Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
57
http://ziyonet.uz/
oltin-kumushlar uni koʻhna falakdek yashartirib yubordi. Kumushning kuchidan u
kumushdek boidi. Xalq unga «Tilla kampir» deb laqab qoʻydi.
Falak shum kampiridan qancha alam koʻrsang ham, shoh adolat qilsa, ey Navoiy, nima
gʻam.
Ey gulyuz soqiy, adolat jomini keltir, qara, adolatning orqasidan qanday gullar ochilishi
mumkin. Adolat qadahini tutki, shodlik bilan ichay, zamonning odil kishisini yod tutib
ichay.
XVIII - Toʻrtinchi Maqolat
Xirqa kiygan riyokor shayxlar xususidakim, ularning oldida haqiqiy libos degani hiyla-
nayrang kiyimidir, avom xalqqa oʻrgatadigan haqiqat va bilimlari esa ahmoqlik; haqiqiy
mayxoʻrlar togʻrisidakim, ularning vujud kiyimlari yoʻqlik qoʻlining zarbasidan yirtilgan
va Iso nafasidek jonbaxsh nafaslari esa muqaddas ruh kabi pok va ziyorat joylari
falakning sahnidir
Ey, qalloblik bilan janda kiyib olgan shayx, shomu sahar zikr aytib, gʻavgʻo qilasan.
Jandangning hamma tomonlariga yamoq qadalgan, bu yamoqlar hammasi soxta
xudojoʻylik va riyo iplari bilan tikilgan. Aylanma quroqlar bu kiyimingda koʻp boʻlib,
ularning ostiga pullarni berkitib qoʻyish oson. Uning toʻqimalari ham yolgʻon ipidan
toʻqilgan. Iblisning moʻylabi esa igna vazifasini bajargan. Yashil toʻn ustidagi yamoqlar
nayrangboz falakning nans yulduzlaridir. Ushbu falak ham shuning uchun ertalabda rido
kiyadi, yolgʻon tong esa uning bayrogʻidir. Uning eski sallasi chulgʻangan boʻlib, ichida
egrilikdan boshqa hech narsa yoʻq. Uning hassasini hassa dema, xiyla uyining ustuni de:
qani endi shu ustun sinib, bunaqa uy yer bilan yakson boʻlsa.
Tasbehini tasbeh dema, buttarosh but yoʻnayotganida chiqindilardan uning donalarini
yasagan. Bu toshlarning uchidagi soʻfisi kofirning may idishiga oʻxshaydi, tasbehning ipi
esa zunnorning ipini eslatadi. Tish tozalagichi soʻlagi tegishi bilan nopok boʻlgan. U
misvok yomon xabar bitilgan oʻrogʻliq maktubga oʻxshaydi, shunday narsani u goʻyo
oʻpish uchun ogʻziga olib borayotganday. Ikki oyogʻidagi ikki kavushi xazilkashlar
uchun oʻyinchoq - ermak. Osilib turgan ajib soqoli kishining kulgisini qistatadi; oʻltirishi
minbarga chiqqan echkining oʻzi.
Lekin tutgan ishida echkining ishidagicha ham toʻgʻrilik yoʻq, chunki u oʻgʻrini tutadi, bu
esa oʻzi oʻgʻrilik qiladi . Echki oʻz toifasiga yaxshilik istaydi; poda ming qoʻydan iborat
boʻlsa ham peshvo. Oʻzini hammasiga mehribon tutib, yoʻl boshlab, toʻgʻrilikka amal
qiladi. Tunu kun togʻu toshda podani boshqarib yurib, ularni xavfli soʻqmoqlardan
oʻtkazadi.
Shayx ham oʻz odamlariga yoʻl koʻrsatadi, lekin u koʻrsatgan yoʻl toʻgʻri doʻzax oʻtiga
olib boradi. Zulmat vodiysida bu ajab toifa yoʻlidan adashib, oʻzini oʻtga uradi. Ular fisq-
Do'stlaringiz bilan baham: |