Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
49
http://ziyonet.uz/
Bunisi shunday qismki, tashqi tomoni Paygʻambar shariatiga, qanday izohlansa ham
qabul qilsang boʻlaveradi. Zakotni beruvchi oʻz mablag i (boyligi)ning haqiqiy egasi
boʻlsa, har qirq diramdan bir qismini hisoblab ajratishi kerak. Unga dehqonchilik va
doʻkondan, shunga oʻxshaganlardan ham, hatto xizmatchilari, yuk tashiydigan hayvonlari
(ot, eshak va x.z) ham shu hisobga kiradi. (Uyida) qancha matolari boʻlsa, shariat yoʻli
bilan ish koʻrilib, hammasiga zakot berarlar. Bunda gʻallaning miqdori ham aniqlanib,
qanchaligi, qanaqaligiga qarab ochiq belgilanadi. Doimiy ravishda sakkiz kishi sarf-
xarajatni shariatdan kelib chiqib, soʻzlab tushuntiradi. «Far’» zakotning, aytib
oʻtganimizdek, bir qismi boʻlib, u asosiy qismidir va bu narsalarning har qaysi faslda
oʻziga xosligi bor. Asl maqsadga muvoʻfiq ishga kirishib, nima boʻlsa ham orqaga
qaytmaslik. Borini berib, bunga shukr ham qilish kerak. Berish uchun soʻralgan narsa
topilsa, bu yana ham yaxshi.
(Uy egasi, xoʻjayin)ning zaxira qilish koʻnglida boʻlsa, unga faqirlik va fano ganji oʻzi
yetarlidir.
Uning koʻnglida pulning naqshi oʻz dogʻini qoldirmagan boʻlsa, u oʻziga durning porloq
nurini shamchiroq qilmoqchi boʻlmasa, bagʻrini la’l gʻami bilan qon qilmasa, dur
tashvishida koʻzidan yoshlar oqmasa, mingtani topib, bittasini ham olib qolmasa, nima
kamchilik boʻlsa, oʻz boʻyniga olsa, boylik topib, biron vayronaga olib borib berkitmasa,
birovga berganini minnat qilmasa, har narsani yetarli berib, uni birovdan berkitmasa,
buning ustiga yana suyunchi ham bermoqchi boʻlib, boshqa narsa topolmasa - kimki
ehson qilsa - shunchalik qilar, boylikka erishsa, tayyorgarlik koʻrish ham shuncha boʻlar!
Buning toʻrtinchisi roʻza boʻlib, bundan qochmagil. Uni tutginu, inkor etishga ogʻiz ham
ochmagil. Oshqozoningni boʻshliq bilan toʻldirgil. Unda qancha boʻshliq boʻlsa,
xursandchilik bilan toʻlat.
Roʻza bilan bogʻliq hadisda bu haqda loʻnda qilib Alloh «As-savmu li» («Roʻzaga»)
degan, deyiladi. Nisbat berish yoʻli bilan bu muloqotni oʻzi bilan qildi, yoʻqsa uning
oʻziyoq buni man’ etishi mumkin, buyruq boʻlib, Xudo sifatida jazolamoqchi boʻlib,
roʻza oʻttiz kun emas, yil-oʻn ikki oy! deyishi ham mumkin edi. Shuncha (ya’ni oʻn ikki
oy) tutsang, bu Unga loyiqdur. Bilsang jazo senga qarab yoʻnaltirilgan edi.
Bu roʻza emas, u (insonga) mashaqqat ham keltiruvchi, (Ilohiy) xabarda esa «Ana ajzo
bixi» («Mukofotini oʻzim beraman») - boʻlib keldi.
Bu ham uch qismga boʻlingan boʻlib, uning birinchisi ijrosi quyidagicha rasm boʻlgandir.
Sahar chogʻida Quyosh nurlarini namoyon etib, oʻz ruxsorini koʻrsatmaguncha roʻza
tutgan kishi ovqat va ichkilik (suv) iste’mol qilmaydi. Lekin ikkinchisini ichmaslikka
alohida e’tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |