Toshkent davlat agrar universiteti
Rustamov Shaxriyor
1
Raqobat va monopoliya.
Raqobat – bu yuqori foyda va daromad olish
hamda naflilikning eng yuqori darajada yetkazish
maqsadida
bozor
subyektlari
iqtisodiy
manfaatlarining to`qnashishidir.
Raqobatning vazifalari:
Tartibga solish vazifasi – ishlab chiqarishni talabga muvofiqlashtirish maqsadida
taklifga ta`sir o`tkazishdan iborat.
Resurslarni joylashtirish vazifasi – ishlab chiqarish omillarini ular eng ko`p
samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini
beradi.
Innovatsion vazifasi – fan – texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda
bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko`rinishdagi
yangiliklarning joriy etishini anglatadi.
Moslashtirish vazifasi – korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga
ratsional tarzda moslashishiga yo`naltirilgan .
Nazorat qilish vazifasi – bozordagi ba`zi ishtirokchilarning boshqa bir
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o`rnatishiga yo`l qo`ymaslikka
yo`naltirilgan.
Tarmoq ichidagi raqobat – mahsulot ishlab chiqarish
va sotishda qulay sharoitga ega bo`lish uchun bir
tarmoq korxonalar o`rtasida boradi. Tarmoq ichidagi
raqobat natijasida turli ishlab chiqaruvchilar
tovarlarning individual (alohida) narxi bozor narxiga
aylanadi.
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat – turli tarmoq
korxonalari o`rtasida yuqoru foydaga ega bo`lish
uchun boradi. Bu raqobat natijasida korxonalarda
hosil bo`lgan turli foyda normalari o`rtacha foydaga
aylanib boriladi.
Raqobat turlari;
Ishlab chiqaruvchilar
o`rtasidagi raqobat.
Iste`molchilar
o`rtasidagi raqobat.
Resurs egalari
o`rtasidagi raqobat.
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror
sohasida (ishlab chiqarish, xizmat
ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki
davlatning tanho hukmronligini
ifodalaydi.
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati
hisoblanadi. Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK,
Toshkent aviatsita ishlab chiqarish birlashmasi.
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik
holati hisoblanadi. Masalan: O`zbekistonda sement (asosan
Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan) va h.k.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda
ko`p bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori
mavjud bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan:
<> korxonasi.
Tabiiy monopoliya – iqtisodiy faoliyatning texnikaviy
va texnologik xususiyatlari taqozo qilib, ular
raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin
bo`lgan sohalarni o`z ichiga oladi.
Suv, energiya, gaz ta`minoti korxonalari.
Temir yo`l transporti.
Harbiy – mudofaa majmuasi korxonalari.
Legal (qonuniy ) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil
etiluvchi monopolistik holat.
Patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan
ixtirolar huquqini taqdim etish tizimi.
Mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san`at asarlari,
ko`rsatuvlar,efir to`lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish
kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini
qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Tovar belgilari –bu savdo belgilari, maxsus ramzlari, nomini
ro`yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan
foydalanish bo`yicha paydo bo`lgan munosabatlarni qonuniy
tarzda tartibga solish shakli.
E'tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |