Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
40
http://ziyonet.uz/
salomat qilgʻay)gʻa iltijo arzimiz shundan iboratkim, u kishi xazrat (Xoja Bahouddin
Naqshband)ning mutlaq oʻrinbosari, balki haqiqiy xalifaning oʻzidir
Baland osmonning naqqoshi - osmonning har sahifasiga naqshlar yasar ekan, Xoja ham
koʻpdan-koʻp varaqlarga rasmlar chizdi. Uning chizgan naqshlari esa nihoyatda yoqimli
edi. Uning naqsh chizadigan qalami naqshlar chizar ekan, uning naqshlari kabi dilbar
naqshlarni hech kim chiza olmagan edi.
Uning koʻnglida esa saxovat naqshi mustaxkam oʻrin tutgan boʻlib, u sahifada vujud
naqshi barham topgan edi. Uning naqshlariga Xitoy naqshlari teng kelolmay, oʻzlarini
maxv etgan, olamning oʻzi bularning qoʻlida naqshli uzukka aylangandi.
Bunday uzuk naqshiga esa oʻzining ajoyib naqshlari bilan devu parilar ham boʻysunar
edi. Naqshlarga toʻla osmon ham qancha harakat qilmasin, naqqoshlikdagi san’atini izhor
etmasin, naqshlarini namoyon etmasin, oddiy devor sahifasiga chizilgan rasmday edi.
Naqshband esa joniga ranju mashaqqat naqshini chizar, maqsad bu orqali dunyoning,
hayotning foniylik naqshini chizish edi. Uning joni oʻsha naqsh makoni boʻlgani sababli
unga naqshdan boshqa hamma narsalar foniy edi.
Ajablanadigan tomoni shunda ediki, u naqshga koʻz solmas, jonida esa baqolik naqshidan
boshqa narsa qolmagan edi. U koʻnglida naqsh solingan maskanlarda sayr qilar, bu
sayrda esa koʻnglida naqshdan boshqa narsa boʻlmasdi.
Munaqqash bu osmon boʻylab u sayr etar ekan, kafining naqshlari zarli lavhalarga tegib
turganday boʻlardi. U bosgan iz naqshiga peshonasini surtib, naqshni tushunadigan
falakning koʻzi bundan ravshan tortardi.
U (Bahouddin Naqshband) jannat bogʻiga yoʻl olar ekan, bu (Xoja Ahror) uning oʻrnini
olgan edi.
Cheksiz olamda bu toq boʻlib, toq emas, butun dunyoga yoʻl boshlovchidir. U bulim
osmoni dargohining supuruvchisi, supuruvchisi ham emas, balki peshonasi bilan xas-
xashaklarni tozalovchidir. Shohlar uning qullugʻiga oʻzi kelar, bazmlarida har qanday
xushyor kishilar oʻzlarini yoʻqotib qoʻyishardi. Unga xizmatda har qanday odam ogoh
boʻlib turar, oʻzi gado boʻlsa ham, ma’niligi jihatidan shohdek edi. Oldiga kelib egnini
qancha taqqoslama, surishtirma, ma’rifat xazinachisi kafidan olgan yuzta libosi bor.
U kiyimini aldash maqsadida oʻzgartirmaydi, ipakni oddiy palosdan farq etmaydi. Uning
suhbatida hech shak-shubhasiz allaqancha koʻzga koʻrinmas goʻzal ra’nolar ham bordir.
U oʻzi xilvat goʻshalarda oʻltirmas, oʻzini hech kimdan yashirmay, oshkora yurar edi.
Osmon atlasi bilan mingta bezak-xasham toʻrqa toʻni ostidagi koʻk astardek edi. Lekin
oʻsha toʻrqa toʻnining har bitta ipi faqr masalasida yuzta oʻzaro bogʻlanish uchun zanjir
boʻlishi mumkindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |