Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
34
http://ziyonet.uz/
yashiringan. Lekin bir dehqon boʻlmasa, uning oʻz-oʻzidan koʻkarib turishi mumkin
emas.
Bu hayrat uning a’zoyi badaniga hayqiriq soldi va shu hayrat ichida turganda xushxabar
yetkazuvchi farishta: «Bunday foydasi yoʻq hayratning kimga keragi bor? Oʻzingga ham
bu hayratdan foyda yoʻq. Haqiqat sirridan bahramand boʻlib sen, yaxshisi, hammasiga
koʻngul koʻzi bilan boq!» - dedi.
Bu soʻzlar uning qulogʻiga dur boʻlib yetgach, haqiqat nuridan koʻzini ochdi. Togʻ
kaptaridan, qumridan tortib bulbulgacha, daraxtlarning yaprogʻidan tortib har bir
gulgacha hammasi oʻz Yaratganini eslar va har biri unga shukr aytar, undan minnatdor
boʻlar edi. Shamol ham, suv ham oʻzicha kuy kuylarkan, Yaratgan ularning har biriga
oʻziga mos bir sirni xos etgan.
Shu hayrat ichida u shunday oʻtli bir hayqiriq soldiki, shundan keyin bor narsalarning
bari biyron-biyron gapirsa ham, u xomush boʻlib qoldi. Bu xomushlik uning dimogʻiga -
oh-voh bulutlari bilan ta’sir etib, uni behush etib qoʻydi.
Ey soqiy, yana badanimda issiq bor, may suvidan yuzimga gulob sep. Toki men yana
xushimga kelib, gapimni oʻnglab olay; soʻng soʻz chamanida bir kuy kuylay.
XIX - Ikkinchi Hayrat
Sharaf qanotli ul qush (koʻngul)ning narsalar olami gulistonidan farishtalar olami
shabistoniga uchib, u keng manzilning sham va mash’allarining soʻzlovchi tili bilan asl
Yaratuvchi yodiga mashgʻul ekanini bilib, hayratdan bu olamdan boshqa bir olamga
borgani va bu hayrat yana uni behush qilgani
Xoʻtan goʻzali oʻz zebo jamolini yopgach, shamol shabadasi yer yuziga qora mushk
sepishga kirishdi . Anbar hidli nafasni shabada dimoqqa olib kela boshladi. Nargis hidini
beruvchi varaqlarni shamol yopdi. Jahon gullarining shoxlaridan sariq barglar toʻkilishi
bilan falak bogʻchasidagi oq gullar ochila boshladi.
Ha, quyosh Chin qoʻgʻirchogʻiday yuzini oʻgirib olib, endi sochini yoyib, qora mushk
socha boshladi. Yezilgan mushkning yoqimli hididan tun yulduzlarining dimogʻi qaqradi.
Bu qaqrash unga shunday ta’sir etdiki, koʻzlarini yumib, uyquga ketdi. Bulduruq qush
egnini qisib, parda yopinganday oʻltirib oldi: koʻrshapalaklar parda qanotlarini ochib,
ucha boshladilar. Osmonga qarab yoʻl olgan boyqush doira shaklidagi oyni oʻziga
childirma qilib oldi. Koʻk oʻlanlar atrofida rang-barang atirgullar yulduzlardan tizilgan
lojuvard doiraga oʻxshardi.
Bu kecha ham Xoja yuz xil mashaqqatlar chekdi; bu qiyinchiliklarning biri ikkinchisidan
qiziq edi. Nayrangbozlikni oʻziga kasb qilib olgan falak har nafasda bir yangi tilsim
Do'stlaringiz bilan baham: |