Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob siyosati



Download 27,29 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi27,29 Kb.
#727329
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob siyosati

Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil etish va hisob siyosati


Reja:

  1. Korxona buxgalteriyasining tashkil qilinism va ularning funksiyalari

  2. Hisob yuritish siyosati

  1. Korxona buxgalteriyasining tashkil qilinism va ularning funksiyalari

Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo'yicha umumiy rahbarlik vazifasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqanna dastlabki hisob masalalari bo'yicha xalq xo'jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo'yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo'lgan hisob va hisobot masalalari bo'yicha yo'riqnoma, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqadi. Buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil qilish bo'yicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqannasi tomonidan olib boriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada buxgalteriya hisobi ishlarini to'g'ri tashkil qilish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo'layotgan xo'jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo'yilgan eng asosiy talab - bu, uning kam xarajatli va sodda bo'lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o'ziga xos tannoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o'rganish lozim.
O‘zbekisto Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo'riqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi.
Buxgalteriya hisobi – bu, kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo'jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni toʻliq, ishonarli, oʻz vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta'minlashdan iborat.
Korxoalarda buxgalteriya hisobining vazifalari korxona ishlab chiqarish xoʻjalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan tashkil topadi:
1. Belgilangan reja topshiriqlari bajarilishini o'z vaqtida aks ettirish va nazorat qilish.
2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va to'g'ri foydalanish
3. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish.
4. Korxona rahbari va ma'muriyatini hamda yuqori tashkilotlarni zarur hisobot ma'lumotlari bilan o'z vaqtida ta'minlash.
5. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta'minlash. 6. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish.
Buxgalteriya xodimlari korxonalarning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini tezkor boshqarishda muhim vazifani bajaradi. Hisob ma'lumotlari asosida korxonaning rahbar xodimlari reja topshiriqlarining hamma ko'rsatkichlari bo'yicha qanday bajarilayotgani haqida xulosalar chiqaradi va tegishli tadbir choralarini ko'radi. BuxgaJteriya korxonalardagi boshqarish apparatining ajralmas qismi bo'lib, bu korxonaning hamma ishlab chiqarish qismlari va bo'limlari bilan mustahkam aloqada bo'ladi.
Buxgalteriya xodimlari ish joylarini tashkil etish hisob jarayonining oqilona asoslangan texnologiyasidan ajralmasdir. Shu bois ish joylarini belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Ko'p hollarda bir xildagi hujjatlar bilan ishlaydigan buxgaJterlarning ish stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchagida, balki turli xonalarda bo'lishi kerak.
Korxona bosh buxgalteri, uning o'rinbosari, shuningdek, boshqa buxgalterlar alohida xonalarga joylashishi keraK. Hisob ishlarini zamonaviy tashkil etish uchun buxgalteriya bo'limini texnik vositalar (kompyuter, printer, faks, modem, telefon va boshqalar) bilan to'liq jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo'limlardan tashkil topadi.
1. Material boʻlimi. Bu yerda sotib oligan material qiymatliklari, material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanishi bo'yicha kirimi hamda sarflanishi hisobi yuritiladi.
2. Hisoblashish boʻlimi. Dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ushlanmalar bo'yicha barcha hisoblashishlar olib boriladi.
3. Ishlab chiqarish-kalkulyatsiya boʻlimi. Bu boʻlimda barcha turdagi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi hamda hisobot tuziladi, tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
4. Umumiy boʻlim. Bu bo'limda yuqorida sanab o'tilgan boʻlimlarda hisobga olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya hisoboti tuziladi.
Korxonalardagi buxgalteriya apparatining ish sharoitlari har xilliligiga muvofiq ravishda ularning tuzilmasi ham har xil bo'ladi.
Korxona buxgalteriyasi mustaqil boʻlim hisoblanib, uning bir nechta hisob ishlari bilan shug'ullanuvchi boʻlinmalari bor. Ayrim katta korxonalarda taftish-metodologik guruh ham tashkil qilinadi. Bular buxgalteriya apparati xodimlariga ko'rsatmalar berish, yozma yo'riqnomalar tayyorlash, muayyan korxonaga qarashli hamma tarmoqlarni taftish qilish va buxgalterlarning malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.




  1. Download 27,29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish