Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
52
http://ziyonet.uz/
Ey Navoiy, noz ahliga boqma! (Alloh oldida) oʻzini muhtoj tutganlarga arzi niyoz qil! Ey
soqiy, koʻp noz qilma, qadahni olib kel! Boq - senga muhtojlar naqadar tashna! Toʻlatib
ber, - uni har bir ulfat, xususan, ulardan eng zaifi - men ham ichaylik!
XXVI - Uchinchi Maqolat
Sultonlar haqida; eng yuksak va maqtovlarga sazovor Tangri ularning hukmdorlik
boshiga podshohlik dubulgʻasini shuning uchun kiydirdiki, ularning adolatlari koʻzining
chashmasidagi zilol suv mamlakat bogʻini qondirsin, toki bu bogʻda tinchlik va farogʻat
gullari ochilsin. Ular zulm bogʻida may ichib, gul sochganlarida esa u maydan har lahza
oʻzgacha gullarni gullatadilar
Ey, ulugʻvorligi falakning avjidan ham yuqori koʻtarilgan odam, oy va quyosh sening
sha’ningga nogʻora boʻlib chalinadi. Sening taxting mamlakat uchun abadiy baxt belgisi.
Chodiring soyasida mamlakat quyoshi porlaydi. Boshing tufayli tojning martabasi
yuqorilashdi; taxt esa sening oyogʻingdan azizu mukarram boʻldi. Pulga noming
chekilgani uchun u hurmat topdi. Sening obroʻyingni bildiruvchi tangalar osmon
yulduzlaricha koʻpdir. Sening amaldorlik xutbangni Mushtariy sayyorasi oʻzi oʻqigani
uchun toʻqqiz zinali osmon Kursisi unga minbar boʻldi.
Quyosh oʻzi senga soyabon boʻlishga intiladi. Oy yuzidagi muxr sening uzuging oʻrni.
Sulaymon davlatida sen ishrat qilasan; humo qushidan boshqa narsa senga soya
solmaydi. Sen podshoh Jamshid oʻltirgan joyda oʻltiribsan, qoʻlingni qadahdan boshqa
narsa oʻpa olmayapti. Adolat uzugingga baland osmon «Rostlik - xaloslik» degan
soʻzlarni naqshlagan. Baland martabang xutbasini esa u «Adolat bilan amringni yurgiz!»
- deb yozgan.
Xudo senga mehribonlik soyasini solib, hukmronlik taxtini ravo koʻrdi. Ne-ne buyuk
odamlarni oldingda past qilib, dunyodagi qancha zoʻrlarni senga boʻysundirdi. Sening
oldingda xalqni ham notavon qilib, hammasiga hukmingni oʻtkazdi. Xizmatingga elni
majbur etib, oldingda qomatlarini egdi.
Lekin sen shuni bilki, sen ham bir bandasan, aslida ularning koʻplaridan ojizsan,
quyisan. Ular tuprogʻu, sen toza nurdan emassan: aslida sen va ular qora tuproqdan
yaratilgansizlar. Hamma a’zo va tan boʻlaklarida, tashqi koʻrinishda ham, tuzilish
moddasi e’tibori bilan ham tengsan. Lekin xunar bobida, aqliy yetuklikda, yaxshi xulqda,
chiroyli soʻz soʻzlashda, adolat bilan ish tutishda, insofda, yumshoqlikda, hayoda, boshqa
sifatlarda -shariat yoʻlida, ibodatda, Xudo yoʻlida qattiq turishda - toʻgʻri yoʻldan sen
ancha chetdasan. Bu sohada ularning koʻpi sendan yaxshi yuradi.
Senga Tangri shunday imtiyoz berib, saltanat osmonida baland qilib qoʻygan ekan, taxtni
sening shaxsingga joy qilib, hukmingni mamlakat boʻylab oʻtkazib qoʻygan ekan, munda
Do'stlaringiz bilan baham: |