Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
46 
http://ziyonet.uz/ 
cheklanmagan, yelmasligi ham qat’iy va barhaq emas. Yo kofirmi, yo moʻminni umidvor 
etay desang, na unisi umidvoru, na bunisining koʻngli tinch. 
Toki kim oʻzining baxtsiz yoki baxtli ekanini bilgunga qadar odamiarni bunday xavf 
ham, umidvorlik ham kuydirgani kuydirgan. Najot topish barchaning niyati boʻlib, lekin 
unga erishish irodaga bogʻliqdir. 
XXIII 
Bilimdonlarning sultonini gʻamgin xolda koʻrib, muridda savol tili ochilgani va qoniqarli 
javoblarni eshitib, anduxlik koʻnglini boʻshatgani 
Kunlarning birida) Boyazid xafa holda oʻltirgan edi, buni koʻrib bir muridi uning 
xafachiligining sababini soʻradi. 
— «Ey (doim) osmoni falakning ustida yurgan, Arsh fazosiga ham qadami yetgan ustoz! 
Koʻngling qanday bir ishdan bu qadar ezilmoqda? Bunday qiynalishingga nima sabab 
boʻldi?» 
Pir koʻzidan yosh toʻkib, hatto oʻtli bir oh tortib, dedi: «Bu shunday gʻamki, meni ado 
qildi. Bu gʻala-gʻovur bilan toʻla dunyoda odamlar koʻp-u, ammo hech kim yoʻqdek. Har 
kishining koʻziga oʻzining ishi yaxshi koʻrinib, boshqa bir odamni yoʻqlagan haqiqiy bir 
inson yoʻq! Bu atrofda bunday kishi borligini aniq bilmayman. Boʻlsa ham, dunyodan 
oʻtib ketgan kishilar orasida boʻlishi mumkin. 
Bu javobdan savol bergan iztirob chekib, yana dedi: «Ey Quyoshdek olijanob zot! El 
orasida bunday odam yoʻq deyar ekansan, o.’shanday (buyuk) kishilar doirasiga oʻzing 
mansub emasmisan?» 
Shayx javob berdi: «Ey (doimiy) ishi gumrohlik boʻlgan, (boʻlayotgan) ishlarning 
sirlaridan ham ogohligi boʻlmagan inson! Men oʻzim ham oʻzimga oʻxshagan yuz ming 
sarson-sargashta yurgan, koʻzining yoshlari bagʻrining qoni bilan qorishib ketganlardan 
men. (Agar bu dunyodan) kimki imon bilan ketmasa, bilgilki, bundaylarni odam deyish 
mumkin emas. 
Olamda qanchadan-qancha katta va kichik menga oʻxshagan, senga oʻxshagan har xil 
odamlar boʻlib, hammamiz shunday tashvish tigʻidan jarohatda, barchamiz shunday 
motamga giriftormiz. 
Kimning ichi bunday gʻussadan qon boʻlmagan? Bu gapning ma’nosi kimga ayon emas? 
Biron kishi joni bilan vidolashar ekan, uning imoni boʻlmasa, demak, uning (u dunyoga 
oʻzi bilan ketadigan) hamrohi ham yoʻq. Qachonki jahon ahlining barchasida ahvol 
shunday ekan - buyogʻida savolga oʻrin yoʻq». 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish