5 MAVZU. KORXONANING HISOB SIYOSATI VA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH
5.1. Hisob siyosatining mohiyati, vazifalari, shakllantirish bosqichlari va tamoyillari
Hisob siyosati buxgalteriya hisobini yo‘lga quyish usullarining tartiboti bo‘lib, ustav va Boshqacha faoliyatning iqtisodiy hodisalar faktini dastlabki kuzatish (hujjatlashtirish va İnventarizatsiya), qiymat o‘lchovida ifodalash (baholash va Kalkulyatsiya), joriy guruhlash (schotlar Va ikkiyoqlama yozuB) va yakuniy umumlashtirish (balanslashtirish va hisobot)dan iborat.
Buxgalteriya hisobining bir xildagi metodini har xil korxonalarda amalga oshiradigan hisob siyosati Turlicha bo‘ladi. Baholash, Kalkulyatsiya, xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibi va Hokazolarning muayyan usullarini tanlash imkoniyati korxonaning hisob siyosatini shakllantirishdagi Tanlash yerkinligini bildiradi.
Hisob siyosatining bosh vazifasi – korxona faoliyatini yuqori darajada obektiv aks ettirish, Uning faoliyatini samarali boshqarish maqsadida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirishdan İborat.
Jumladan, korxona hisob siyosati quyidagilarni ta’minlashi lozim:
Xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini buxgalteriya hisobida to‘liq aks ettirish (to‘liqlik Tamoyili);
Xo‘jalik faoliyati faktlarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda o‘z vaqtida aks ettirish (o‘z vaqtidalik tamoyili);
Mumkin bo‘lgan daromadlar va aktivlarga qaraganda xarajatlar va majburiyatlarni Buxgalteriya hisobida tan olishga tayyor turish, yashirin rezyervlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymasdan (ehtiyotkorlik tamoyili);
Xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, balki İqtisodiy mazmuni va xo‘jalik yuritish sharoitlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobida aks Ettirish (mazmunning shakldan ustuvorligi tamoyili);
Har oy oxiriga sintetik hisob schotlari bo‘yicha qoldiq va oborotlarning analitik hisob Ma’lumotlariga tengligi (o‘zaro zid bo‘lmaslik tamoyili);
Korxonaning hajmi va xo‘jalik faoliyatining shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda Buxgalteriya hisobini oqilona yuritish (oqilonalik tamoyili).
Hisob siyosati buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilangan hisob yuritish Usullaridan maqbulini tanlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Agar, buxgalteriya hisobi milliy standartida Qandaydir obekt uchun hisob yuritish usuli belgilanmagan bo‘lsa, korxona o‘zi ishlab chiqishi Mumkin. Har ikkala holda hisob siyosatini tashkil etishda korxonada asosiy talab – buxgalteriya Hisobini yuritish usulini tanlash yagona tamoyilga asoslanishi lozim. Bu quyidagilarni bildiradi:
Tanlangan hisob yuritish usulining korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari, jumladan mustaqil Balansga ajratilganlari ham qo‘llashi, aks holda hisob axborotlarini taqqoslash va umumlashtirish Mumkin emas; biron bir muayyan masalaga nisbatan korxona bitta tanlangan usulni, agar boshqachasi Standartda belgilangan bo‘lmasa, qo‘llashi mumkin; masalan, barcha faoliyat turlari uchun sotishdan Olingan foyda bitta usul – tovarlarni xaridorga jo‘natish va hisob-kitob hujjatlarini taqdim etish Me’yoriga qarab aniqlanadi.
Hisob siyosatini shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat (4.1 rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |