Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
29
http://ziyonet.uz/
mumkin edi. Agar u xirmondagi xoʻkiz boʻlmasa, nima uchun doim bir joyda aylanib,
toʻgʻri keta olmaydi?
Agar sen oʻsha xirmon va xoʻkizning belgisini koʻrmoqchi boʻlsang, oʻsha Sunbula va
Somon yoʻli bunga belgi boʻla oladi. Ularning bu doiradan sakrab tashqariga chiqib
ketishga xaddi yoʻq. Undagi har gumbaz olam gumbaziga tengdir.- U yoʻrgʻalab yurish
vaqti oyoq qoʻyganda, xushovoz togʻ kakligiga oʻxshab ketadi. Lekin yugura boshlar
ekan, ming yogʻoch undan oldinga oyoq tashlay olar edi.
Jang kunida shoh bu raxshga minib, javlon urib, dushmanning yuz ming askarlarini
pachoqlab tashlay olardi. Jang ishlari maydonda tamom boiar ekan, ishrat uchun ayvonga
yuz tutar edi.
Otdan tushsa-da Rustam kabi sayr qilib yursa. Taxtdan oʻziga Jamshid singari oʻrinni
egallasa. Shu bilan birga boshidagi oltin tojini olib qoʻysa. Belidagi bezakdor kamarini
ham yechib qoʻysa. Jangda kiyiladigan harbiycha kiyimi va sovut ostidagi toʻnidan ham
qutulsa-da, xursandchilikda kiyiladigan ipak va kanopdan toʻqilgan kiyimlarini kiysa,
Bogʻi Eram saxnida bazm qilsa, toza va kuchli sharoblardan ichishga kirishsa.
Sozandalar rud ohanglarini chalib, xofizlar dilkash qoʻshiqlardan aytishsa. Gulchehra
soqiylar juft qilib qadahlarni tutsalar-da, bazm ahlini xushlaridan ayirsalar. Bundan odob
bilan shohlar yerga qarar ekanlar, hech narsa soʻrashmasa, beglarga bir narsa deyish
imkoni qoladimi!
Uning oʻltirishlar qiladigan gulshani osmon boʻlib, unda Quyosh misoli qadahlar mayga
toidirilar, Zuxra qoʻshiqlaridan davlatli boʻlar, toiin Oy bu majlisda zikr tushardi. Suhayl
yulduzi esa musiqachilar xomiysi Atorud kabi maqtovga mayl koʻrsatib maqtagani madx
adosi bilan band edi.
U tuzgan bazm yashil rangdagi gulshan kabi, gazak uchun foydalanadigani har yerdagi
yulduzlar boiardi.
U oʻzi (podshoh) esa taxtida xuddi Jamshiddek, yoʻq unday emas, Osmon tepasida
Quyoshdek oʻltirar edi.
Bu bilan u xalq koʻzini yorugʻ nuri bilan ravshan, hatto qora tuprogʻni gulshan etardi.
Saxovati bilan davlatmand odamlarning boshlarini silar, davlatmandlarninggina emas,
barcha shohu gadoni ardoqlardi. Xazon yelidek tilla pullarni sochib, bahor bulutlari
singari gavharlarni ham sochgani sochgan edi. Bu xazon yeli qizarib zarxal rangga
aylanmaguncha, bahor bulutlari oʻz gavhar (yomgʻir)larini sochmaguncha davom etardi.
Falak dengizidan bular senga xiroj oʻrnidagi gavharlar boʻlib, asl zoting gavhari esa
butun Olamga toj boʻlsin! Tojingdagi bezaklar abadiyat bezaklari boʻlib, eng tepasida esa
boqiylik daryosining gavhari porlab tursun!
Do'stlaringiz bilan baham: |