BADIIY SO‘Z USTASI - adabiy asar (she’r, nasr, shuningdek
publisistika) yoki dramatik parchani teleko‘rsatuv va radio orqali,
estrada, sirk va filarmoniya sahnasida ifodali o‘qib, ular mazmunini
tinglovchilarga badiiy ta’sirli qilib yetkazuvchi ijrochi, estrada
va filarmoniya artisti.
BADIIY 0 ‘QISH - estrada san’atining bir turi: adabiy asar
(she’riy nasr, shuningdek publisistika) yoki dramatik parchani
omma oldida ijro etib, tinglovchilarga asar mohiyatini badiiy
ta’sirchan qilib yetkazish. 0 ‘tmishda B. o‘. xalq baxshilari, ertakchilar,
qiziqchilar ijodining asosi hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |