Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
65
http://ziyonet.uz/
— Bir kun men hamma uchun yigʻin qildim. Unga oʻsha choʻldagi odamlarning
hammasini chaqirdim. Pishirish uchun yuzta tuya qurbon qilindi; soʻyilgan qoʻy-
qoʻzilarning nam son-sanogʻi yoʻq edi. Bazm boʻlib turgan vaqtda birpas havo olgim
kelib, dasht tomonga chiqdim. Aylanib yurib, mehnatda ezilgan bir qari cholni koʻrdim.
U orqasiga bir quchoq tikon-oʻtin ortgan edi. Gavdasini u yuk egib, vujud uyiga hassadan
ustun tirkagan edi. Har qadam tashlaganda, birpas toʻxtab, har dam olganda ma’lum bir
fursat oʻtardi. U chekayotgan azob oʻti koʻnglimni yondirib, rahm-shafqat bilan unga
shunday xitob qildim:
— Ey qaddini mashaqqat yuki bukkan, tanasida gʻam tikanlari oʻrnashgan odam!
Dashtda yurib xabaring boʻlmadimi? Nega Hotamning uyiga bormading. U hammani
oʻzining uyiga chaqirib, yaxshi-yu yomonni bugun mehmon qilinoqda-ku. Oʻtinni tashla,
izzat gulshaniga bor, mashaqqat chekib oʻltirmay, tur, chaqiriqqa bor!
U mening uning ahvolidan iztirob chekkanimni tushunib, bosh koʻtarib kuldi-yu,
shunday javob berdi:
— Ey, oyogʻini ochkoʻzlik band etgan, boʻyniga gʻaraz va qizgʻonchiqlik sirtmoq
boylagan, ey gʻayrat vodisida qadam bosmagan, himmat qal’asiga bayroq tikmagan
odam, sen ham bu tikan tashish azobini tortib koʻr. Hotami Toyi minnatini esa torta
berma. Qiynalib, mashaqqat bilan bir tanga topish birov bergan xazinadan yaxshiroqdir.
Uning soʻzlari shunday oʻrinli ediki, shuning uchun ham uning himmati menikidan ortiq
edi.
Ey Navoiy, agar senda himmat boʻlsa, Hotami Toyi ham senga quldir.
Ey soqiy, karam izhor qilib, bir qadah tut, xayru ehson nimaligini Hotamga koʻrsatib
qoʻy. Bizda may sotib olish uchun pul kam; bizda yetishmovchilik ekan, sendan karam
boʻlsin.
XXXII - Oltinchi Maqolat
Adablilik odati toʻgʻrisidakim, kichiklarga baxtiyorlik sababi, ulugʻlarga esa yuksak
martabalilik boisidir; tavozu’ vasfidakim, «dol»dek qaddini xam qilgan qadamini
baxtning boshiga qoʻyadi va hayo nuri haqidakim, biron kishi buning ichiga kirsa rahmat
yomgʻirlari bilan serob boʻladi
Ey talab uyidan joy olgan, qaddini xizmat yuki past qilgan odam! El yoʻlida dard chekib,
gardga aylanding, oʻsha gard bilan kibr koʻzini koʻr qilding. Sen qiyinchilik tortib, koʻz
yoshlaringni har tomonga sochib, u bilan nafsu havo oʻtlarini oʻchirding. Sadoqat yoʻlida
ohu nadomat chekib, yolgʻon yuzini ohing oʻtidan chiqqan tutunlar bilan qora qilding.
Sadoqatda har issiq nafas olishing bilan ayyorlik va riyokorlik xirmonini kuydirding. Sen
Do'stlaringiz bilan baham: |