Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
44
http://ziyonet.uz/
Boshlanishidan har bir sura oltin harflar bilan yozilgan boʻlib, ichida bezaklar bilan tartib
berilgan. Har sahifasidagi gulshanga oʻxshash sahifa uning bogʻi, xat chiziqlari atrofida
tiniq, toza suvlar mavjud.
Bu oddiy bogʻ emas, balki osmon, osmon ham emas. Satrlari - saf-saf malaklar. Balki
uning har oʻn oyati bir lojuvard samodir.
Allohning soʻzlarining har boʻlagi varaqdan varaqqa oʻtgan boʻlib, ulardan barcha
haqiqatlar mavjud va barchasi toʻgʻridir. Ularga monandi yoki oʻxshagani yoʻq boʻlib,
uning aytuvchisi qadimiylik qancha boʻlsa oʻshancha qadimdir.
Bilgilki, yana biri paygʻambarlar guruhi boʻlib, ularning har biri safe gavhari toʻla
dengizdir. Ularning barchalari Allohning amri bilan (odamlarni) yaxshi ishga buyurish va
yomon ishdan qaytarish bilan shugʻullanib, xalqqa Xudoning toʻgʻri yoʻlini koʻrsatganlar.
Tushunmagan kishilar buning uchun ulardan xujjat talab qilishsa, buning uchun ular
moʻjizalar koʻrsatishgan. Ularning barchalariga soʻzning haqiqati zohir boʻlib, yolgʻon
bilan bogʻliq nuqsonlarning yuz berish extimoli boʻlmagan.
Ularning hammalari garchi paygʻambar deb atalsalar ham, ammo koʻrinishlari uch
qismga boʻlingan. Anbiyolar birinchi guruhga oid boʻlib, ularga vaxiy kelgan va
(gʻaroyib) tushlari tufayli yetakchi boʻlganlar. Shundan keyin Allohdan (qanday xabar)
boʻlsa, ularning hammasini xalqqa yetkazib turganlar, keyinchalik sabot-matonat bilan
janglar qilib, kishilarni dinga da’vat etib, (zarur boʻlsa) urushga ham buyurganlar.
Ularning ichida eng kattasi va fasohatlisi bilki, Abtaxalik paygʻambar (Muhammad
s.a.v.) boʻlganlar.
Uning koʻngli Alloh yuborgan xabarlarni biladigan boʻlib, dini esa boshqa
paygʻambarlarning dinini inkor etishga qaratilgan edi. Lekin kofirlikning qorongʻiligida
qolgan har bir paygʻambar oʻz dini bilan (hammayoqni) mash’aldek yoritgan edi.
U (Muhammad s.a.v.)ning shariati Quyoshi zuhur qilgach, (oldingi paygʻambarlar
yoqqan) mash’allarning nuriari soʻnib (Allohga) elchilik udumlari barham topib, din
deganda uning Islom dini tushuniladigan boʻldi - vassalom!
Hisob-kitob kuni (ya’ni qiyomat) beshinchi boʻlib kelgan. Uni hisob-kitob kuni dema -
azob tortish kuni de!
Qiyomat boʻlishiga, kishilar qilmishlaridan pushaymon boʻlishlariga sidqidildan
ishonmoq. Shodlikka erishgan doʻstlar(ning nomlari) oʻng tomonga yozilib, sahifalar
yuzida yozishga joylar yetishmay qoladi. Shimolda yashovchilar orasida esa mojaro
koʻtarilib, (gunohlari yozilgan) xatlar esa yuzlari singari qora boʻladi. Toʻgʻri tortadigan
tarozining ikki boshi boʻlib, bir tomonida gavhar tursa, ikkinchi tomonida tosh turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |