Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
63
http://ziyonet.uz/
koniga yoqut, javhar bekitish bilan ovora. Bu ikkalasi ham saxovatning bir turidir;
ularning oʻrtasida kichkinagina tafovut bor.
Gʻoyat tama’gir kishilarni ham saxiylikka muhtoj deb hisoblama. Ular xalqning narsa va
ashyolariga koʻz olaytirib, nimani koʻrsa, oʻshani tama’ qila beradi. Ular xoh zulm, xoh
zoʻrlik, xoh bir bahona yoʻli bilan, xoh va’da, xoh tilxat, xoh yolgʻon dalil bilan, nima
qilib boʻlsa ham, asosiy maqsadi odamlardan narsa olish, shu sochgani ham tashlandiq
narsalar, olgani ham; olishi ham yolgʻondakam, berishi ham. U yillar davomida qiynalib
chuqur qaziydi; shu tuprogʻni solish uchun yana bir chuqur qaziydi. Birovga bir narsa
berish uchun boshqadan bir narsani tortib oladi. Bu ham oldingi aytib oʻtilgan ikki
narsaga oʻxshash bir kasallik. Chunki tortib olishi ziyondan boshqa narsa emas; qizigʻi
shuki, berishi ham foydasizdir.
Birov oʻzi soʻramaguncha unga hech narsa bermaydigan odamlar ham bor. Bunday
odamlarni ham saxiy deb boʻlmaydi. U odam oʻsha narsaga qancha muhtoj boimasin,
oʻzi soʻramaguncha unga bir chaqa ham bermaydi.
Ey birodar, kimni saxiy deb chaqirishsa, bilki, bunday odam saxiy boʻlib axiy qatoriga
qoʻshilib qolmaydi. Qara, koʻzboʻyamachi avrash bilan ilonning kuchini ketkazib,
ogʻzidan zaharini ola biladi. Kimki tilini metin qilib choʻzib, oʻt yoqsa, xarsang toshdan
olmos va yoqut olishi mumkin. Sham tilini chiqarib, yona boshlashi bilan tun mamlakati
ustiga oʻz bayrogʻini tikkan boʻladi. Oʻtning tili nimaligi hammaga ma’lum; temir, tosh
ham uning nafasidan mumdek eriydi. Tong oʻzini maqtab qancha gapirmasin, baribir, u
quyoshning oltin nurlaridan koʻzini yoritadi.
Ey xushyor odam, sen shunday odamni saxiy deb bilki, baxt-davlat uning boshini yuqori
koʻtarib, ahvoli yaxshi boʻlsa ham, yomon boʻlsa ham birovdan molu amal tama’
qilmasa. Bunday odam Xudo nima bersa qanoat etadi, nimani buyursa, boʻysunadi. U
qanday mulohaza yuritmasin, qoʻlida bor narsa bilan qoʻli qisqa odamni xursand qiladi.
Dengizning oldida tursa ham, undan bir tomchi suv soʻramaydi; birovning yarasini
koʻrsa, malhamni ayamaydi. Muhtoj odam bir narsa soʻrasa, qoʻlidan kelganicha unga
xayr beradi. U soʻramasa ham, uning ahvolini tushunib, extiyojini va kambagʻalligini
e’tiborga oladi. Hojatmandlar uning boshiga tigʻ urgan boʻlsalar ham, u qoʻlida bor
narsasini ulardan ayamaydi.Chunki u oʻz tigʻini konga urgan, kon unga oʻz gavharini
bagʻishlagan metinga oʻxshaydi. Bosh yalang boʻladimi, boshida toj boʻladimi, baribir,
extiyoji bor odamga xayr qilaveradi. Karam ahllari yuz mingni ham, bir soʻmni ham
xayr-ehson yoʻlida oʻz joyiga sarflangan boʻlsa, bir xil baholaydilar. Xudo yoʻlida qoʻlida
qancha mol toʻplangan boʻlsa, birovning yomon ahvolga tushganini bilsa, unga hamma
foyda va sarmoyasini sarf qiladi, shunday qilib, uning murodini xosil etadi. U oʻzining
xayr-ehsonigagina emas, yaxshiligi yuzidan bildirilgan minnatdorchilikka ham jonini
beradi. Xayr-ehson el-xalqqa avvalo bosh sababchi - Xudodan kelishidek bir nozik
Do'stlaringiz bilan baham: |