Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
31
http://ziyonet.uz/
Goh xonaqohda shayxning gapi bilan toat-ibodatga yuz tutganlar yoniga chekinish kerak,
goh yoʻqlik mayxonasiga mast boʻlib kirib, mugʻbacha oldida butparastlik qilish zarur,
goh sham’ atrofida parvonadek aylanish, goh biron pari ishqida devona boʻlish, goh
visolga erishib, aysh qilish, goh firoq oʻtida kuyish kerak. Agar kumush badan, injiq bir
ma’shuqaga uchrasang, u goh shirin xanda qilsa, goh shoʻringni quritadigan qiliqlar qilsa,
dardu balo togʻida Farhod boʻlish kerak, tirnogʻlarni poʻlat teshaga aylantirish zarur.
Yoki oy yuzli shunday bir dildor uchrasaki, u malohat dashtidagi Layliga oʻxshasa, uning
ishqida falakday sarson-sargardon boʻlib, dard biyobonida Majnun boʻlish ham kerak.
Oʻtda samandar kabi chidab turish, suvga esa gavhar kabi shoʻngʻish ham kerak. Gavhar
sochadigan bulut havosiga gʻarq boʻlib, xazinadek tuproq ichida koʻmilib yotish lozim.
Bunday odam bormagan, tariqat yoʻlini rivojlantirmagan vodiy qolmasin.
Kamolot kasb etmagunga qadar bunday odam hamma xolatlarni boshidan kechiradi.
Dunyoda hamma narsani koʻrib, uni egallaydi, shundan soʻnggina u «olami kubro»
laqabiga sazovor boʻladi. Shu olam sari kimga yoʻl ochilgan boʻlsa, oʻsha odam dunyoda
haqiqiy «ahli dil» sanalishi kerak. Mexribonlik xazinasi kimgaki nasib boʻlgan boʻlsa,
xalifalik ham oʻsha odamga tegishlidir. Safo taxti uning oʻltiradigan joyi boʻlib, uni
sofkoʻngil soʻfiy deb atash lozim. Uning yoʻlida jonu koʻngulni fido etish, jonu
koʻnguldan unga topinish zarur.
Agar uning etagini ushlash imkoni boʻlmasa, u vaqtda uning etagidan bittagina ip
Navoiy tomon tushsa nam yetarlidir.
XVIII - Birinchi Hayrat
Koʻngulning nomavjudlik tunidan qutulib, mavjudlik tongiga xamnafas boʻlib, malaklar
olami bahoristonining rang-barang koʻrinishi yuz berganda, xilma-xil daraxtlarini
tomosha qilishi va ularning «Sabbaha ismi rabbikal - a’lo» amri bilan haqiqiy Qayyum
tasbihiga mashgʻul ekanini bilib dimogʻi bogʻida hayrat gullari ochilgani va u gullar atri
dimogʻiga urilib, bexush yiqilgani
Ey soqiy, tong otdi-ku, quyosh chiqdi, bir mehribonlik koʻrsatib, menga quyoshdek
keladigan qadah tut. Tong qushi tong otganini xabar qildi, bir-ikki qadah sahargi may
ichay. Tongda safolik mayidan mast boʻlib, nola qilayotgan tong qushiga joʻr bolay.
Saharning ipak pardasidan oltin iplar tarala boshlashi bilanoq tun pardasining iplari
chidash bera olmay koʻzdan gʻoyib boʻldi. Falakning toqiga taqdir qalami «Vash-shams»
va «Vaz-zuho» oyatlarini yozdi. Shu payt tong soʻfisi ham paydo boʻlib, osmon boʻylab
nurdan joynamoz yoydi. Qora tuproq tun qoraligi qoldiqlarini tong supurgisi bilan
supurib tozaladi. Osmon shu lahzaga qadar yer yuziga qora mushk zarralarini sepib
kelgan boʻlsa, endi e’sha mushk ustiga hidli oq zarralarni sepa boshladi. Nilufarrang
osmon tepadan shabnamlar yogʻdira boshlaganda, sahar bogʻida sarigʻ lola ochila
boshladi (ya’ni quyosh chiqa boshladi). Obnusdan yasalgan panjara oq soʻngakka
Do'stlaringiz bilan baham: |