Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
43
http://ziyonet.uz/
boʻlsa, ularga fayz in’omini beradi. U vujud zotiga sababchi boʻlib, (har qanday) nuqs
uning kamoli tufayli oʻz nixoyasini topadi.
Tanazzul ham, yuksalish ham U tufayli yuz berib, quyi ketishning ham, balandga
ketishning ham ixtirochisi Uning oʻzidir. Uning qadimiyligi daryosi ham toshgandan-
toshgan, bir yonida azaliylik boisa, bir yoni abadiylik (me’yoridan ham) oshib ketgan.
Nimaiki tik boʻlsa, U Oʻzi abadiy (tik turuvchi) boʻlib, boshqa hammasi yoʻq boʻlib
ketgan taqdirda ham, U (doim) boʻlgʻusidir.
Butun dunyo xalqiga Uning Zoti yashirin boʻlib, Uning ismlari (hammaga) ayon, sifatlari
esa bir olamdir. (Xohlasa), barchani yoʻq qilib yuboruvchi ham Oʻzi, hamma ketib, bor
boʻlib (doim) qoluvchi ham Oʻzidir. Ikki dunyo Unga tobe’ boʻlib, boshqa bir dunyo ham
boʻlsa u ham Unga tegishlidir.
Oltitaning ikkinchisi deb farishtalarni bil. Hammasi ularning borligini tasdiqlaydi. Ular
(doimiy ravishda) falaklarni ziyorat qilish bilan shugʻullanib, (insonlarga xos) nafs
bulgʻonchlaridan pokdirlar. Ularga har bir parranda tovus koʻrinadi, koʻngillariga eng
yaqin narsa esa tasbeh donalaridir. Muhabbat harorati chogʻida bu qanotlar oʻtni yanada
koʻtarish uchun yelpigʻich kabidir. Ularning qanotlari bitta bilan cheklanib qoʻya qolmay,
birining ustiga ikkitadan, uchtadan, hatto toʻrttadandir.
(Allohning) amrisiz ular na qadam qoʻyadi, na nafas oladi. Borligʻining avvalidan
boshlab yoʻq boʻlib ketgunlariga qadar ularning barchasi shundaydirlar.
Ularning hammalarining asli shunday pok va yalangʻoch boʻlib, tuproq, suv, yel va
oʻtdan xolidirlar. (Shuning uchun) ular behisht bogʻlaridagi qushlar kabi zavqli,
boʻyinbogʻlari bor. Biroq bularning orasidagi bir qush bu zavqni topolmay qumridek
boʻyinbogʻlikdir.
«La’n» («la’nat») soʻzida koʻrinib turganidek, uchta harf yaqqol koʻzga tashlanar ekan,
uning har birining etagi xalqasimon boʻlib, ularning har birining xalqasi tutash. U tuban
qush boʻyinbogʻi mal’unlik belgisidir.
Uchinchisi - bu osmondan tushgan kitoblar boʻlib, ulardagi hamma soʻzlar hech
shubhasiz Allohning soʻzlaridir. Ularning har bin kitob emas, bepoyon dengiz boʻlib,
uning har bir soʻzi katta bir durdir.
Uni baxr dema, u ajoyib bir kon boʻlib, boshdan-oyoq la’l va gavharlar makonidir. Agar
uning bir uchi uchta sham’dan yorugʻ boʻlib turgan boʻisa, lekin ulardan biri Sharq
mash’alidir. Uning uchtasi jonsiz tabiat, oʻsimlik va hayvonot boʻlsa, bu yettitasi
otalarining ishlarini bajaruvchilardir.
Balki yetti otasi bunga kitoblar onasi boʻlib, undagi yetti oyat esa buyruq tusini oldi.
Yoʻq, yetti buyruq ham emas, har bir surasi oʻlkani obod etuvchi davlat va dinini
chegarasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |