Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
32 
http://ziyonet.uz/ 
aylanib, sarigʻ manqaldan oʻt sochila boshladi (ya’ni tong yorib, quyosh nuri tarala 
boshladi). Quyosh oʻtida zulmat toʻni kuyib, yulduzlar uchquni havo boʻylab uchib ketdi. 
Tun tovusidan jilva yoʻqolib, uning gullari oynasi ham yiltirashdan toʻxtadi. 
Shu payt yoʻqlik shomidan Xoja koʻz ochib , tong yeli yetkazgan xabardan jon topdi. 
Mavjudlik shabadasi dimogʻiga urilib, yoʻqlik shomini tutundek haydab yubordi. U 
oʻziga ham begonadek edi, devonalarcha yuzini har tomonga urardi. U har nafas tongdek 
sargʻayib, tong yelidek oʻzidan ketib turardi. Dunyodagi yuz ming xil ajoyib narsalarni 
tomosha qilar, ularning sirini bilishni orzu etardi. Fikr qilib, qancha koʻp oʻylasa, bu 
orzuga yetish shuncha mahol tuyulardi. Qancha koʻp toat-ibodat qilsa ham, bu pardadagi 
sirlar ochilmadi. 
Shundan keyin Inson siniqlik hararmga kirib, joylashib oldi-da, oʻzining ojizligini va 
hayratini namoyon qilishga turdi. U ma’ytislik bilan oʻz ojizligiga tan bergandan, keyin 
gʻoyibdan ovoz beruvchi unga shunday nido qildi: 
— Oʻrningdan tur, bu gulshan boʻylab sayr et, gurkiragan sabzalarga bir nazar sol! 
U oʻrnidan turib, bir-ikki qadam yurgan edi hamki oldida Eram bogʻi paydo boʻldi. Bu 
qanaqa Eram deng, havorang gulshan. Havorang gulshan ham dema, jannat bogʻining 
oʻzginasi. Har bir daraxti sidraga boshini qoʻygan, shoxlari esa shoxlariga chirmashib 
ketgan. Barglarining rangi moviylikda osmonni uyaltirardi. Uning soyasida esa hatto 
quyosh salqinlasa boʻladi. Undagi sarvlar boʻydor va zangor rang, har biri bamisoli 
osmon saroyining bitta ustuni. Chinorlarining zulmidan quyosh azobda, panjalari quyosh 
panjasidan zoʻr. Shuning uchun bu qiyinchilikdan uning rangli sariq, issiq ohlari bilan uni 
kuydirgani kuydirgan. Sandalining muattar hidi Iso nafasini eslatadi. Undan oʻlik ham Iso 
tiriltirgan odamday tirilib ketadi. Uning isidan suv gulobga aylanadi, soyasi esa tiiproqni 
toza mushkka aylantiradi. Teraklarning oppoq tanasi kumushga oʻxshaydi; gʻir-gʻir esib 
turgan shabada unga gard ham qoʻndirmaydi. Oqterak tanasining kumushsimonligi 
yosmin tanasining oqligiday, yaproqlari esa havorang tangalarga oʻxshaydi. 
Sanubarlarning shoxi osmonga yetgan, tugmalari bilan yulduzlarni qalpoqchalardek 
berkitgan, sarv va oqteraklarning safi uzilmay, choʻzilib keta beradi. Oqteraklar 
sarvlarning qomatini koʻrib (oʻz qomatining norasoligidan) xijolatda. 
Qizigʻi shuki, sarvning boshida gullar ochilib, hatto toʻkilib, taglariga sochilib yotibdi. 
Bunda oʻsgan koʻkatlar rangi zumradga, tuk bilan qoplangan tugmalari esa zabarjadga 
oʻxshaydi. Har tomonda bitta shisha rang xovuz, lekin bu xovuzlarning oinasini 
namlikdan chang bosmagan, tiniq. Ularning oynasida jon surati jimir-jimir etib jilva 
qiladi; unga oqib kelib quyiladigan ariqni esa shu oynaning dastasi desa boʻladi. Bu ariq 
suvidan inson ruhi oziq oladi; ostidagi mayda toshlari xuddi la’l va yoqutga oʻxshaydi. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish