O‘zbekistonda jamg‘armalar faoliyatining huquqiy asoslari va rivojlanish mexanizmi
Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamjihatligiga erishish, ko‘p jihatdan, jamiyatning izchil va barqaror rivojlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratib beradi.
Shu boisdan mamlakatimizda istiqlol yillarida fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos milliy institutlari qaror topishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi me'yorga mos huquqiy asoslar yaratilgan. Ma'lumki, Asosiy Qonunimizning 56-moddasida fuqarolik jamiyati institutlari sifatida O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotinqizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari e'tirof etiladi.
Mamlakatimizda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchisi saylovi to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi jamiyat hayotida ushbu institutlarning nufuzini yuksaltirdi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari mustaqillik yillarida o‘z qaror topishi va rivojlanishining evolyusion yo‘lini bosib o‘tdi. Eng avvalo, ushbu institutlarni rivojlantirishning qonunchilik va tashkiliy asoslari yaratildi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lgan demokratik institutlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlariga doir islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonning faol sube'ktlaridan biri bo‘lgan jamg‘armalar ham davlat tomonidan yaratilgan faoliyatning huquqiy asoslariga tayanib, o‘z dastur va nizomlarini belgilagan holda jamiyat hayotida yuksak ma'naviyatli komil shaxsni tarbiyalash, ular faoliyatini rag‘batlantirishni amalga oshirmoqda. Shu o‘rinda bir qator jamg‘armalar faoliyati va rivojlanish xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Mamlakatimiz madaniyati va san'ati, xususan, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan musiqa san'ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Estrada san'atini rivojlantirish jamg‘armasi” nodavlat notijorat tashkilot hisoblanib, estrada san'ati namoyandalari hamda yosh ijodkorlarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyundagi 272-son qaroriga asosan Estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining huzurida tashkil etilgan. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, shuningdek, Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining qarorlari, tavsiyalari, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi buyruqlari va mazkur Ustav asosida yuritadi. Jamg‘armaning asosiy maqsadi –estrada san'ati namoyandalari va yosh ijodkorlarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning ishchi apparati faoliyatini moliyaviy ta'minlashdan iborat. Jamg‘arma milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining dasturlari va loyihalarini amalga oshirishga moddiy ko‘maklashish hamda birlashmaning ishchi apparati faoliyatini moliyaviy ta'minlash; «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi rejalashtirgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda investorlarni (shu jumladan chet eldan ham) jalb etish; ixtiyoriy tushumlar va boshqa daromadlar asosida mulk va moliyaviy mablag‘larini barpo etish; maqsadida ijodiy jamoalar va alohida ijrochilarga Kengash hamda Birlashma tavsiyasiga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatish; yangi qo‘shiq yaratish hamda musiqa yozdirish uchun ijtimoiy ahvoli va imkoniyatlari cheklangan yosh estrada xonandalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; belgilangan tartibda turli tanlovlar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar ajratish; mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan madaniy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; xayriya faoliyati bilan shug‘ullanish; estrada, shuningdek, konsert faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar hamda madaniyat menejerlari sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishga moddiy yordam ko‘rsatish, san'at oliygohlarida a'lo baholarda o‘qiyotgan, davlat va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan iste'dodli talabalarga stipendiyalar tashkil etish; ommaviy va yakka tartibdagi madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun zarur sahna liboslari va boshqa kiyimlarni tayyorlash hamda tikish; miliy estradamizning yosh ijodkorlarini chet el davlatlarida o‘qishlari va amaliyot o‘tashlari bilan bog‘liq masalalarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
«Mehr nuri» hayriya jamg‘armasi notijorat jamoat tashkiloti bo‘lib, 2004 yil iyul oyida faoliyatini boshlagan. Raxm-shavqat, saxovat, hamfikrlilik va ma'naviy birdamlik asosida faoliyat olib boradi. «Mehr nuri» hayriya jamg‘armasining maqsadi ijtimoiy himoya dasturlarini o‘tkazish orqali mamlakatimizda hayriya faoliyatini amalga oshirish va rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, ko‘p farzandli va kam ta'minlangan oilalarni moddiy hamda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tibbiyot, umumta'lim va sog‘liqni saqlash, yosh avlod tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanadigan boshqa ijtimoiy muassasalarga homiylik yordamini ko‘rsatish; kichik va o‘rta, oilaviy hamda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash; iste'dodli yoshlarni qo‘llashni o‘z vazifasi deb baholaydi. Jamg‘arma o‘z faoliyatini Ijtimoiy himoya homiylik yordami, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda olib boradi.
“Mahalla” hayriya jamg‘armasining asosiy maqsadi mahalla va mahalla aholisining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy darajasini tobora yuksaltirish, milliy an'ana va udumlarni yanada boyitish, shuningdek, mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ish faoliyatini boshqarish, nazorat qilish, har tomonlama muvofiqlashtirish va rivojlantirishdan iborat. Jamg‘arma mahalla madaniy, ma'naviy-marifiy targ‘ibot ishlarni keng yo‘lga qo‘yishning uslubiy asoslarini yaratish va joriy qilish; aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va insonparvarlik, yaxshi qo‘shnichilik, mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy–siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashning zarurligini keng targ‘ib qilish va tar'ibot uslublarini yaratish; yosh avlodni milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik ruxida tarbiyalashda mahallalarga uslubiy yordam ko‘rsatish; davlat organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish jaraыnida faol qatnashish va bu vakolatlarning amalga oshirilishida mahallalar uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; mahallalar raislari, oqosoqollari va faollarining bilim darajasini, malakasini va saviyasini ko‘tarish, ularda bozor iqtisodiыti munosabatlariga mos keluvchi zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv ishlarini tashkil qilish; mahallalarning mamlakatimizdagi hamda xorijdagi jamoat tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari bilan o‘zaro munosabatlar mexanizmlarini shakllantirish, uni rivojlantirish mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish; respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro xorijiy tashkilotlar, elchixonalar, jamoalar va jam'armalar bilan jamg‘arma vakolati doirasida aloqa o‘rnatish, hakorlikda qo‘shma ilmiy Loyixa va Dasturlar ishlab chiqish va bajarish, moliyalashtirish uchun xalqaro grantlar olishni va bajarishni tashkil qilish; O‘zbekistonda xalqaro anjumanlar, seminarlar o‘tkazishga tashabbuskorlik qilish, anjumanlarga chet ellik vakillarni o‘rnatilgan tartibda taklif qilish, horijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda qatnashish; respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish, hakorlikni kuchaytirish; mahallalarning ish faoliyatini o‘rganib borish, tahlil qilish va shu sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ular manfaatini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va islohot loyihalari, respublikani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga olib boradigan amaliy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, bu ishlarda ularga butun choralar bilan ko‘maklashish; mahallalar ishini muvofiqlashtiruvchi oqosoqollar kengashlarini tashkil qilishda o‘z takliflari bilan ishtirok etish, faoliyatini yo‘naltirish, zarur hollarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; mahallalardagi kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, faxriylar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, yetim-yesirlar, baynalminalchilar manfaatlarini har tomonlama himoya qilish; mahalla ahlining tashabbuskorligini oshirishda qulay moddiy va ma'naviy sharoitlar yaratib berish, ishlarni kasb-xunarga yo‘naltirish, mahallalarda kichik va qo‘shma korxonalar ochishga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish; bank ochishda qatnashishi, lotereya o‘yinlari o‘tkazish, kreditlar olish va berish; chorva mollari, parranda hamda dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida xo‘jaliklar tashkil qilish; chet el firmalari va fuqarolari ishtirokida qo‘shma korxonalar ochish va turli ko‘rgazmalar tashkil qilish; xalqaro aloqalarni amalga oshirish maqsadida chet ellardagi birodarlik uyushmalari bilan hamkorlik qilish; ekologik dasturni amalga oshirishda ishtirok etish vazifalarni amalga oshiradi. “Sen yolg‘iz emassan” - Respublika jamoat bolalar jamg‘armasi 2002 yil noyabr oyida O‘zbekiston poytaxi Toshkent shahrida yoshlarga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi eng aholisi zich joylangan davlat hisoblanadi. Uning 45% aholisi 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Jamg‘arma turli sabablarga ko‘ra ota–onasiz qolgan bolalar va yoshlarning tilak va istaklariga asoslangan holda o‘z foaliyatini belgilaydi. Shu bilan birga jamg‘arma ehtiyojmand insonlarga kerakli yordam va madad ko‘rsatishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqadi. O‘zbekistonda insonlarning yordamga muhtojlarga nisbatan bag‘rikenglik, mehr va muruvvat ko‘rsatishi tarixan shakllangan. Buning samarasi sifatida esa juda qisqa fursat ichida Jamg‘arma faoliyatining tarafdorlari soni anchaga ortdi. Jamg‘arma katta ko‘mak ko‘rsatgan bolalar qalbida ishonch uyg‘otdi va ular bir oila, “Sen yolg‘iz emassan” nomli oila a'zolariga aylanishdi. Jamg‘arma faoliyati turli sabablarga ko‘ra ota–onasiz qolgan bolalar hayotida vujudga keladigan aniq muammolarni tahlil qilish va o‘rganishga asoslanadi. Jamg‘arma faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari bolalikda ota va ona mehri yetishmasligi tufayli vujudga keladigan ayrim muammolarning turli yechimlarini topishdan iborat. Bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bolada mutanosib shaxsni rivojlantirish; bolalarni ma'nan va ahloqan tarbiyalash, zarur bo‘lganda, bolaning sog‘lom bo‘lishini ta'minlash va uning ruhiy–psixologik ahvolini yaxshilash uchun yuridik, tibbiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish ham jamg‘armaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur jamg‘armaning asosiy yo‘naltirilgan guruhlari yetim bolalar, jismonan va ruhan nogiron bolalar, qaramoqsiz qolgan bolalar, o‘ta muhtojlik sababli bolalarga yetarli darajada e'tibor bera olmaydigan oilalar, rivojlanishga imkoniyati bo‘lmagan iqtidorli bolalardan iborat. “Sen Yolg’iz Emassan” jamg‘armasining ish uslubi kerakli maxsus ta'lim olishda, misol uchun, o‘rta–maxsus va oliy o‘quv yurtlariga kirish va ta'lim olish; asosiy kasalliklarga qarshi profilaktik ishlari olib borish; reabilitatsion yordam olish, shu jumladan, “Mehribonlik” uylaridagi bolalarga ruhiy ko‘mak berish; jamiyat e'tiborini qarovsiz va boquvchisiz va yetim bolalarning ayanchli taqdiriga qaratish, hamda jamoatchilikning yetimlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni anglab yetishiga yordam berishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |