Manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori



Download 65,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.04.2022
Hajmi65,62 Kb.
#587176
  1   2
Bog'liq
Raqobat - Vikipediya



Raqobat
Raqobat — 
bozor
subʼektlari 
iqtisodiy
manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular
oʻrtasidagi yuqori 
foyda
va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat
— mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda
ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz
mavqeini mustahkamlash uchun kurash. P. koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning
barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib
beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori
nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib
beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan
sharoitda yaqqol namoyon boʻladi.
R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga
qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga
harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab
chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan
quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va
arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk
egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har
bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk
egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga
boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul
munosabatlarining , maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli
R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi.


Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi
kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan
gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga
tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini
tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul
qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom
R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik,
aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona
usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni
sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda
davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega.
R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv
tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga
arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va
boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish
bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini
uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga
— tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi
R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va
oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu
shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin.
Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi.
Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib
boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga
qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi.
Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini
taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni
samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning
manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi.
Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R.
muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda
boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda
1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni
rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi.
Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va
narxlar erkin qoʻyib yuborildi.


"Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avg .) konunga koʻra, narxlarni
monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man
etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 apr.) qonuniga
asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan.
"Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dek.)
qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan.
Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]
Hozirgi 
bozor iqtisodiyotida
 raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish
mumkin:
1. tartibga solish vazifasi;
2. resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. innovatsion vazifa;
4. moslashtirish vazifasi;
5. taqsimlash vazifasi;
. nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni 
talab
(isteʼmol)ga muvofiqlashtirish
maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda
taklifning
 talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy
ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga
solinadi.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara
beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning
innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor
iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy
etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki
oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining
ekspansiyasi
 (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab
chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida
taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish
vazifasi 
bozordagi
baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan 
monopolistik
hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni
toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib



Download 65,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish