1.Banklarning funksiyalari
Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. 226 SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga
aylantirish;
korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish va boshqalar.
2.Xalqaro moliya tashkilotlariga umumiy tavsif va ularning turlari.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:
davlat;
nodavlat tashkilotlar.
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi?
jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlili;
jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
investision faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar);
davlat loyihalarini kreditlash;
xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish;
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
xayriya faoliyati.
3.Xalqaro Valyuta fondi va uning xalqaro valyuta-kredit munosabarlaridagi faoliyati.
Xalqaro Valyuta Fondi – bu davlatlarga kredit beruvchi, jahon valyuta tizimining faoliyat yuritishi uchun tamoyillar ishlab chiqaruvchi, xalqaro valyuta - kredit va moliyaviy munosabatlarni xalqaro boshqarishni amalga oshiruvchi xalqaro institutdir.
Xalqaro Valyuta Fondi quyidagi maqsadlar amalga oshirish yo’lida faoliyat olib boradi:
valyuta siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
valyuta siyosati sohasida balanslashtirilgan o’sishga ko’maklashish;
yuqori darajadagi bandlik va real daromadlarni qo’lla-quvvatlash va stimullashtirish uchun jahon savdosining balanslashtirilgan o’sishini mustahkamlash, iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo-davlatlarning ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish;
valyutalar barqarorligini ushlab turish va a’zo-davlatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarini tartiblashtirish, shuningdek, valyutalar devalvatsiyasiga to’sqinlik qilish;
ko’p tomonlamali to’lov tizimini yaratishda qatnashish, shuningdek, valyutalar transfertidagi chegaralarni olib tashlash;
a’zo-davlatlarning balanslashtirilmagan to’lov balanslarining likvidatsiyasi uchun mablag’ taklif qilish.
Xalqaro Valyuta Fondining quyidagi funktsiyalari mavjud:
kelishilgan tartib qoidalar kodeksiga amal qilish (xalqaro valyuta siyosati va davlatlararo to’lov oboroti sohalaridagi hamkorlik);
to’lov balansi taqchilligini bartaraf etish uchun moliyaviy yordam berish;
maslahatlar berish va hamkorlik qilish.
Xalqaro Valyuta Fondi ning boshqaruvi shartnoma moddalariga mos holda amalga oishriladi. Xalqaro Valyuta Fondining boshqaruv strukturasiga Boshqaruv Kengashi, Vaqtinchalik Komitet, Rivojlantirish Komiteti, Ijro etuvchi Kengash, Boshqaruvchi hamda xodimlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |