Ijtimoiy xayot va din


Islom ma’naviyati va ma’rifatining shaxs va jamiyat munosabatlariga ta’siri



Download 19,13 Mb.
bet88/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Islom ma’naviyati va ma’rifatining shaxs va jamiyat munosabatlariga ta’siri.
Islom ma’naviyatining mazmuni Qur’oni karim va hadisi shariflarda, ularga asoslangan islom falsafasi, tasavvuf, odob-axloq masalalariga bag’ishlangan dunyoviy va diniy olimlarning asarlarida o’z ifodasini topgan. Bu bilimlarni targ’ib qilish islom ma’rifati doirasiga kiradi.
Islom ma’naviyatida inson kamolotiga alohida urg’u berilgan. Ya’ni insonning shakllanishi uchun diniy bilimlar bilan bir vaqtda dunyoviy bilimlarni puxta egallab xaq yo’ldan toymaslik, hayotda ezgu izlar qoldirib, iymon-e’tiqod va hidoyat yo’lida ulug’ maqsadlar bilan yashashga da’vat etilgan. SHaxsning odob-axloqining shakllanishida, shaxs va jamiyat munosabatlarida diniy ta’limot, xususan uning qadriyatlarini o’rni kattaligi uqtirilgan.
Islom ta’limoticha, xususan arkoni ad-din talablariga to’liq rioya qiluvchi odam uchun bu ta’limot birinchi o’rinda turadi. Bunday Odamning tasavvurida yer va osmonni, borliqni barcha tirik mavjudodni, shu jumladan insonning o’zini ham Alloh yaratgan deb tushuniladi. Masalan, Baqara surasida bunday deyiladi. «U» Yeru osmonlarning Yaratuvchisidir. Biror ishni qiladigan bo’lsa, (faqatginga unga) «Bo’l» desa, bas u bo’ladi». (2:117).23
Islomning sunniylik va shialik yo’nalishlaridagi barcha mazhablar inson shaxsi haqida deyarlik bir xil fikrni bayon qilganlar. Faqat islom falsafasida, tasavvufda bu masala yanada murakkab mazmun va shakl kasb etgan.
Tasavvuf ta’limoti sohasida yirik tadqiqotlar muallifi N.Kamilov ta’kidlaganidek, tasavvuf O’rta Osiyo falsafasi taraqqiyotidagi ko’p asrlik tajribalarni o’z ichiga olib, uni rivojlantirgan, din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlarini birlashtirgan, ilohiy bilimlarini birlashtirgan, bular bilan dunyoviy ilmlarni bog’lashga harakat qilgan.24
Olimning «Xilvat» va «Uzlat» haqidagi Imom /azzoliy fikrlarining tahlili diqqatga molik. Tasavvuf yo’liga kirishdan oldin har bir odam (erkak) oila a’zolari manfaatlariga zarar yetmasligini hisobini qilish, agar shunday qilmasa «Uzlat»ga kirish gunoh ekanligi asoslanadi.25
Bu yerda shaxsning oilaga, jamiyatga munosabati ilohiy qadriyat orqali qaralishi bilan birga boshqa omillarning roli inkor etilmaydi. Masalan, olimlarning olib borgan izlanishlari natijasida Qur’oni karimda «Ilm» so’zi 750 marta, «aql» so’zi 50 marta tilga olinganligi aniqlangan. Demak Qur’oni karim va boshqa diniy manbalar inson (shaxs) aql-zakovatini ijodiy tomonga yo’naltirishga yo’l ochadi. Islom paydo bo’lgan dastlabki asrlarda ya’ni VII asrning oxiri va VIII asrlarda ushbu diniy: ta’limotda turli mazhablar, yo’nalishlar shakllana boshladi. VII asrning ikkinchi yarmida dastavval Xorijiylar (Al-Xavorij, xaraja-dindan chiqmoq mazmunida) yo’nalishi shakllanadi, so’ngra yana ikki yirik oqim-sunniylik va shialikka ajralgan. Bu ikkala yo’nalishning har birida keyinchalik bir necha huquqiy mashablari shakllanib islomning rivojiga o’z hissasini qo’shgan.
Xalqimiz tarixidan ma’lumki, ilm-fan, adabiyot, san’at va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarining hal qilishda dunyoviylik va diniylikka nisbatan ko’p holda to’g’ri yondoshilganligi uchun ijtimoiylik va ilmiy sohada shunday jahonga mashhur kashfiyotlar qilindiki, ular xalqimizning ma’naviy-ma’daniy merosining oltin xazinasidan munosib o’rin oldi. Bu kashfiyotlarning egalari o’z zamonasining, hattoki hozirgi davrining ham yuksak shakllangan shaxsi ekanligidan dalolat beradi.
SHaxsning jamiyatga va aksincha jamiyatning shaxsga munosabati masalasi ham muhimdir. Jamiyat, odamlar uyushmasining maxsus shakli, taraqqiyotning ma’lum bosqichida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Jamiyatning shakllanishi va qaror topishi uzoq tarixiy davrni boshdan kechirgan bo’lib, murakkab jarayonning ijtimoiy hodisasidir.
Xalqimiz o’zining bir necha asrlar davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-madaniy, g’oyaviy-axloqiy rivojlanish jarayonida uyg’onish davrining ikki bosqichini bosib o’tgan. Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband kabi ulamo, buyuk muhaddislarni, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur kabi buyuk fan va davlat arboblarini yetkazib bergan. Bu ulamo-olimlar va mutafakkirlar islom ma’rifatiga ulkan hissa qo’shib doimiy o’zgarish va rivojlanishda bo’lgan jamiyatning mazmun-mohiyati, jamiyat va shaxs munosabatlarining fan bilan din aloqalari haqida fikr yuritish bilan bir vaqtda davlat va jamiyatni boshqarish masalalariga ham alohida e’tibor berdilar.
Ushbu masalalarni tashkil qilishda mutafakkirlar fanlarni turkumlashda diniy va dunyoviy fanlarga ajratmaganlari holda ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymaganlar. Ammo bular ikkala yondoshuvda o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, o’rganish ob’ektlarida bir-biridan farq qiladigan tamoyillarini ham ko’rsatib o’tganlar.
Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan ulug’ mutafakkirlar jamiyatni paydo bo’lishi, mohiyati va istiqbollari to’g’risida, shaxs va jamiyat munosabatlari, davlatni boshqarish xususida ilg’or ilmiy qarashlarni ilgari surdilar. Bunda arab faylasufi Ibn Rushd olg’a surgan haqiqatga erishishning ikki xil yo’lini, ya’ni biri diniy, ikkinchisi ilmiy yo’l deb bildilar. Diniy yo’l bilan Xudo va uning qudratini bilish yo’lidan iborat bo’lsa, ilmiy yo’l esa tabiat va ob’ektiv olamni bilish orqali amalga oshadi.
Ulug’ mutafakkirlarning jamiyatni paydo bo’lishi, mazmun-mohiyati, shaxs va jamiyat munosabatlari to’g’risidagi ilmiy va falsafiy qarashlari katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Bu ulug’ zotlar islom ma’naviyati va ma’rifatining shaxs va jamiyat munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga qo’shgan hissasini doimo nazarda tutganlar. Zero, islom ma’naviyatining shaxs kamolotidagi o’rni va roli muhimligi e’tirof etilgan.
Jamiyatning mazmun va mohiyati, shaxs va jamiyat munosabatlari har bir tarixiy davrda yaratilgan diniy, islomiy falsafiy ta’limotlar asosida talqin qilinib kelgan bo’lsa, jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida ular o’rniga ilg’orroq ta’limotlarini yaratish vazifasini qo’yadi.
Demokratik huquqiy fuqarolik jamiyatni shakllantirish va taraqqiyotni amalga oshirish jarayoni ketayotgan hozirgi sharoitga odamlar o’rtasidagi amal qiladigan axloqiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, diniy va mafkuraviy munosabatlarni yaxshilash va mustahkamlash uchun xalqimiz ma’naviyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. SHaxs va jamiyat munosabatlarining axloqiy, huquqiy jihatlarini mustahkamlash inson shaxsini shakllantirishga, fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratishga bog’liqdir.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish