Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
42
http://ziyonet.uz/
shundangina iborat) degan gap emas va agar (masalaga yuzaki qaraydiganlar) imon
degani shudir, desa, tushungan odamlar (bunday) demaydilar va (shu munosabat bilan)
mohiyat daryosida oʻz ojizona suzishimni namoyon etmoq va farishtalar uchgan havoda
biroz qanot qoqmoq va kitoblarning sahifalari yuzasidan bir necha soʻz aytmoq va
paygʻambarlar yurgan koʻchada bir necha qadam chopmoq va qiyomat koʻtarilganda tik
turmoq va taqdir xususida oʻziga yarasha iqtidor bilan kuy kuylamoq
Kimki dunyodagi insonlar orasida (chin) inson boʻlsa, buning belgisi uning imonidir.
Kimki chegara va qoidalarni bilib ish tutsa, bu hayvoniy bilan insoniylikni farq
qilganidir. Bu ikkisi torn ma’noda insonlar guruhining (oʻziga xos) yurish-turishini
anglatadi. Soʻzlash (xususiyatiga ega boʻlgan) inson bilan hayvoniylik ularning soʻzlay
bilishi va soʻzlay bilmasligi bilan belgilanadi.
Sen biron insonni (haqiqiy) inson deb hisobladingmi, bilki, u doim inson boʻlib, hayvon
esa hayvonligicha qoladi. Buni inson yaxshi farq qiladi. Tangri kalomi («Qur’on») ham
bu haqda xabar bergandir. Hayvondan farq qilmagan odam ham odam deb atalsa, yaxshi
bilan yomonning oʻrtasidagi farq qaerda qoladi?
Qusurli odam bilan komil inson bir-biridan farq etilmas ekan, unda olim bilan johil
oʻrtasidagi tafovut nima boʻladi? Bu sifat insondagi topilmas bir najot yoʻli boʻlib, odati
boʻyicha takallumli boʻldi.
Sen shunday odamni toʻgʻri, riyosiz deb bilgin, qachonki u sabr bilan, shukru hayo bilan
ish koʻrsa. Hoshimiy Paygʻambarimiz (ummatlariga) shunday buyurdilarki, imonli
boʻlish uchun uch narsa lozim boʻladi:
Inson deb atalish shunday odamga ravodirkim, uning ishlari qachonki imon bilan
maqsadga olib borsa.
Ey sen, imonning nimaligini sharx qilib bergan kishi, eshit, endi men senga imonni sharx
qilib beray!
Shariatda har bir moʻminga kerak boʻlgan, u e’tiqod qilishi lozim boʻlgan narsaning soni
oltitadir. Ularni shu oltitaga olib kelib, ish tutsa, bu bilan u olti tomondan oʻzini qoʻrgʻon
bilan oʻragan boʻladi. Kim shunday xisordan oʻziga makon tutsa, uning butun boyligi
oʻgʻridan tinch boʻladi. Bu bilan u oʻz boyligini yoiini bilmasdan, gumrohlikda
qolishdan, bundan boshqa koʻp qoʻrqinchli yoʻllardan ham sogʻ-salomat olib oʻtib, bu
sohada malomatga qolishdan omon qoladi. Bu bilan asl maqsadga yoʻl olib, (Allohga)
yaqinlikning xos manzilidan ham oʻrin tutgay. Bularning qisqacha sharxini tushunding.
Endi buning har birining tafsilotini eshit.
Oltidan birinchisi (bosh) maqsad bilan bogʻliq boʻlib, bu mavjud Haqni bilmoqdan
iboratdir. (Shunchaki) bor, deb ham aytma, negaki bu vujud (dunyoda) nimaiki mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |