Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (II- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
27 
http://ziyonet.uz/ 
badanini teshish, boshini urib uchirish uchun men u yerga koʻp oʻq va tosh toʻplab 
qoʻyaman. Bu toshlar jonni qiynovchi taqvodorlikdan, oʻqlar esa shoirning sahardagi 
ohidandir. Nogoh bu binoga biror beadab yaqinlashsa, tosh va oʻqdan oʻz jazosini topadi. 
Yo Alloh, bu deganlarim qanaqa afsona? Bu xil afsona deganning oʻzi devonadir! Men 
koʻp dagʻdagʻa soldim, mastga oʻxshayman yoki telbalik oyogʻimni kishanladi. Mast 
boʻlmasam, bunchalik lof urishimning sababi nimada? Bu telbalik boʻlmasa, muncha 
koʻpirdim! Men ba’zi odamlardan shikoyat qilgan boʻlsam, buni men oʻzim 
tushunmasdan gapirdim. Hammasining gaplari rang-barang, nazmlari ham dilkash va 
shirin. Haligi gaplarni aytgan vaqtimda men oʻzimda yoʻq yedim; yoʻq-yoʻq, ular 
hammasi yaxshi, mening oʻzim yomon. Navoiy, tebran, navoni bas qil, aytish kerak 
boʻlmagan gapni gapirma. Kuying boshdan-oyoq havoyi; tur, ularning boshlaridan oʻrgil, 
oyoqlarini oʻp. Hamma gadolarning oldida gado boʻl, shundagina Xudo seni shohga 
yaqinlashtiradi. 
XVI 
Sultonlar guruhining sarafrozi va xonlar mamlakatiga boylik bilan oro beruvchi, 
saltanatni, dunyoni va dinni e’zozlovchi Abulgʻozi Sulton Husayn Bahodirxonning 
davlatini va podshohligini yaxshiligi va ehsonini olamga yoyilishi madhi va uni burro til 
bilan aytmoq qiyinligi, xususan, qalam tilining bunda lol ekanligi 
U olampanoh shohni qanday shoh desang, butun olam va odamlar unga mamlakat va 
sipoh boʻlgan shohdir. Uning qasri yetti aylanma gumbazdan iborat boʻlib, yetti 
otasigacha xon boʻlib oʻtgan. 
Otasi xon boʻlishi bilan birga uning dovrugʻi ham boʻlib, koʻproq shuhrati bilan 
faxrlangan. 
Amalda esa turk, moʻgʻul xonlari uning qullari boʻlib, ular mamlakat berib, mamlakat 
oladiganlar boʻlishgan. Buning (qul darajasida) kamtarligi boshqa xonlarga ibrat boʻlib, 
Sulton Husayn xonlar va shohlar ustidan shoh boʻlgan. 
Shoh Abulgʻozi Quyoshdek ravshan fikrli boʻlib, bayrogʻining yarim oy shaklidagi 
belgisi esa Quyoshdan balandda tasvirlangan boʻlgan. Baland osmon uning taxti uchun 
munosib joy. Quyoshsimon toʻgarak naqsh kiygan tojiga bezak. Kaftlari dengiz bulutlari 
kabi dur, javohir sochsa, tigʻi bu daryo suvini toʻlatuvchidir. 
Uning belidagi kamarida yoqut boʻlib, uning yonidagi xanjar esa baliq shaklidadir. Uning 
xanjari baliq boʻlmasa, nima boʻlishi mumkin? Dastasini gavhardan yasalgan Mushtariy 
desa ham boʻladi. 
Naykamalak goʻyo uning yoyi boʻlib, oʻz shohlik yorligʻini uning yordamida falak 
toqiga osib qoʻygan. 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish