Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
62 
http://ziyonet.uz/ 
saxovat javhari esa eng nafisi. Saxiylik pnga odat boʻlib, boshing shu saxiylik duri bilan 
porlab turadi. Shuning uchun bu moʻl-koʻl durni xor qilma, uni baxillik bilan 
almashtirma. 
Lekin saxiylik qanday maqtovga loyiq sharafli xususiyat boʻlmasin, uni orttirib 
yuborsang, bu - isrofga aylanadi. Aql insonga xos sifatlarni ta’riflab kelib, 
isrofgarchilikni baxillik bilan teng deb qaraydi. Koʻngulni juda ham keng tutib, nega endi 
durni eshakmunchoq bilan barobar qilib yuborish kerak? Yehson va karamning oʻz 
qoidalari bor; har xil sharoitga mos shakllari ham bor. 
Ey odam, Tangri senga yuksak amal nasib ettirib, karam qilishing uchun kerakli boylikka 
ega qilgan. Shuni bilki, kim saxiylik qilishga haqli ekan, kim pul ulashishga munosib 
ekan, nom chiqarish uchun gavharni xovuchlab sochish, maqtanish uchun etaklab pul 
berish aqlli ish, deb hisoblanishdan iuda uzoa Bunday saxovatdan baxillik yaxshiroqdir. 
Bunday ishni yo mast odam qiladi, yoki jinni. Mast va jinnini esa qanday qilib odam 
deyish mumkin? 
Kimki ketma-ket qadah koʻtarsa, u mast boʻladi, may ham tugaydi. Agar dev yoqimli 
maydan ichib olsa, Sulaymon davlatini sochqi qilib yuborishni istaydi. Agar jinnilarga 
oltindan band qilib, uni la’l va asl durlar bilan bezalsa ham, harakat qilib u bandni 
oyogʻidan yechadi-da, uni Qorun chaqirsa ham, tashlab qochadi. Kumush tovushidan 
vaxshiy va yirtqich hayvonlar ham hurkar ekan, shunga ham saxiylik yoki karam deb ot 
qoʻyamizmi? Kuchli shamol lola va gullarni sovurarkan, unga ham saxiy deb ot qoʻya 
olamizmi? Xudo «Qur’on»da dedi: «Englar, ichinglar!» Yonida yana dedi: «Lekin isrof 
qilmanglar!» Demak, ma’lum boʻldiki, bu - saxovat emas, saxiylar ham buni saxovat deb 
atamaydi. 
Shunday kishilar ham borki, hech isrofga yoʻl qoʻymasalar ham, bunday odamlarni saxiy 
deb boʻlmaydi, birovga ehson berishda ular me’yorga e’tibor qiladilar-u, lekin ehson 
berilayotgan odamning ehsonga qanchalik muhtoj ekanligiga qaramaydilar. Toʻq 
odamning oldiga dasturxon yozadilar, egni but odamga esa toʻn kiygizadilar. Yuzta 
yilqisi bor odamga ot tortiq qiladilar, yuz yillik boyligi bor odamga kumush beradilar. 
La’l chiqadigan Badaxshonga la’l yuboradilar, ziraning koni boʻlgan Kirmonga zira 
keltiradilar, Xizrni uchratib qolsalar, obi hayot tutadilar, Misr shakarchilariga novvot 
boʻlaklarini yuboradilar. Shamni kuni bilan yoqib qoʻyadilar; bu bilan quyosh yorugʻiga 
qoʻshimcha yorugʻ bermoqchi boʻladilar. Har kun kechasi oʻrinsiz mushk sepadilar; bu 
bilan tun sochini yana ham qoraytirmoqchi va xushboʻy qilmoqchi boʻladilar. Och, 
muhtoj yuzlarcha odamlar non soʻrab turadilar, lekin ularga bir burda ham bermaydilar, 
toʻqni qidiradilar. Ular qaqrab yotgan bogʻning ustidan yogʻmay oʻtib, yomgʻirni toqqa 
toʻkkan bulutga oʻxshaydilar. Mayning tagidagi loyqasini ichadigan odam uning bir 
qultumiga jonini bermoqchi, may sotuvchi esa idishning tagini yana kupga agʻdaradi. 
Vaboga uchraganlar ajal qadahini ichib, qirilib ketmoqda, ular esa yoqut, javharning 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish