Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
60
http://ziyonet.uz/
koʻrsatadi. Ogohlik rashki mone’lik qilmasa, ular Xizrga ham hamrohlik qilishlari
mumkin. Zulmat ular yoqqan oʻtning bir oh degandagi tutuni, Xizr esa ularning har
qadamida uchraydigan yashil giyoh . Ularning koʻzidan tomgan bir qatra yosh Xizrga
yuzta hayot suvi chashmasi boʻladi. (Qadamlaridan koʻtarilgan) changlari koʻzga toʻtiyo,
ularning amri bilan oddiy mis kimiyoga aylanadi. Adolatsiz osmon bilan uning yulduzlari
ularning qaxrlari oʻtidan chiqqan tutun va uchqunlardir. Bir kunda qanchadan-qancha
manzillarni bosib oʻtuvchi quyosh bilan oy ularning marhamat gulshanidagi ikki
yaproqdir.
Ular qayoqqa ulugʻ safarga chiqmasin, yuzlaridagi har qatra ter chuqur bir dengizdir.
Ular qaerniki maqtab toʻxtar ekanlar, ularning maqtovlaridagi har bir harf togʻcha
ma’noga ega. Shaxsan ularning oʻzlari bir parcha yer ustida yashab turgan xolda, falak
gulshanida sayr qiladilar. Shariat iqlimida yoʻllari yorugʻ boʻlib, uning chizigʻi har
qanday mavxumlikdan toza. Sayrda ular shunday maydonda yuradilar, shunday
maydonda javlon qiladilar. Ularning har biri joni boricha toat qiladi, imkoni boricna
jonlarini qiynaydilar. Har ishda paygʻambar (Muhammad) odatiga amal qiladilar. Unga
jon-dillaridan minnatdorlik izhor etadilar. Ketma-ket qancha ishlarni bajarishmasin, hech
narsa koʻrmaganday, hech ish qilmagandaylar. Bir tomondan oldilariga kelishi mumkin
qattiqchiliklarni jiddiy tushunishga harakat qilsalar, ikkinchi tomondan doim oʻz
ojizliklarini tan olib, tavba qilib (Xudodan) uzr soʻraydilar. Negaki nima yuz bersa bu
uning amridir, shunda jannat umidi qolib, doʻzax xa vfi ketadi. Qiyin vaqtda kim boshqa
yerni eslasa, demak, bunday odamga sevgi haqida soʻzlash noravodir.
Ey, bu sevgi gavhariga joy qidirgan odam, bilki, buning asl joyi kondir.
XXIX
Allohning yaqini Xoja Abdullohi Ansoriy soʻzi shundaykim, egasi tariqatning oxiridan
xabar berdimi, u oʻz tariqati tugaganidan xabar bergan boʻladi
U kishini Hirot ahli, Hirot ahligina emas, balki butun koinot uni qibla (Ka’ba) deb
hisoblardi. U imoni komillarning yoʻl boshlovchi xulq-atvorlisi boʻlib, lining ismi
Abdullohi Ansoriy edi. U: «Mening ishim toat qilish va Tangrining buyruqlariga
boʻysunishdan iborat! - der edi. - Mening maqsadim (odamlarni) doʻzax oʻti bilan
qoʻrqitish ham emas, (toatlar) evaziga jannat va’da qilish ham. Kimki qoʻrqqani uchun
Xudoga ibodat qilar ekan, u nafsi tilagan narsadan xalos boʻlish yoʻlini qidirib ish tutgan
boʻladi. Kimki umid bilan bechorahol yashar ekan, uning tilagi jannatda osudalikka
erishishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |