3.2. Jamg‘armalarning yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi roli va bu boradagi dolzarb vazifalari
Yosh qobiliyat egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli jamg‘armalar tashkil etilgan bo‘lib, ular o‘z faoliyatlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda olib bormoqdalar. Bu turdagi jamoat tashkilotlari sirasiga mustaqillikning dastlabki yillarida tuzilgan “Umid” jamg‘armasi, bugungi kunda faoliyat qamrovi kengayib borayotgan “Isde'dod”, “Mehr nuri”, “Kelajak ovozi”, “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armalari faoliyatini sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bu jamg‘armalarning asosiy vazifasi iste'dodli yoshlarni tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli o‘quv yurtlarida ta'lim oldirish, sifat jihatidan yangi dasturlar ishlab chiqish va ularni respublika ta'lim tizimiga joriy qilish, jahonning o‘quv markazlari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, turli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yishgan.
“O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi turli ko‘rgazmalar, teatr va kino festivallari, xalqaro simpozium va anjumanlar tashkil etish orqali yurtimiz madaniyati va san'atining xalqaro maydonda e'tirof etilishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Jamg‘arma tomonidan o‘nlab loyihalar amalga oshirildi. Masalan, “Yangi avlod” bolalar ijodi festivali, “Navqiron O‘zbekiston” an'anaviy va zamonaviy san'at festivali tez fursatda keng jamoatchilik e'tiboriga tushdi. Butun mamlakat miqyosida tashkil etilayotgan “Kelajak ovozi” megatanlovi esa yurtimizning minglab yoshlarini birlashtirmoqda, madaniyat va san'atning turli yo‘nalishlarida iqtidor egalarini kashf etmoqda.
Jamg‘arma konsertlar, festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etish barobarida Rossiya, Yaponiya, Belgiya, Lyuksemburg kabi davlatlarda o‘ndan oshiq xalqaro loyihalarni amalga oshirdi. Lyuksemburg va Belgiya davlatlarida tashkil etilgan “O‘zbek fotografiyasiga 125 yil” ko‘rgazmasi milliy madaniyatimizning xalqaro maydondagi o‘ziga xos taqdimoti bo‘ldi, deyish mumkin. Ko‘rgazmada mamlakatimizning 150 dan ziyod foto ustalari va yoshlarining asarlari namoyish etildi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda O‘zbekiston jamiyatida 7 mln. ga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari a'zolari, 1 mln. dan ortiqroq fuqarolar esa siyosiy partiyalar a'zolari sifatida jamoatchilik ishlarida ishtirok etadilar. Shuningdek, millionlab fuqarolar yoshlar, xotin-qizlar, turli jamg‘armalar, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadilar.
Inson manfaatlari poymol etiladigan davlatda barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy muhitni yaratish qiyin. Buni chuqur anglagan holda, O‘zbekiston xukumati insonni eng oliy qadriyat sifatida ulug‘lab uning manfaatlarini himoyalash masalasini ilgari surdi. Ushbu dasturning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil “Mustahkam oila yili” deb e'lon qilindi. Har bir inson oilada tavallud topadi va ilk tarbiya saboqlarini oladi. Oiladagi sog‘lom muhit farzandni sog‘lom bo‘lishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Oilada shaxsning ma'naviy dunyosini takomillashtirish uchun unda zarur ruhiy xotirjamlik, ibratli ruhiy munosabat, o‘zaro totuvlik yaratilgan bo‘lishi kerak. Ana shunday namunali oilani shakllantirish maqsadida Davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi orqali oilani ijtimoiy himoya qilish ko‘lamlarini yanada kengaytirish va kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi. Oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishiga, oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirishga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Oila jamiyatning kichik yacheykasi sifatida sog‘lom va barqaror bo‘lsa jamiyat taraqqiyoti kafolatlanadi. Prezidentimiz iboralari bilan aytganda: «Hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila sog‘lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir».Bu ezgu vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalarning ham o‘ziga hos ulushi bor. Ularning oilalarni ijtimoiy , iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, oilada sog‘lom turmush tarzi, ma'naviy muhitni yaratish, tibbiy madaniyatni shakllantirish borasida hamkorlikda olib borayotgan faoliyati diqqatga sazovordir. Jumladan, Fond Forum, “Ayollar kengashi” RJB, “Mehr nuri” jamoat jamg‘armasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi hamkorligida bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyasi o‘tkazildi. “Ayolar kengashi” RJB, “Hayot uchun!” ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi, “Mehr nuri” jamoat jamg‘armasi va Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi O‘zbekiston Ruspublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Bolalar fondi (YuNISeF), BMTning Aholishunoslik fondi (YuNFPA) tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muxofaza qilishning Milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumni o‘tkazishda hamkor tashkilotlar sifatida ishtirok etishdi. Mazkur simpozium 2011 yil 25-26 noyabr kunlari yirik xalqaro tashkilotlar boshliqlari, jahonning qirqqa yaqin davlatlari sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari va vakillari, olimlar, shifokorlar va ekspertlarni poytaxtimizga to‘pladi.
Respublika xalq ta'limi tizimi chuqur islohotlar jarayoni ni boshqan kechirayotgan hozirgi bosichda uning barcha bo‘g‘inlarida milliy qadriyatlrani mazumni va mohiyatini o‘quvchi xamda talabalr tomonidan chuqur o‘rganishga erishish muhim vazifa sifatida qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida” qonunida qayd etilganidek: “ta'limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustuvorligi” ta'lim soxasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”da yosh avlodni ma'naviy axloqiy tarbiyalashda o‘zbek xalqining boy milliy madaniy-tarixiy an'analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga tayanish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga alohida e'tibor berilgan. Kadrlar tayyolar milliy dasturida “Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnalogiyalarni ng yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.” Dasturda ustuvor yo‘nalishdan biri sifatida “yosh avlodni ma'naviy-axloqi tarbiyalashda boy milliy madaniy –tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi deb belgilangan.” odatlari merosini jamiyat ijtimoiy tarkibini o‘rganish real hayotimizni, kundalik turmushni yanada to‘laroq bilishga xizmat qiladi. Jamg‘armalar iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va bu borada davlatning malakakali qadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirishda qatnashib keladi. Ijtimoiy falsafada inson beqiyos ilmiy va ijodiy imkoniyatlarga ega, faqat uning imkoniyatlarini harakatga keltirish lozim degan fikr aksiomaga aylangan. Kanadalik tadqiqotchi G. Selenning takidlashicha, inson miyasida atom yadrosidagi quvvatga teng aqliy kuch yashiringan. Miya faoliyatini kuzatgan mutaxassislar esa, inson o‘z aqliy salohiyati va imkoniyatlarining atigi uch foizidan, daholar nari borsa o‘n foizidangina foydalanishini aniqlagan. V.Pekelis yozganidek “hamma ham Eynshteyn, Shostakovich, Stanislavskiy bo‘lavermaydi, ammo har bir kishi, kasbi va egallangan vazifasidan qat'i nazar, o‘z ishining generali bo‘lishi mumkin. Chunki, har bir kishi tug‘ilganining o‘zidayoq biroz daho bo‘ladi. Bu ham kam, aslida hamma - daho”. Ilmiy-ijodiy faoliyat ana shu daholikni yuzaga, maydonga chiqarish imkoniyatini ochib beradi. 1997 yil 7 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta'lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni butun ta'lim—tarbiya jarayonlariga jiddiy tasir ko‘rsatdi. Endi haqiqiy talantli yoshlar o‘zaro bellashib, bilimda, tafakkurda, ijodda kuch sinashib, Prezident grantini qo‘lga kiritishi va chet elda davlat hisobidan tahsil olishi mumkin. Farmonga ko‘ra, tanlovda eng-qobilyatli, yigit-qizlar saralab olinib, moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlanishi, ularga chet elda yetuk mutaxassis bo‘lib kelishi uchun barcha sharoit yaratib berilishi, qaytib kelgach ishga taqsimlanishi bilan boshqa masalalarda yordam ko‘rsatilishi lozim. Bu jamg‘arma grantlari asosida har yili iqtidorli yoshlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyaga o‘qishga yuborilmoqda. Shu kunlarda 550 nafar yigit-qizlarimiz dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida tahsil oldilar. Amerika Ko‘shma Shtatlarida — 269, Buyuk Britaniyada — 98, Fransiyada — 15, Yaponiyada — 20, Italiyada 5 nafar O‘zbekistonlik talaba bakalavr va magistr darajalarini olish uchun o‘qib qaytdi. Umuman, jamg‘arma, yo‘llanmasi bilan o‘tgan yillar mobaynida 785 nafar yigit qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga yuborildi. Iqtidorli yoshlarning chet elda ta'lim olishiga halqaro tashkilotlar, turli milliy va ma'rifiy uyushmalar ham hissa qo‘shmokda. Masalan, AKSeLS yo‘nalishi bilan har yili ellikdan ziyod iqtidorli yigit-qiz AQShga o‘qishga yuborilmokda. AQSh, Turkiya, Misr, Xitoy, Italiya, Germaniya, Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda doimiylik asosida qariyb 700 nafar talabamiz ta'lim olgan. Ularning deyarli 60 foizi iqtisodiy soxalar bo‘yicha o‘qigan. Bugungi kunda esa “Umid”, “Kamolot” jamg‘armalari faoliyat mazmunini o‘zida mujassam etgan, respublika yoshlarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bilan bir qatorda ular faoliyatini rag‘batlantiruvchi tashkilot 2001 yilda “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati nomi bilan tashkil etilib, jamg‘armalar faoliyati to‘xtatildi. 25 yillik mustaqil taraqqiyot davrida oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy asosi yaratildi va xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil va samarali siyosat tufayli onalar va chaqaloqlarning salomatligini yaxshilashga erishildi..
Ma'lumki, oilaning mehr markazi, bekasi ayoldir. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. Ayollar sog‘ligi, xususan onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta'minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. Dastur aholining eng go‘zal va nozik bo‘lagi bo‘lmish ayollarini ma'naviyatini yuksaltirish asosida ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan.
Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo‘lamiz. Ayollar kengashi” RJB, “Hayot uchun!” ayollar hamjamiyati, «EUROPA DONNA-Uzbekistan», Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni himoya qilish fondi (ITQQF) tomonidan tashkil etilgan “Ko‘krak bezi saratoni va boshqa onkologik kasalliklarnini da'volashda sa'y-harakatlarni birlashtirish” davra suhbati chog‘ida qabul qilingan Ko‘krak bezi saratonini profilaktika qilish, barvaqt aniqlash va davolash hamda KBS bilan xastalangan ayollarni reabilitatsiya qilish dasturi doirasida tashkil etilgan.
Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga xos sharqona ehtirom va e'zoz biz uchun ibratli merosdir.
Xalqimizning buyuk tarixida o‘zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o‘chmas nom qoldirgan To‘maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Qurbonxon dodho, Anbar otin va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol - avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo‘ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoyi insondir. O‘sib kelayotgan yangi avlodni ona allasi bilan ezgulikka o‘rgatadi, uni parvarish qiladi, Vatanga, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi va yetuk inson qilib voyaga yetkazadi. Albatta, xalq takdiri, millat istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyatta ega bo‘lgan bu ulug‘ va mas'uliyatli ish faqat onalarning qo‘lidan keladi. Sog‘lom avlod deganda, eng avvalo, sog‘lom nasl, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhiy, fikran sog‘lom, iymon-e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushuniladi. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura oladi. Aslida Olloh taolo inson zotini tabiatan sog‘lom, mukammal yaratadi. Lekin, afsuski, avvalo odam bolasining o‘zi, qolaversa, nosoz muhit bu mukammallikni buzadi. Jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan kamol toptirish g‘oyat murakkab vazifa. Ayniqsa bugungi kunda - mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olgan nozik, qaltis sharoitda, tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Jamiyat a'zolarining jismoniy jihatdan yetuk bo‘lishida Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining alohida o‘rni bo‘lib, uning faoliyati natijasida kelajak avlod barkamolligi ta'minlanmoqda. Jumladan, 2010 yilda birgina Qashqadaryo viloyatini o‘zida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qishloq joylaridagi sakkizta maktabda sport zallari qurilib foydalanishga topshirdi. 2010 yilda Yakkabog‘ va Qarshi tumanlaridagi musiqa va san'at maktablari kapital rekonstruksiya qilindi, Qarshidagi nogironlarni reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish markazi suzish havzasi kapital ta'mirlandi. Sportchilarimizning 2012 yil Londonda o‘tadigan XXX Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rishi uchun bolalar va o‘smirlar sport maktablariga xalqaro talablarga javob beradigan 12 ta yakkakurash tatamisi va to‘rtta kurash gilami olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oila farzandlariga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sport liboslari tarqatildi. Sir emaski, keyingi yillarda mamlakatimizda nafis sport turi hisoblanmish badiiy gimnastikaga qiziqish ortib borayapti. Shuni inobatga olgan holda, jamg‘armamiz tomonidan viloyatda 14 ta badiiy gimnastika markazi tashkil etildi. Joylarda mazkur sport turini ommalashtirish uchun ochiq birinchiliklar o‘tkazildi. Tumanlar va viloyat miqiyosida ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazildi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalarining saralash bosqichlari, «O‘z», «Quvnoq startlar», «Sog‘lomjon-polvonjon» kabi an'anaviy musobaqalar, «Salomatlik» va «Ayollar» spartakiadalarini o‘tkazishga jamg‘arma ham o‘z hissasini qo‘shdi. 2011 yilda jamg‘arma mablag‘i hisobidan viloyatda 11 ta inshoot qurilishi, jumladan, yettita maktab qoshida sport zallari, bitta musiqa va san'at maktabini yangidan qurish, ikkita musiqa va san'at maktabini kapital rekonstruksiya qilish, bitta suzish havzasini kapital ta'mirlash hamda beshta namunaviy uy-joylar qoshida sport maydonchalari barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatda sport gimnastikasi turini rivojlantirish uchun sport gimnastikasi markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Markazlarni zarur jihoz va anjomlar bilan ta'minlash ham joriy yil rejasida bor. 2003-2008 yillarda qurilgan bolalar sport majmualari va zallarini qaytadan to‘liq jihozlash mo‘ljallanmoqda.
“O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi ilk faoliyatini yo‘lga qo‘ygan davrda faqat milliy madaniyat va san'at yo‘nalishida ish olib borgan bo‘lsa, endilikda ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni ham amalga oshirmoqda. O‘tgan yillar mobaynida nodavlat birlashma tomonidan ta'lim sohasida ko‘plab dasturlar amalga oshirildi. 2005 yildan buyon jamg‘armaning ta'lim grantlari dasturi amalga oshirilib kelinmoqda. 2006 yildan “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” ta'lim loyihalariga Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi va Pedagogik grantlar dasturi ham qo‘shildi. Kadrlar tayyorlash masalasiga yurtboshimizning qanchalik katta ahamiyat berayotganligini uning quyidagi gaplaridan to‘la tushunish mumkin: “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq”. 52
Bugungi kunda istiqlol bergan imkoniyat va bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o‘z natijasini bermasdan qolmaydi. Yosh avlodni o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun eng zarur shartlar: tilni chuqur o‘rganish (ona tilidan tashqari boshqa jahon tillari), axborot asrida yashayotganligimizni hisobga olgan holda, kompyuter texnologiyasidan yaxshi xabardor bo‘lish sanaladi.
Yurtboshimiz ta'kidlab o‘tganidek, “Mening orzuim shuki, o‘zbek yigit-qizlaridan ham chet tillarini chuqur biladigan, dunyoda tan olingan, xalqaro maydonda tanilgan jurnalistlar chiqsa”.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini mamlakatimiz kelajagi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda. Yoshlarimiz siymosida muayyan kasb, ba'zan bir nechta yo‘nalish bo‘yicha diplom olgan, bir nechta xorijiy tilni o‘rgangan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, mustaqil inson sifatida shakllangan, bir so‘z bilan aytganda, el-yurt xizmatiga shay, yuragi yonib, ko‘zlaridan o‘t chaqnab turgan navqiron yigit-qizlarni ko‘rib, qalbingizda ishonch, g‘urur-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi.
Kishilarda sog‘lom e'tiqod va yuksak dunyoqarashning shaklanishi uchun ma'lum muhit ham zarur. O‘zbekistonda bu borada ulkan ishlar amalaga oshirilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridanok milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini yod etish, boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish, xalq ma'naviyatini yuksaltirish milliy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ijtimoiy va siyosiy institutlar, xususan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-kuvvatlovchi jamg‘armalarning tashkil etilishi o‘ziga xos ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning buyuk kelajak bunyodkori bo‘lib voyaga yetishda muhim o‘rin tutmoqda. Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar nafaqat jamg‘arma tizimidagi fuqorolarning ijtimoiy faolligini oshirish yohud ma'lum soha rivojini ta'minlashga xizmat qiladi, balki, hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim sub'ekti sifatida jamiyatni ijtimoiy taraqqiy ettirish ishida faol ishtirok etmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |