DIRIJYOR (frans. diriger - yo'naltirish, boshqarish, rahbarlik
qilish) - musiqa asarini ijro etuvchi jamoalar (solistlar, xor,
orkestr va b)ga rahbarlik qiluvchi san’atkor. D. musiqa asarini
ommaviy ijrosiga qadar ijrochi jamoa bilan bo‘lgan hamma tayyorgarlik
(repetitsiya)ni olib boradi. Asosiy ijro vaqtida esa (konsert
yoki spektaklda) asaming ijro tezligi, dinamik tuslari, ayrim to'da
yoki yakka ijrochilarni to'xtash yoki ijro qilish vaqtlarini ko'rsatib
turadi; jamoani birlashtiradi, ruhlantiradi va asarning badiiy ijrosi
uchun harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |