Investitsiya marketingni boshqarish.
Reja:
1.Marketingni boshqarish.
2.Marketing bosqichlari.
Marketingni boshqarish - bu ishlab chiqarish va bozorni foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maqsadida xaridorlar bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maqsadida o’rganish va taxlil etishdir. Biznes-rejalarda marketing strategiyasini shakllantirish maqsadida quyidagi savollarni yoritilishi shartdir: - tanlangan bozor xaqida ma’lumotlar; - tanlangan bozor segmentlari; - tanlangan bozor xajmi va o’sishi sur’atlari; - tanlangan bozor rivojlanish tendensiyasi - raqiblar: nomi; xajmi; bozordagi xissasi; afzalligi va kamchiliklari; biznes tendensiyasi, to’g’ri va yondashma raqobatni baholash; bular korxonaning qay darajada raqobatbardoshligani bildiradi. - xaridorlar, ularning mahsulot to’g’risidagi fikrlari, sotib olishning asosiy sabablari; - xaridorlar, bozor segmenti bo’yicha mahsulot realizatsiya xajmi va foyda taxlili; - korxonaning xozirgi kundagi va kelgusida ko’zlangan bozordagi xissasi; - kafolat va sotishdan keyingi xizmatlar sohasidagi siyosati; - baho va kredit siyosati; - reklama strategiyasi va uni, bozorda xarakat qilish usuli; - mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)lar uchun marketing sarflari; - joylarni tanlash taxlili; - marketingning tadqiqotlar o’tkazishning aniq usullari; - bahoni shakllanishi, bozor taxlilidan kelib chiqib uni belgilash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat xarajatlariga asoslash; - tovarlar tashqi ko’rinishi, mahsulotlar sifatga tavsifnomasi; - mahsulotni taqsimlash usuli va yo’llari. - sotish strategiyasi; - imkoniyatli xaridorlar soni va ularni qayerda joylanishi; - qaysi bozorlarni to’g’ridan-to’g’ri sotish bo’yicha qamrab olish mumkin, qaysilarini tovar xom ashyo birjalari, brokerlar va distribyutorlar orqali; 94 - qay tartibda reklama tanlangan va bozorga moslashtirilganmi. Yuqoridagi ma’lumotlar ilmiy jixatdan asoslangan bo’lishi foydadan xoli emas. Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo’lgan mahsulotning mumkin bo’lgan sotish miqdori; tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining o’zgarishi tendensiyasi; yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o’zini tutishi, daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash; assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini aniqlash; mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig’imidagi ulushi (xududlar va segmentlar bo’yicha ham); firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni. Ko’rinib turibdiki, bozor to’g’risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin, firmalar bozorni iloji boricha tezroq o’zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo’lishini oldini olish uchun qarshi choralar ko’radilar. Shuning tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so’ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o’rnini aniqlovchi o’ziga xos omillarni o’rganishdir. Bozorni marketing nuqtai nazaridan o’rganish o’z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar, sifatini yaxshilash, zaxiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu maqsadni amalga 95 oshirish uchun chuqur marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi.
2. 1-bosqich – talab konyukturasini o’rganish. Korxona bozordagi iqtisodiy vaziyatni xar tomonlama o’rganadi, talab konyukturasini, shuningdek, xaridor imkoniyatlarini o’rganadi. 2-bosqich – bozor sig’imini o’rganadi. Korxona ko’zda tutilgan savdo sig’imini aniqlaydi. Bu ushbu sohaga kapital sarflash uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. Marketing strategiyasini ishlash Talab konyunkturasini o‘rganish Korxona maq sadi va imkoniyatlarini aniqlash Bozorni taxlil etish Yangi texnika va texnologiyani joriy qilish Savdo faoliyatini boshqarish Bozorga kirib borish. Tovar xarakati turini tanlash Reklama va bozorni rag‘- batlantirish Tovar assortimentini boshqarish Savdodan keyingi xizmat ko’rsatish Marketing faoliyatini nazorat qilish 92 3-bosqich – mavjud bozor sharoitida korxona maqsad va imkoniyatlarini aniqlash. Bozor ehtiyojlarini bilish ularni korxona imkoniyatlari bilan taqqoslashga imkon beradi. 4-bosqich – marketing reja va strategiyasini ishlash. Ham maqsadga erishishning umumiy strategiyasi, ham korxona yo’nalishi va bo’linmalari uchun batafsil reja sifatida ishlanadi. 5-bosqich – ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlari. 4 ta bosqichda rivojlanish yo’llari belgilangandan so’ng bevosita sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishga ilmiy-tadqiqot, tajriba va konstruktorlik ishlari, texnologiya, ishlab chiqarish rejasi, tajriba ishlab chiqarish va x.k.ga o’tiladi. Nixoyat, mahsulot yaratildi. 6-bosqich – mahsulotni bozorga kiritish. Buning eng muhim sharti bozorga chiqishning eng maqbul yo’lini tanlash bilan birga, narx siyosatini ham belgilashdir. 7-bosqich – reklamayu bozorda o’ylab samarali ish yuritmay muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Tovar xaqida xaridorlarga axborot berish va uni sotib olishga undash - murakkab va ma’suliyatli vazifa bo’lib, u bilan bir vaqtda savdoni rag’batlantirish xaqida ham g’amxo’rlik qilish kerak. 8-bosqich – mahsulot assortimentini boshqarish. Talab xaridorning assortiment o’zgarishiga talabi o’zgarishini o’rganish. Assortimentni o’zgartirish, bozorga taklif etilgan dastlabki variantga tuzatish kiritish. 9-bosqich – savdo faoliyatini boshqarish. Savdo, yukni tashish, yuklarni qadoqlashga aloxida e’tibor beriladi. 10-bosqich – savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, iste’molchiga servis xizmati ko’rsatish, tovardan foydalanishda ko’maklashish. 11-bosqich – marketing faoliyatini nazorat qilish. Butun faoliyat dasturini nazorat qilish. Oxirgi bosqichning tugashi, birinchi bosqichning boshlanishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |