YEOUJU Texnika Instituti TOUP-222 guruh talabasi Qobilova Nargiza
“Computer” fanidan mustaqil ishisi
Marketing
Kirish
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy-iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Marketing bu ishlab chiqarilgan mahsulotni yengil sotish san’ati emas, balki u iste’molchiga qimmatli bo‘lgan narsani berib, uni hayotini yaxshilashga yordam berishdir. Mahalliy tadbirkorlar marketing tizimi sohasi bo‘yicha yetarli bilim va
tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli, ular xo‘jalik, tijorat hamda boshqaruv vazifalarini yechishda tor doiradagi yondashuvlardan foydalanmoqdalar. Bu esa korxonalar faoliyati samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
bu tahlil yordamida iste’molchini va xaridorni ishlab
chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi bilan bog‘lovchi faoliyat turidir. Mazkur darslikning maqsadi bozorni, raqobatchilarni, xaridorlarni o‘rganishda uslubiy yordam ko‘rsatish, ularni yangi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar bilan boyitish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida vujudga kelayotgan murakkab marketing tadqiqotlari vazifalarini hal qilishga tayyorlash hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari
“Marketing tadqiqotlari” fanidan tayyorlangan darslik 5230400 – “Marketing(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrlar, qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursi tinglovchilari, marketing sohasi bo‘yicha qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Bozor bu – tovarlarni pulga ayirboshlash, tovar o‘z xaridorini topib, egasini almashtiradigan, iste’molchi talabini qondiradigan, sotuvchi esa o‘z xarajatlarini qoplaydigan va foyda oladigan (yoki aksincha, zarar ko‘radigan) sohadir. Tovarlar bozorini shuningdek, talab va taklif qonuniga muvofiq faoliyat yuritadigan taqsimot vositasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. U sotuvchilar va xaridorlarni birlashtiradigan hamda bir-biri bilan savdo qilish uchun mo‘ljallangan mexanizmdir. Ko‘plab marketologlarning hisoblashicha, bozor yakuniy mahsulotning mavjud va potensial sotuvchi va xaridorlari yig‘indisini ifodalaydi.
«Marketing tadqiqotlari» fanining asosiy tushunchalari va maqsadi
Zamonaviy tovar bozorida yetarli darajada murakkab strukturalangan ijtimoiy va boshqaruv jarayoni shakllangan bo‘lib, Filipp Kotlerning 1 fikriga ko‘ra u tovarlar yaratish, taklif qilish va ayirboshlash vositasida shaxslar va shaxslar guruhlarining ehtiyoj va uhtojliklarini qondirishga yo‘naltirilgandir. Bu jarayon - “marketing” nomini olgan.
Marketing
– tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga samarali yetkazib berish, shuningdek, ularni sotish uchun qulay sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan boshqaruv, tartibga solish va tadqiqotchilik faoliyati tizimidir. Tovarni ishlab hiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga yetkazib berishga yo‘naltirilgan bozor faoliyati sohasini xam marketingga mansub deb hisoblash mumkin.
(ingl. market — bozor)
– tovarlar oldi-sotdi jarayonini ilmiy asoslangan va samarali tashkil qilish yo‘li bilan xaridorlar talabini qondirishdir. Shuningdek, marketing bu - tovar va xizmatlar harakatlarining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni o‘rganish, mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha dasturini yaratish, sotish va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin qayta ishlashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit tizimli yondashishdir.
Marketingning maqsadi
Marketing faoliyati doimiy yangilanib boruvchi marketing sikli shaklida aks ettirilishi mumkin bo‘lib, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
axborot-tahliliy tadqiqot, uning asosida bozor faoliyatini boshqarish amalga
oshiriladi, yakuniy bosqichda esa marketing tadbirlari samaradorligi baholanadi;
bozor taktikasi va strategiyasini ishlab chiqish, bozorni strategik va taktik joriy
rejalashtirish;
yangi tovar yaratish va bozorga olib chiqish dasturi;
tovarni savdo vositachilari (distribyutorlar) ishtirokida ishlab chiqaruvchidan
isteʼmolchi tomon harakatlantirish kanallarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
reklama kampaniyasi va tovarni bozorga harakatlantirish boʻyicha boshqa
harakatlarni tashkillashtirish va amalga oshirish.
Demak, Marketing tadqiqotlari deb
axborot to‘plash, uni izohlash, marketing xizmatlari va firma rahbariyati uchun ularning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblariga aytiladi.
Shuningdek, marketing tadqiqotlari ma’lumotlarni guruhlash, ularni qayta ishlash, saralash, birlamchi ma’lumotardan foydalangan holda ikkilamchi ma’lumotlarni shakllantirish, marketing xizmatlari va korxona rahbariyati uchun ularning buyurtmalari bo‘yicha bajariladigan baholash va bashorat hisob-kitoblariga aytiladi.
(ingl. marketing research)
F.Kotlerning fikri
Zamonaviy marketing asoslaridan biri F.Kotlerning ta’rifi bo‘yicha: “Marketing tadqiqotlari deb, turli yo‘nalishlarni tizimli ravishda tayyorlash va o‘tkazish, kompaniya oldiga qo‘yilgan konkret marketing vazifasiga mos bo‘lgan natija va xulosalarga ega bo‘lish uchun olingan ma’lumotlarni tahlil etish jarayoni” tushuniladi.
Marketing tadqiqotining maqsadi
-marketingning axborot-tahliliy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan har qanday tadqiqotchilik faoliyatidir.
Shuningdek, marketing tadqiqotlarining maqsadi – axborot – tahliliy bazani yaratish bilan birga, noaniqlik darajasini pasaytirishga olib keluvchi marketing borasidagi qaror qabul qilish yechimiga aytiladi.
Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi bu – bozor tuzilishi va dinamikasi qonuniyatlarining umumiy ko‘rinishdagi konsepsiyani ishlab chiqish, ma’lum bir korxonaning vazifalari va imkoniyatlarini ishlab chiqarishga samarali moslashishni, texnologiyalar va tuzilmalar, shuningdek, pirovard iste’molchi xoxish- istaklarini qondira oladigan tovar va xizmatlarni bozorga taqdim etishdir.
Ba’zi paytlarda marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda barcha sharoitlar mavjud bo‘lsada,ba’zi xollarda ba’zi sabablar ushbu tadqiqotlar jarayonini to‘xtatib qo‘yish mumkin.
Ushbu sabablar:
mavjud xisobotlardan olingan to‘laqonli ma’lumotlar;
tadqiqot o‘tkazish uchun vaqtning yetishmovchiligi;
tadqiqot uchun kerakli resurslarning mavjud emasligi;
taxmin qilgan natijalar, kutilgan samaraga erishish uchun xarajatlarning ko‘payib ketishi va xokazolar.
1
2
3
4
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishdan oldin, korxona uchun asosiy muammo nimadan iborat ekanligi va uni yechimini topishni shakllantirib olish kerak. Asosiy muammoning o‘rganish va uni yechimini topish uchun quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:
• foydaning o‘sishi va sotuv hajmining oshishiga;
• bozorda raqobatchilarning pozitsiyasini kuchayishiga olib keluvchi omillar
tahlili va ularning asosiy sabablarini o‘rganish;
• bozorga yangi tovarni chiqishi;
• iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish va ularning firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish.
Marketing tadqiqoti loyihasi mijoz-firma rahbariyatiga taqdim etiladi. Bu
taqdimot unga yozma hisobotni tushunish va qabul qilishga yordam beradi. Taqdimot paytida firma rahbariyati unda tug‘ilgan har qanday savollarni berishi mumkin. Ko‘plab rahbarlarda loyiha haqida birinchi va oxirgi taassurot taqdimot asosida shakllanishi sababli uning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi.Puxta tayyorgarlik ko‘rish samarali taqdimotning garovidir. Nutq matni yoki uning batafsil konspekti yozma hisobot mantiqiga mos kelishi lozim. Taqdtimotni muloqot doirasini hisobga olgan holda tayyorlash lozim. Manfaatdor shaxslar, qatnashchilar va loyihaning oddiy tinglovchilarini belgilab olish, shuningdek, bajarilgan loyiha natijalari qay darajada unga daxl qilishini aniqlashga harakat qilish kerak. So‘zga chiqishdan oldin bir necha marta mashq qilib ko‘rish kerak.
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |