Ijtimoiy xayot va din



Download 19,13 Mb.
bet87/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
Bog'liq
ulotlari

SHomonizm-ibtidoiy jamoa tuzum yemirilishi davrida paydo bo’lgan animistik e’tiqod va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o’ziga xos xususiyati-kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo’la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. SHomonlarga, shuningdek, kelajakni oldini aytib berish, kasalni davolash, o’lganlarni oxiratga kuzatish, tabiatda xohlagancha o’zgartirish qilish kabi xususiyatlar kiradi. Ko’pxudolik e’tiqodi hukm surgan arab qabilalarida shomonlikning ruh bilan odam o’rtasidagi aloqani tiklash, munosabatlarini o’rnatish hissiyoti kabi harakatlar mavjud edi. O’tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do’mbirasi yoki mo’’jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusmlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. SHomonizm o’tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi hollarda uchrab turadi.
Magiya (sehrgarlik)-insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g’ayritabiiy yo’l bilan ta’sir ko’rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sehrgarlik harakatining shakllari turlicha bo’lib, ular turmushining har xil sohalarida qo’llangan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog’liq bo’lgan magik harakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o’rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka kerak bo’lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog’liq bo’lgan magik harakatlarni bajarganlar.
Ishlab chiqarish muvaffaqiyatiga bag’ishlangan sehrgarlik harakatlar, ishlab chiqarish xarakteriga qarab, turli shakllarda va har xil maqsadlarda o’tkazilgan edi. Ibtidoiy jamoa a’zolarining umumiy manfaatiga xos bo’lgan bunday harakatlarning elementlari arab qabilalarida ham uchrar edi.
Islomdan oldin arab qabilalarida ibtidoiy din shakllari elementlariga e’tiqod qilishdan tashqari tog’, suv, bo’ron, quyosh momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlari bo’lib, ularga har bir qabila o’ziga xos darajada e’tiqod qilar edi.
Islomdan oldin Arabistonda shuningdek, yahudiy va xristian jamoalari bo’lganligi tarixdan ma’lum. Ularning arab qabilalari yoki jamoalari bilan yaqin aloqada bo’lishi faqat mehnat faoliyatlaridagi o’zaro aloqalari bo’lmasdan, balki diniy tasavvurlarida ham bir-birlariga ta’siri bo’lgan. Masalan, Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan ko’chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda arablar sifatida animizm, magiya, fetishizm, sehrgarlik va turli o’simlik hamda hayvonlarga sig’inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o’zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning «muqaddas» kitoblar to’plamida hayvonlarni va o’simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvohlarni va boshqalarni e’zozlash izlari bor.
Islom dini paydo bo’lishi arafasida arablarda poleteizmdan monoteizmga o’tish harakati, orzu-ishtiyoqi bo’lganidek, iudaizmda ham politeizmdan monoteizmga o’tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o’tguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko’p xudolarga e’tiqod qilganlar. Har bir qabilaning, har bir urug’, hatto shaharning o’z xudosi bo’lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan bog’langan. «Sening shaharlaring qancha bo’lsa, xudolarning shahri ham shunchadir», deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmdaga mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq (Isaak) Yoqub (Iakov), Yusuf (Iosif) kabilar boshqa dinlarda, shu jumladan islomda payg’ambar deb tan olingan.
Arabiston Yarim orolida iudaizm bilan bir qatorda monotenistik ta’limotni targ’ib qiluvchi xristian jamoalari ham mavjud edi. Ular arabistonga tahminan milodiy yilning boshlarida kirib kelgan bo’lishlari mumkin. Masalan, 471 yildan e’tiboran xristian cherkovlari Qadimgi SHarq cherkovlari deb atala boshlangan. Xristianlikning bir tarmog’i bo’lmish nestorianlar esa, eng avvalo, Ossuriylar orasida tarqalgani. Bularning diniy jamoalari hozir ham Suriyada, Iroqda, Eronda va Hindistonda bor.
Arabiston yarim orolida islomning vujudga kelishi arafasida yahudiylik, xristianlik, hattoki zardushtiylik va monizm ta’limotlari bu mintaqalarda keng tarqalgani haqida yozma ma’lumotlar mavjud. Mazkur dinlarga e’tiqod qiluvchi qabilalar bilan arab qabilalarining aloqalari mavjud bo’lib, bir-birlariga ta’siri sezilarli darajada bo’lgan. Jumladan, mehnat faoliyatida, savdo-sotiq ishlarida, hattoki urf-odat, turmush tarzi, ma’naviyatining rivojlanishida o’z ifodasini topgan.
Arablarning islomdan oldingi ma’naviyati ularning yashash sharoiti, mehnat faoliyati, ruhiyati, dunyoqarashining shakllanishi esa mavjud poleteistik (ko’pxudolik) dinlari ta’sirida bo’lgan. SHu narsa ayonki, iudaizm va xristianlikda politeizmdan monoteizmga o’tish islomdan oldin vujudga kelgan. Islomda esa bu jarayon VI asrning va VII asrning boshlarida qaror topdi.
Islom va boshqa jahon dinlarining politeizmdan monoteizmga o’tish tarixi bu jarayonning muayyan evolyutsiyasi davri o’tishi natijasida yuzaga kelishini ko’rsatadi. Arab xalqlarining ma’naviyati o’sha davrdagi turmush tarzi, diniy e’tiqodlari doirasida shakllangan va rivojlangan. Islom dinining vujudga kelishi bilan ularning ma’naviyati, hayot tarzi va qarashlarida sekin-asta tub o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib kelgan.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish