«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Jamg‘armalarning ijtimoiy-ma'naviy va madaniy hayotdagi faoliyatini rivojlantirish vazifalari



Download 497,07 Kb.
bet90/151
Sana03.09.2021
Hajmi497,07 Kb.
#163119
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   151
Bog'liq
�ijtimoiy-madaniy faoliyat� kafedrasi �ijtimoiy madaniy faoliyat

Jamg‘armalarning ijtimoiy-ma'naviy va madaniy hayotdagi faoliyatini rivojlantirish vazifalari. Nodavlat va jamoat tashkilotlari ijtimoiy-madaniy hayotda ishtirok etib, mahalliy hokimiyatning bu yo‘nalishdagi tadbirlariga, qabul qiladigan qarorlariga, amaliy hayotiga boy ma'no-mazmun, muayyan bir maqsadga, fuqrolarning aniq madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilganlik baxsh etadilar. Shu tariqa ular ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini, sifatini oshirish funksiyasini bajaradilar. 1992 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniig Farmoni bilan “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Farmonda qayd etilganidek jamg‘arma “mahallalarda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ko‘maklashadi”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 dekabrda qabul kilingan “Respublika ‘Maxalla” xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirining chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mahallalarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-madaniy hayotida tutgan o‘rni oshib borayotganidan kelib chiqib, mahallalarda o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta'minlovchi madaniy ma'rifiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, sport maydonchalari, maishiy xizmat uylari, choyxonalar, ijaraxona va to‘yxonalar barpo etishda joylardagi korxonalar, muassasalar qatnashishi ko‘rsatildi. Ayni paytda tegishli vazirlik hamda idoralarga mahalla guzarlari, choyxonalari uchun xo‘jalik uy-ro‘zg‘or anjomlarini imtiyozli narxlarda berish, jamg‘arma tasarrufidagi kichik korhonalarni zarur dastgohlar, ehtiyot qismlari, xom ashyo mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar bilan ta'minlash vazifasi topshirildi. Jamg‘armaga Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda “Oila — maktab — mahalla” dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash, madaniy-ma'rifiy ishlarni jonlantirish, aholi salomatligini, ekologiya muhitni yaxshilash, sog‘lom avlodni kamol toptirish kabi vazifalar yuklatildi. Eng muhimi shundaki, “Mahalla” aholiga ijtimoiy madaniy xizmat ko‘rsatish sektorini bevosita turar joylarga yaqinlashtirish servisni rang-baranglashtirish, fuqorolarning madaniy ehtiyojlari, talablari darajasida tashkil etishga intilmoqda. Jamg‘ama nodavlat tashkilot sifatida mahallalarda madaniy tadbirlar o‘tkazish, maishiy xizmat ko‘rsatish, turar joylarni obodonlashtirish, kommunal xizmatni yaxshilash, aholini suv, gaz bilan ta'minlash ishlarida mahalliy hokimiyat organlariga yaqindan yordam bermoqda. Keyingi yillarda mahallalarda tandirxona, oshxoid, kimyoviy tozalash, poyafzal tuzatish, savdo-sotiq shohobchalari yaratildi va bu chora-tadbirlar aholining ijtimoiy-madaniy hayotini yaxshilash, turmush darajasini oshirishga qaratilgandir. Shu bilan birga, mahalla nafaqat xalqimizning jamoa bo‘lib yashash ayni paytda fuqorolik instituti sifatida ijgimoiy hayotda faol ishtirok qilish makonidir. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir qator davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlarining “Mahalla” jamg‘armasi respublika boshqaruvi bilan hamkorlikda qabul qilayotgan qo‘shma dasturlari va ularning ijrosi fuqarolar yig‘inlari faoliyatini jonlantirishda, mahalla mutasaddilarining bilimi, malakasini oshirishda, qolaversa, joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Xususan, 2011 yilning aprel oyida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi respublika boshqaruvi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida «Respublikada ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar faoliyati samaradorligini oshirish» bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqilgan edi. Ushbu dasturga asosan, respublikamizning barcha viloyatlarida “Barkamol avlod tarbiyasida mahallaning tutgan o‘rni” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shu mavzudagi ikki kunlik o‘quv-seminar Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazida ham ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi. Toshkent viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasining viloyat bo‘limi boshqaruvi hamda bir qator homiy tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan tadbirlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari, viloyat adliya boshqarmasi vakillari, viloyat reproduktiv salomatlik markazi shifokorlari, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, jamg‘arma mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi. Dastur mohiyatini teran anglagan kishi uning bugungi hayotimizda, ya'ni kuchli demokratik fuqarolik jamiyatini qurishda naqadar zarurligini tushunib yetadi, boisi, dastur mazmunida dastlab mahalla maslahatchilarining jamiyat hayotidagi ham ijtimoiy-siyosiy, ham madaniy-ma'rifiy, ham huquqiy savodxonligini, shuningdek, faolligini oshirish, shu orqali yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadi mujassam. Qolaversa, seminar davomida mahalla maslahatchilari o‘z malakalarini oshiradi. Eng muhimi, namunali maslahatchilar ish tajribasi ommalashadi. Barkamol avlodni komil, ma'naviyatli, ma'rifatli insonlar etib tarbiyalash nafaqat ota-onalar, balki mahalla maslahatchilaridan ham ulkan mas'uliyat talab etadi, shu boisdan, maslahatchi lavozimiga hayotiy tajribaga ega, oliy ma'lumotli, aholiga, avvalo, yoshlar ongiga sog‘lom turmush tarzini singdira oladigan, ijtimoiy faol xotin-qizlar tayinlanadi. Mahallada diniy va ma'naviy-axloqiy muhitni ta'minlashga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, yoshlar o‘rtasida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, an'ana va urf-odatlarimizni targ‘ib etuvchi tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish ham aynan mahalla maslahatchisiga xos vazifalardan. Mahallalarda maslahatchilar o‘z faoliyatiga oid nizom va huquqiy-me'yoriy hujjatlar, milliy qadriyatlar, ota-bobolarimizdan, momolarimizdan qolgan urf-odat va an'analar asosida ish olib borishsa, albatta, ular ishida samaradorlik oshib boraveradi. Shuningdek, seminarda mutasaddilar tomonidan mahalla maslahatchilari o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlarni muntazam o‘tkazib borish, qolaversa, ularning huquqiy va siyosiy savodxonligini, bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar, davra suhbatlarni tashkillashtirish ayni muddao ekanligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, voyaga yetmagan yoshlar ongida diniy ekstremizm va missionerlik kabi turli yot illatlar shakllanmasligi, ular o‘rtasida turli jinoyat, huquqbuzarlik holatlarining sodir etilmasligida mahallalar oqsoqollari va maslahatchilar, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, militsiya tayanch punkti profilaktika inspektorlari, qolaversa, komissiyalar a'zolari va posbonlar bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari lozim. Hamkorlikda amalga oshirilgan har qanday ish besamar ketmasligi tayin. Shu maqsadda o‘rnatilgan mustahkam aloqa barkamol farzandlarni kamol toptirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar milliy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular fuqorolar institutlari sifatida xalqimiz to‘plagan tarixiy-madaniy tajribani avlodlarga yetkazishdek muhim vazifani bajaradi. Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek fuqorolik jamiyati o‘ta egoistik jamiyat bo‘lib, u o‘zida, avvalo, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlari bilan uyushgan xudbin individlarni birlashtiradi. Ularning har biri o‘z maksadlari ro‘yob chiqishidan manfaatdorligi bois jamoaviy munosabatlar turli tasodiflarga boy bo‘ladi. Bu hol fuqorolar va jamiyat o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishini takazo etadi, aks holda, xalqimizning jamoa bo‘lib, ahil, inoq uyushqoq yashashdek tarixiy madaniy merosi bilan xudbinlik ivdividualizm, o‘z manfaatlarini ko‘zlash o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishi tabiiydir. Shuning uchun milliy madaniy merosni o‘rganish, tajriba va an'analarni davom ettirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy harakatlarni, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj ortib boradi. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bilan 1992 yil 23 mayda “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi, 1992 yil 12 sentyabrda “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, 1998 yil 16 noyabrda Imom al-Buxoriy nomidagi xalqaro jamg‘arma, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan 1993 yil 3 iyunda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, 1996 yil 14 martda Halqaro Amir Temur nomidagi jamg‘arma, 1996 yil 8 noyabrda O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va ko‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi, 1996 yil 21 noyabrda “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi” xalqaro jamoatchilik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi, 1996 yil 31 dekabrda O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi kabi qator jamg‘armalar tashkil etildi.


Download 497,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish