ASHULA VA RAQS ANSAMBLI-turli tarkibda tashkil topgan
sozanda, xonanda va raqqoslar guruhi.
BADIIY BUYUMLAR - chiroyli shakllarda bezatib ishlangan,
turli maqsadlarda foydalaniladigan nafis buyum va zebziynatlar.
Uy-ro‘zg‘or anjomlari, kiyim-kechak, mehnat qurollari,
badiiy gazlama, gilam, palos, so'zana, qurol-aslaha, mebel kabi
moddiy madaniyat asarlari, tasviriy san’at, amaliy san’at, bezak
san’ati mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Ba’zi mamlakatlar o‘z B.b.
bilan mashhur (xitoy chinnisi, eron gilami, hind fil suyagi mahsulotlari,
chex shishasi, o‘zbek atlasi va b.). Jamiyat taraqqiyoti
B. b. tayyorlash usuli (haykaltaroshlik, kulollik, zargarlik, miskarlik,
degrezlik, naqqoshlik, o‘ymakorlik, koshinkorlik va b.)ni
ham takomillashtirdi, badiiy hunarmandlikning yangi sohalari
(kashtado‘zlik, do‘ppido‘zlik, zardo‘zlik, shishasozlik va b.)ni
yuzaga keltirdi. 0 ‘zbekiston hududida B. b. ishlab chiqarish
20-a.ning 20-y.laridan keng yo‘lga qo‘yila boshlandi. 60-y.lardan
mazmunan boyidi, turlari ko'paydi; an’anaviy B. b. qardosh
xalqlar yaratayotgan mahsulotlar hisobiga ham boyimoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |