Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
48
http://ziyonet.uz/
Baland osmon uzuk xalqasi kabi boʻlib, u soʻzlar uning yuziga naqshdek muxrlab
qoʻyilgan, yo boʻlmasa, bu xatlar uzukka bezak sifatida yozilgan hamda osmon uzugining
ogʻirligidan bukilgandir.
Inkor ahli oʻzlari biladigan narsalardan boshqalarini hammasini rad etishga harakat
qiladilar.
«Illalloh» - buning isboti boʻlib, ayni shu vujud uning aslini ham anglatgusidir.
Muhammadning Allohga elchi bolganligi natijasida unga abadiy iqbol yuzlandi.
(Allohning) buyruqlari va (ma’lum narsalarni) man’ etishini bayon qilish, Uning (ma’lum
sabablar bilan) qaxrga kelganligini ayon etish uchun paygʻambarlarning yaxshi boʻlishi -
Tangrining istagi boʻlib, ular nima-nimani yetkazsalar hammasi rost gaplardir.
Ustunlarning ikkinchisi namozni qanday ado etish (masalasi) boʻlib, lekin buning
bajarilishida ma’lum qiyinchilik bor. Buning uchun avval tahorat qilish kerak. Shu bilan
birga tahorat qanday boʻlishi kerakligini bilish zarur. Tahorat degani suvni yaxshi koʻrib,
bir necha a’zolarni suv bilan yuvishdan iborat, degani emas. Bunday tahoratni har qanday
xafsalasiz qilishi mumkin. Bundan boshqa latif tahorat ham bor. Buning uchun poklik
chashmasidan zavqlanib, avval koʻngul lavhasini (yomon oʻy-fikrlardan) tozalashing
zarur. Tanani mahorat bilan yuvish bilan birga ruhni ham poklash kerak boʻladi. Ruxni
ham shunday tozalash kerakki, yuzda kichik bir nuqtacha ham kir qolmasin. Koʻzni
ariqdan tiniq koʻz yoshlari oqib ketgandek qilib, koʻngulni ham yaxshilab boʻshatish
zarur.
Shundan keyin oʻz yashab turgan uyingni (shar’an) foydalanishga noloyiq deb topib,
Xudoning uyi (masjid) tomon yoʻl olishing kerak. U yerga avval oʻng oyogʻingni bosib
kirar ekansen, Xudodan boshqani ichkariga kiritmagaysen. Bu vaqtda uy egasi boʻlsayu
sen boʻlsang - shu yaxshiroq ham. Uyning chetroq yeridan oʻrin tutilsa. Ustunga oʻxshab
tik tursalaringiz. rukuaa borar ekansiz, egilish qoidasiga rioya qilinsa.
Sajdada xayajon bilan yerga bosh qoʻyar ekansiz, sizning chehrangiz Quyosh
sargʻaygandek boʻlsa. (Namozning) vojib va farz (qoidalariga) rioya qilinsa, sunnat ham
toʻlaligi bilan ado etilsa.
Shunday yaxshi sajda hamda pok yuz bilan namoz oʻtalsa, (oʻlganingizda ham) yerga
Quyosh kabi (pok yuz bilan) kirasiz. Qiyomat tongida qanday zuhur etsangiz, boshdan to
oyogʻingizgacha Quyoshdek nurga gʻarq boʻlursiz!
Uchinchisi zakotning bajarilishi majburiy ekanligidir - Alloh senga mol va yer-suv kabi
nimaiki bergan boʻlsa, shular yuzasidan. Bunda ham ikki xil yoʻ1-yoʻriq mayjud boʻlib,
ey doʻstim, uning birisi eng asosiysi boʻlsa, yana biri unga tutash qismi yoki shoxidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |