BADIIY HAVASKORLIK - asosiy ishdan ajralmagan holda
jamoa (to'garak, studiya, xalq teatrlari) yoki yakka holda (xonanda,
badiiy so‘z ustasi, sozanda, raqqosa, akrobat va b.) ijod qilish;
xalq ijodi shakllaridan.
BAYRAM (turkiycha — kattayig'in, to'y) - keng nishonlanadigan
tantanali kun. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davomida kelib chiqishi,
mazmuni, ijtimoiy hayotda qaror topishiga ko‘ra an’anaviy,
diniy, milliy va b. B.lar vujudga keldi.
BAYRAM KUNLARI - muhim voqealarga bag‘ishlangan,
an’ana sifatida nishonlanadigan, ish kuni hisoblanmaydigan kunlar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar bayram
(dam olish) kunlari deb belgilangan: 1 yanvar - Yangi yil; 8-mart
- Xotin-qizlar kuni; 21 mart - Navro‘z bayrami; 9 may - Xotira va
qadrlash kuni; 1 sentabr - Mustaqillik kuni; 1 oktabr - 0 ‘qituvchi
va murabbiylar kuni; 8 dekabr - Konstitusiya kuni; Ro‘za hay it i
(Iyd al-Fitr)ning birinchi kuni; Qurbon hayiti (Iyd al-Adha)ning
birinchi kuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |