olib kelgan edi.
Tasavvuf ta’limotini tadqiq qiluvchi olimlarning fikricha, uning rivojlanish bosqichlarini shartli ravishda uch davrga bo’lish mumkin: birinchi davr, tasavvufning paydo bo’lishi, shakllanishi va yoyilishi davri; ikkinchi davr, tasavvuf va islomning uyg’unlashuvi davri (X-XI asrlar); uchinchi davr, tasavvuf tariqatlarining qaror topishi va tasavvuflarning ommalashuv davri (XII-XV asrlar).
Bu davrlarning har birida tasavvuf ta’limotining paydo bo’lishi tariqatlarining shakllanishi va muxlislari o’rtasida tarqalishining o’ziga xos xususiyatlari va rivojlanish bosqichlari bo’lganligi ko’zga tashlanadi. Masalan, tasavvuf yaxlit ta’limot sifatida XIII asrgacha mavjud bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy va diniy irfoniy g’oya va ta’limotlar zamirida shakllandi va qaror topdi. Bu davrda otashparastlik, buddaviylik, qadimgi yunon falsafasi va xristianlikdagi diniy g’oyalar ta’sirida shakllangan tasavvuf yaxlit ta’limot sifatida rivojlanishi islom ta’limoti va g’oyalari bilan uyg’unlashishi zaruriyatga aylandi. Ya’ni, islom ta’limoti asosida tasavvuf o’z aqidalarini shakllantirib, tartibga solib, IX-X asrlarda yaxlit tizim ta’limotiga aylandi.14
Tasavvuf ta’limotining yuzaga kelishining yana muhim sabablaridan biri, ko’p mamlakatlarni birlashtirgan arab imperiyasida fanlarni rivojlantirish, diniy ta’limotni hayotga tatbiq qilish borasida turli xil yondoshuvlarning mavjudligi edi.
Arab imperiyasi yuzaga kelgach, katta hududdagi turli diniy e’tiqod va madaniyatlarga mansub xalqlarni aqidaparastlikka asoslangan islom ma’naviyati bilan boshqarish qiyinligi tobora sezilarli bo’la boshladi. Imperiyani saqlab qolish, unda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni barqarorlashtirish, yirik davlatni boshqarish usullarini takomillashtirish ehtiyojlari ilm-fanni rivojlantirishni taqozo etdi. Islom aqidaparastligi asosida bunga erishib bo’lmas edi. SHuning uchun VIII asr oxiri IX asr boshlaridan e’tiboran arab xalifotida mutakallimlar bilan mu’taziliylar o’rtasida g’oyaviy kurash kuchaydi. Mutakallimlar Qur’on oyatlarini erkin tahlil etishga mutlaqo qarshi bo’lsalar, mu’taziliylar u aqidalardagi mazmunni aql yordamida, mantiq kuchi bilan anglash tarafdori edilar. Ular fatalizmni inkor etib, inson iroda erkinligiga ega ekanligini isbotlashga harakat qildilar. Mu’taziliylarning fikricha, peshonaga yozilgan taqdir borligiga ishonch Allohning obro’yiga putur yetkazadi, chunki yomon xatti-harakatlar ham uning irodasi mahsuli bo’lib qoladi. Xorijiylar esa xalifalikning meros sifatida avloddan-avlodga o’tishga qarshi fikr bilan maydonga chiqdilar.
Islom g’oyalariga nisbatan hurfikrlilik nuqtai nazarlarida turishi, uning aqidaparast oqimi va sotsial vazifalarga shubha bilan qarash, mavjud ijtimoiy-siyosiy tartiblarga adolat tamoyillari asosida munosabat belgilash markaziy xalifalik hukmdorlari g’azabini qo’zg’atdi. Xalifa Mutavakkil (847-861) Qur’on yaratilgan deydigan har qanday kishi kofir va, binobarin, o’limga mahkum degan farmon chiqardi. 897 yilda qo’lyozma ko’chiruvchilar va kitobfurushlarni ilohiyot, dialektika (ilmu jadal); falsafa va mantiqqa oid kitoblarni ko’chirmaslik va sotmaslik haqida qasam ichirish bo’yicha farmoni oliy chiqariladi. Arastu izdoshlarining falsafa, mantiqqa doir kitoblarni, ilmiy asarlari omma oldida gulxan qilib yondirildi. Islom aqidaparast mafkurachilaridan biri bo’lgani ash-SHaxruzuriy «agar kimda-kim faylasuflar aqidalariga ochiqdan-ochiq e’tiqod qilsa, ularni o’ldirish yoki bo’ysunishga majbur qilish kerak» deb chiqdi.
Arab hukmdorlari irodasining ifodasi sifatida shariatda hanbaliya mazhabi va islomda al-Ash’ariyya kalomi shakllandi. Hanbaliylik shariatdagi eng muxafazakor mazhab bo’lgani sababli ash’ariyya qarashlariga muvofiq kelardi. SHu tariqa 940 yillarda Bog’dodda ash’ariyya kalom tizimi uzil-kesil g’alaba qozondi. Uning iymon talablari 1041 yilda rasmiy islomning e’tiqod ramzi sifatida qabul qilindi.
Arab markaziy xalifaligida diniy doirasidagi hurfikrlilikka qarshi ko’rilgan bunday jiddiy choralar, qatli-omillar natijasida u yerlardagi fan, madaniyat arboblari, arxitekturalar, xattotlar, mu’taziliylikka moyil hunarmandlar va boshqa kasb egalari tohiriylar va somoniylar saltanati hukmronlik qilayotgan O’rta Osiyoga qochib, oilalari bilan ko’chib kela boshladilar. Faylasuf, tabib, kimyogar Abu Bakr ar-Roziyning Buxoroga kelishi katta voqea bo’ldi. CHunki, u diniy jamoalar va tashkilotlarning nufuziga (avtoriteti) qarshi bo’lib, hurfikrlilik mavqeida mustahkam turgan o’sha davrning baobro’ kishisi edi. Abu Nasr al-Forobiyning Damashqdan bu yerlarga kelishining ahamiyati beqiyos edi. U «Ta’lim as-Soniy» («Ikkinchi ta’lim») asarida qadimgi yunon falsafasining eng muxtasar sharhini berib, hurfikrlilik rivojiga bebaho hissa qo’shdi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar somoniylar, xorazmshohlar, g’aznaviylar o’rtasida «talash» bo’lgani bejiz emas edi.
Xuddi shu davrda Movarounnahrga tasavvuf tariqati kirib kelgan, bunda Yusuf Hamadoniyning (vafoti 1140 y.) xizmati katta bo’lgan. Uning Movarounnahrda tasavvuf ta’limotini keng yoyish, targ’ibot yurgazishga asos solingan maktabidan keyinchalik to’rt mashhur tasavvuf olimlari: Abdullo Barqiy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Abduholiq /ijdivoniylar yetishib chiqdilar.
Islom dunyosida tasavvuf ta’limotining shakllanishi va rivojlanishida muhaddis va diniy ulamolarining ta’siri katta bo’lgan. Vatandoshimiz Imom Buxoriy, Al-Hakim at-Termiziy, al-Zamahshariy, Marg’inoniylarning asarlari ham nazariy ham amaliy jihatidan asos bo’lib xizmat qilgan.
Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan Ahmad Yassaviy (1041-1167), Najmiddin Kubro (1145-1221), Bahouddin Naqshband (1318-1389)larning ijodiy faoliyatlari tasavvufining jahonshumul tariqatlariga asos soldi.
«Yassaviya» tariqatining qoidalari Ahmad Yassaviyning «Hikmat» degan asarida o’z ifodasini topgan. Unda inson mehr-shafqat, halol-pok, halol mehnati bilan kun kechirish orqali Alloh visoliga yetishi mumkin. Yana u molu dunyo to’plashga harakat qilmagan, faqirlikda kun kechirgan. Oxiratni o’ylamaydiganlar haqida Ahmad Yassaviy shunday deb yozadi:
Beshak biling, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Ishonmagin molinga, bir kun qo’ldan ketaro,
Ota, ona, qarindosh, qayon ketdi, fikr qil,
To’rt oyoqli cho’bin ot bir kun sango yetaro.
Orifiy yo’lin tutgan Ahmad Yassaviy tasavvuf tarixida munosib o’ringa ega bo’ladi. Unga «Sulton-ul-orifiy» ya’ni oriflar sultoni nomini beriladi. Yassaviy haqiqiy orif inson sifatida faqirlik yo’liga juda yoshlikdan kiradi. Manbalarning ko’rsatishicha, u bu yo’lga to’rt yoshida kirib, umr bo’yi kishilarni bunga da’vat etdi. Uning hayotidagi muhim voqealardan yana biri, Yassaviy 63 yoshga to’lganidan so’ng Muhammad (s.a.v.) yoshidan ortig’ini yer ostida o’tkazdi. Bu haqda «Hikmatlar» kitobida shunday misralar yozilgan:
To’rt yoshimda Haq Mustafo berdi xurmo,
Yo’l ko’rsatdim, yo’lga kirdi necha gumroh,
Qayga borsam, Hizr bobom menga hamroh,
Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.15
Kubroviya tariqati ko’hna Xorazmda XII asrning so’ngi choragida va XIII asrning boshlarida vujudga keldi. Ushbu tariqatga Ahmad Ibn Umar Abu-l-Jannob al-Havaqiy al-Xorazmiy asos solgan. Ul zotning Najmiddin Kubro tariqati deyilishining boisi tasavvuf olamida qilgan ulug’ xizmatlari evaziga aytilganligidir. Masalan, «Najmiddin»-arabcha «din yulduzi» demakdir, «Kubro»-arabcha «ulug’ olim» ma’nosini beradi. Binobarin ul zot «SHayx Najmiddin Kubro» sharafli nomi bilan mashhur bo’lgan.
Najmiddin Kubro tasavvuf tarixida o’z o’rniga ega bo’lgan tasavvufiy olimgina bo’lmay, balki dunyoviy ilmlarni o’rganishga e’tibor qaratgan. Avvalo o’zi uzoq o’lkalarda yurib, diniy, ilohiy, madaniy ilmlar bilan birga dunyoviy ilmlarni o’rganishga erishdi. Ul zot faqat tariqat asoschisigina emas, balki ulug’ shayx, buyuk donishmand, chin vatanparvar, xalqparvar inson ham edi. U oddiy xalqni zulmdan qutqarish, ezgu ishlar, Vatan uchun jon fido qilish sifatlari bilan mashhur edi.
Baxovuddin Naqshband Markaziy Osiyoda XIV asrda vujudga kelgan tasavvuf tariqatlaridan biridir. Naqshband Buxoro yonidagi Qasri Orifon qishlog’ida kosib oilasida dunyoga keladi. «Naqshbandiya» tariqatining qator diniy-orifiy ta’limotlari bilan bir qatorda shaxslarning roli katta bo’lgan. Uning dunyoqarashi va ta’limotining shakllanishiga Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq /ijdivoniy, Boboi Sammosiy, Sayyid Mir Kulollar katta ta’sir ko’rsatgan va g’oyaviy asos bo’lgan. Atoqli mutasavvuf olim Amir Sayyid Kulol esa Naqshbandning eng yaqin piri va uni kamol toptirgan ulug’ zotdir.
Naqshband ta’limotining asosida ixtiyoriy ravishdagi faqirlik va «Dil-ba yor-u, dast-bakor» degan g’oya yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |