Ijtimoiy xayot va din


Johiliya davrida ko’p xudolik va arablar ma’naviyati



Download 19,13 Mb.
bet72/104
Sana31.05.2022
Hajmi19,13 Mb.
#621864
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
Bog'liq
ulotlari

Johiliya davrida ko’p xudolik va arablar ma’naviyati. Makka savdo markazi sifatida katta ahamiyatga ega bo’lib, atrofdagi qabilalarga boshqalarga nisbatan kuchliroq ta’sir ko’rsatar edi. Makkaning diniy markaz sifatida roli ham ancha oshgan edi. Makkada Ka’batulloh ibodathonasi turli arab qabilalarining 360 xudosining sanam, ya’ni butchalari mavjud bo’lgani tufayli bu shahar o’z atrofida yashovchi ko’p qabilalar uchun e’tiqod markazi-ziyoratgohga aylangan edi.
Ka’ba-islom dinida eng muqaddas hisoblangan va «Allohning uyi» «Baytulloh» deb nom olgan ibodathona. U kub shaklida, kulrang toshdan qurilgan bo’lib, unda islomda muqaddas hisoblangan qoratosh-«al-Hajar al-asvad» joylashtirilgan. Ka’ba musulmonlar uchun qibla hisoblanadi va qiblaga qarab namoz o’qiladi.
Ka’ba islom vujudga kelmasdan bir necha asr ilgari mavjud bo’lgan. Eramizning II asrida yunon sayyohlari u yerda bo’lib, bu ibodathonani va uning atrofidagi kichik manzilgohni ko’rganliklari haqida ma’lumot qoldirganlar. Ka’ba ibodathonasi o’sha yerda mavjud bo’lgan va suvsiz sahroda arablar uchun najot manbai sifatida «Zam-Zam» bulog’i bilan bog’liq holda vujudga kelgan, degan taxminlar mavjud. Bu buloqni yaratish uchun xudoga ibodat qilib, shu yerda qurbonlik qilish arablar o’rtasida qadimdan rasm bo’lgan va bu hodisa Qur’onning «al-Kavsar» deb atalgan 108-surasida ham o’z ifodasini topgan.
Demak, islom vujudga kelmasdan 400-500 yil ilgari ham muqaddas hisoblangan «Zam-Zam» bulog’i va u bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan Ka’ba ibodathonasi VII asrning 30-yillarida va yangi dinda eng muqaddas joy deb e’tirof etilgan.
V-VII asrlarda Makkada arablarning quraysh qabilasi hukmron bo’lib, bularning yuqori tabaqalari savdo-sotiq avj olishi natijasida ancha boyib ketgan; pul muomalasi, sudxo’rlik rivojlangan, shuningdek, qul savdosi va qullarning mehnatidan foydalanish ham ancha kengaygan.
SHarqshunos olimlarning tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, qadimiy Yamanni istisno qilgan, Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar uchun V-VI asrlarni iqtisodiy urug’-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan va quldorlik munosabatlari vujudga kela boshlagan davr, deb tavsiflash mumkin va lozim. O’sha davrda kuchli imperiyalar bo’lgan Vizantiya va Eron o’rtasida Yamanni qo’lga kiritish va karvon yo’llarida o’z hukmronligini o’rnatish uchun kurash davom etgan.
Yaman sosoniylar hukmronligiga o’tgan davrlarda (572-628 yillar) Eron ko’rfazi orqali Hindistonga boradigan yo’l tez rivojlana boshlagan va shu munosabat bilan Hijoz orqali o’tgan karvon yo’li inqirozga uchragan. Bu hol faqat Hijoz shaharlarigagina emas, balki barcha arab qabilalari hayotiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatgan va Arabistonda ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning boshlanishiga sabab bo’lgan.
Savdodan keladigan daromad kamayib ketishi natijasida quraysh zodagonlari o’rtasida sudxo’rlik avjga chiqqan; qullar, kambag’allarni ezishi kuchaygan. Makka va Hijozning boshqa shaharlarida mazlumlar bilan zolimlar orasidagi qarama-qarshiliklar keskinlashgan. Bir tomondan, qul egalari bilan qullar o’rtasida, ikkinchi tomondan, qabila zodagonlariga nisbatan oddiy mehnatkashlarning noroziligi kuchaygan. Qabilalarning yuqori tabaqalari, ayniqsa, Makka zodagonlari qo’shni mamlakatlarni bosib olib katta boylik, o’ljani qo’lga kiritish va shu orqali hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiy inqirozdan qutilish haqida tez-tez o’ylay boshlaganlar.
Ammo tarqoqlik va kelishmovchiliklarga barham berish uchun barcha arab qabilalarini, ularning iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini yagona davlatga birlashtirish zarur edi.
Markaziy va SHarqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o’rtasida ibtidoiy tuzumga xos bo’lgan politeistik majusiylik diniy tasavvuflari hukmron edi.
V-VI asrlarda bu qabilalarning diniy e’tiqodlari totemizm, fetishizm va animizm kabi diniy tasavvuflarning qorishig’idan iborat edi. Ko’p qabilalar alohida toshlarga e’tiqod qilar, insonga yordam beradigan ezgu ruhlar, yovuz jinlar va ayyor shaytonlar to’g’risidagi tasavvurlar keng tarqalgan edi.
Har bir qabila o’z xudosining sanamiga sig’inar, topinar edi. Bu xol dinshunoslikda ko’p xudolikning arablarga xos ko’rinishi, deb tavsiflangan. Qur’onda bunday e’tiqod shirk deb nom olgan. Bundan tashqari arab qabilalari o’rtasida Quyosh va Oyga topinish ham mavjud edi. Bu yoritgichlarga topinish qadimiy Bobil (Vavilion)dan kelib chiqqan bo’lib, bu e’tiqod keyinchalik ko’p xalqlar o’rtasida tarqalgan.11 Buning ta’siri ostida o’rta asrlarda SHarq va /arb xalqlari o’rtasida astrologiya degan, asosan diniy ta’limot sistemasi-SHarq «ilmi nujum» vujudga kelgan.
Ilmi nujumga asosan turk xalqining ham ilk davrlarida Oyxon, Yulduzxon, Kunxon, Kuntug’mish, Oyto’ldi, Oysuluv, Kunsuluv, Kuntug’di kabi ismlar qo’yilgani va ularning ba’zilari hozirgacha yetib kelgani ma’lum. Kunchiqar-SHarq, Kunbotar-/arbni bildirgan. Yoki yil davomida quyosh aylanadigan falak doiralarining har biri turkiy nom bilan atalgan: Qo’zi-Hamal, Ud-Savr, Erangiz-Javzo, Quchiq-Saraton, Arslon-Asad, Bug’doyboshi-Sunbula, Ulgu-Mezon, CHayon-Aqrab, Yoy-Qavs, O’g’loq-Jadi, Qo’noq-Dalv, Baliq-Xutdir.
Demak, ilmi nujumga e’tiqod qilishning qadimgi turkiy xalqlar hayotida ham muayyan o’rni bo’lgan.
Ilmi nujumga binoan sayyoralar va yulduzlarning holatiga qarab voqea va hodisalarni oldindan aytib berish mumkinligiga e’tiqod qilingan. Bu bilan shug’ullanuvchi astrolog (munajjim) lar saroylarda muhim mavqega ega bo’lganlar.
Makkaning o’z atrofidagi arab qabilalariga ta’sirining kuchayishi Ka’ba bilan bog’liq bo’lgani yuqorida ta’kidlab o’tildi. Miloddan avval vujudga kelgan bu qadimiy ibodatxonada ko’p qabila xudolarining sanamlari saqlanar edi. Milodgacha arab qabilalari e’tiqod qilgan xudolardan sakkiztasining nomi al-Lot, al-Uzza, Manot, Vadd, Suva’, Yag’us, Yag’uq, Nasr Qur’onda ham keltirilgan, sanab o’tilgan.
Arabiston yarim orolida yahudiy, xristian, otashparast va sobiylar ham yashar edilar. Iudaizm Yaman arablari o’rtasida keng tarqalgan bo’lib, VI asr boshlarida xim’yariylar podshohligida u davlat dini deb e’tirof etilgan. Iudaizmga e’tiqod qiluvchi arab qabilalari Markaziy va /arbiy Arabistonning ayrim vohalarida ham yashar edilar. Bu dinga e’tiqod qiladigan arablar-koptlar hali ham anchagina.
Xristianlik asosan yarim orolning shimoliy qismida-Suriya, Falastin, Mesopotamiya hududida yashaydigan arab qabilalaridan ba’zilari o’rtasida tarqalgan edi. Bu yerlar ayrim davrlarda Vizantiya tarkibiga kirgan yoki uning siyosiy tazyiqi ostida bo’lgan hududlar edi. Arab qabilalari o’rtasida ko’pincha xristianlikning ayrim sektalari tarqalgan edi. SHarqshunos olimlarning fikricha, xristianlik Arabistonga /assoniylar va Laxmiylar davlatlari orqali kirib kelgan.
SHunday qilib, yahudiylik va xristianlik hamda ularning ayrim sektalari islom paydo bo’lishi arafasida arab qabilalari orasida muayyan darajada tarqalgan edi.

Download 19,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish