Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
55 
http://ziyonet.uz/ 
Bu faqat shu zamon podshosining odati boʻlmay, kattadan-kichik - hamma oʻz xolicha 
shu xilda ish tutadi. Har kuni kechgacha ularning ishi shu, har kechani shunday gʻaflat 
bilan kunga ulashadi. 
Ey xalifalar taxtida oʻltirgan podshoh, oʻz ishingga, ularning ishiga bir qara, axir. Qoida 
degan shunaqa boʻladimi, gapir! Oʻz ishing nima boʻlishi mumkinligining gʻamini ham 
esang-chi! Xudo seni adolat qil, deb sulton tayinlagan edi, sen boʻlsang zulm etib, xalqni 
xonavayron qilyapsan. U seni toat-ibodat ishlariga buyurgan edi, sen boʻlsang nuqul 
oʻyin-kulgini odat qilding. Bu oʻzini bilmaslik necha oy, necha yil davom etishi mumkin? 
Agar sen oʻzingga kelmasang, oxir oʻzingning ahvolingga voy! Umr shunday ishlar bilan 
oʻtib ketadi, oʻlim qichqirigʻi boshingga yetib keladi, esda tut! Bu xashamat, bu 
odamlardan ham ayrilasan, soʻng bu qilmishlaring bilan nima qila olasan? Qoʻlingdan 
tutadigan biron yaxshi ishing boʻlmasa, azob chekayotganingni koʻrib turib, hech kim 
yordam qilolmaydi. Sen zulmni tark ayla, adolat qil, oʻlim kuningni ham eslab qoʻy. 
Kunduzi butun zulm bilan shugʻullanib, kechasi bilan buzuqchilik qilasan: axir bu zulm, 
bu buzuqchilik qachongacha davom etadi? Goh-goh pushaymon kunini, pushaymon 
kuninigina emas, qiyomat kunini ham oʻylab qoʻy! Insoh ayb va gunohdan xoli emas
undan butunlay qutulish qiyin. Xatosiz ish tutish Xudoga xos, xolos. Xato qilish inson 
tabiatida bor narsa. Lekin xatong uchun qoʻrquv bilan uzr soʻrashing kerak; afsus qilib, 
zulmdan tavba etishing zarur. Kimga adolatsizlik koʻrsatgan boʻlsang, unga adolat qilib
qoʻlidan tut. Fikring bilan zulmatni yoritishing, lutfing bilan olamni oʻzingga qaratishing 
kerak. Birovga quyoshdek tigʻ solsang ham, orqasidan mehr-muhabbat izhor et. 
Shohlarda bunday sifatlar kam boʻladi. Shoh Gʻoziygina ularni toʻla egallagan. 
XXVII 
Shox Gʻoziy qahrining garmseli bir qaysar boshoqni barbod etgani, adolatining suvi esa 
oʻsha boshoq bitgan buzuq ekinzorni obod qilgani 
Saodatli Shoh Gʻoziy podshohlik toji uchun kurashib, taxt talashib yurgan vaqtda - 
yonida yuz, ikki yuzcha odam bilan koʻchib yurar, goh Xorazm yerida boʻlardi, goh 
Adoqda. Otgan oʻqlari dushman yuragini qon qilib, tigʻi yov boshini uchirar edi. Oʻzi asli 
zotida loyiq boʻlgani uchun Xudo unga oxiri hukmdorlikni berdi. Xalqqa u adolat 
eshigini ochib qoʻydi. Taxtga chiqib oʻltirdi-yu, adolat koʻrsata boshladi. Imoratlar qurib, 
vayronalarni tuzatdi, zulmni adolat yoʻli bilan bartaraf etdi. Bid’at va fisq-fujur ahllari 
yoʻqolib, shariat adolatining qoʻlini kuchaytirdi. 
Bir kuni u aylanish uchun chiqqan edi. Shunda bir devona kampir uning etagidan 
maxkam tutdi. Nolayu afgʻon chekib, oh tortib, u dedi: 
— Ey, shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish koʻriladigan boʻlsa, men sen bilan 
shariat boʻyicha da’volashaman. Shart shuki, jahling chiqmaydi, savollarimga shariat 
maxkamasi - qozixonada javob ber. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish