Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
38
http://ziyonet.uz/
sifatlisi, qolgan ikki javhar (suv, yer) esa quyi sifatlisi edi. Bu toʻrt bir-biriga zid narsalar
oʻzaro shunday tenglashdilarki, bularning qoʻshilganidan bir butunlik yuzaga keldi.
Uning ichida masjid, bozor, mahallalar bor, koʻchalar, bogʻlar, mayxonalar bor. Unda
yongan oʻtning Muso yoqqan oʻt yorugʻicha yorugʻi bor; yeli Iso nafasidek jonbaxsh.
Suvlari jannat suvidek muloyim, tuprogʻi gul boʻlib, anbar isini beradi.
Mamlakatning oʻrtasida bir taxt ham bor. Shu yerdan podshoh mamlakatni boshqaradi.
Taxtda bir xol yuz bersa, bu hamma iqlimga ta’sir koʻrsatadi. Taxtda tinchlik boʻlsa,
boshqa hamma joyda ham tinchlik; tinchlik boʻlmasa, hammasi - notinch.
Uning eng tepasida bir qasr boʻlib, uni qurgan me’mor oʻzining yaratuvchilik pargori
bilan uni alohida ajratgan. Bu qasrning tuzilishi har qanday nozik aqlni hayron qoldiradi;
uning loyixasi Chin naqqoshlarini ham lol etadi . Bu qasrning usti oliy bir gumbaz bilan
yopilgan; bu gumbaz osmon gumbazi bilan teng . Osmon gumbazida nima yozilgan
boʻlsa, ularning barchasi bu xushbichim gumbazda ham yozigʻliq.
Bu qasrga ajoyib bir eshik ochib qoʻyilgan; ovozidan (har ochilib yopilganda) durru
gavhar sochiladi . Bu eshikning ikki tabaqasi ham la’ldan, uning dandanalari toza durdan
. Palosi yoqut bilan toʻqilgan, durlar yoqutning orasida qolib ketgan.
Nimaiki yeyish va ichishga tegishli boʻlsa, nimaiki yeyish va ichish uchun yoqimli
boʻlsa, hammasi bir yoʻl bilan boradi; kechayu kunduz shahar aholisi shundan oziqlanadi
.
Ortiqcha, kerak emaslarini daf etish uchun ham bunda ikki yoʻl bor.
Bu yoʻllar past tomondan oʻtadi .
La’l eshikning tepasida ikki tuynuk boʻlib, bunday tuynuklarning boʻlishi ham yaxshi va
yoqimli. Ular orqali nafas olib, chiqarib turiladi. Bu tuynuklarning ustidan kumush suvi
yuritib qoʻyilganday.
Ustunlar ustidagi gumbazga chiqish yoʻli ham boʻlib, bu yoʻl shaharning umumiy
yoʻlidan ajratilgan. Shamol shabadasi ushbu yoʻl orqali esib, shahar aholisiga tinchlik,
orom bagʻishlaydi. Bu shabada shoh saroyigacha oʻtib boradi, uning bazmiga yuz ming
shodlik yetkazadi.
Shohning aqlli bir yordamchisi bor. Uning ishi mamlakat atrofini aylanib yurishdir.
Atrofga diqqat qilib, nimani fikr etmasin, mavxum bir nuqtani yuz boʻlakka boʻlib
tekshiradi. Shoh uchun uning fikri qoʻllanmadir. Mamlakatini shunday adolatli yoʻl tutish
bilan obod etadi.
Yuqoridagi qasrda baxtli vazir oʻitirib, xalq ishi yuzasidan farmonlar beradi. Qasrda
beshta saxn tayyorlangan boʻlib, u yerdan hammayoqni tomosha qilish mumkin. Lekin bu
besh saxnda beshta ishbilarmon bor. Ularning biri ikkinchisidan tajribali. Ularning har
Do'stlaringiz bilan baham: |