Hayrat ul-Abror (II- qism)
Alisher Navoiy
53
http://ziyonet.uz/
ham u oʻz qudratini, oʻz hikmati bilan qatrani daryoga aylantira olishini namoyish
etmoqda. Oʻzining haqligini odamlarga bildirib, oʻzining qudrati mutlaq ekanini
tushuntirib qoʻymoqda.
Lekin bunday baxtning roʻparasida, bunday buyuk martabaning qarshisida u senga bir
necha vazifani topshirgan, bir necha san’atlarni ham senga nasib etgan.
Birinchi vazifa uning bergan ne’matiga shukr qilishdir; kimki shukr qilsa, Xudo unga
bundan ham koʻpini beradi. Agar sen shukr qilib, zulm qilmasang, oʻzi: «Albatta,
ne’matingizni orttiraman!» degan.
Soʻngra u senga xalqni omonat sifatida topshirgan; shuning uchun ularni xurram tut,
chunki bu haqda oʻzi ham gʻam yeydi. Garchi uning buyruqlari koʻp boʻlsa ham, ammo
ularning hammasi ham biru, bunisi ham bir.
Xalq poda boisa, sen choʻpon; u mevali bogʻ boisa, sen - bogʻbon. Qoʻyni agar oy-yillar
davomida choʻpon asramasa, ularning hammasi och boʻrilarga yem boiadi. Dehqon oʻz
gulzoriga tunu kun qaramasa, koʻklam daraxtini oʻtin deb hisoblayver. Boʻrini podadan
uzoqlashtir: bogʻni ham suv berib, obod qil. Poda toʻgʻrisida qaygʻursang, u senga koʻp
foyda keltiradi. Bogʻ ham gul va nafli mevalar beradi. Poda qirilib, daraxtlar qurisa-chi,
sening oʻzingga ham hech qanday naf va foyda boimaydi.
Xudo topshirgan topshiriqlarini soʻrab qolsa, oʻylab koʻr, sen u vaqtda qanday javob
berasan? Agar sen oʻzing yoi tanigan odam boisang, koʻzingni och, ish tutishingni uning
aytganlariga qiyos qil. Sening qaramogʻingdagi bir odam zulmingdan bechora xolga
kelib, ezilib, obroʻsi, mol-dunyosi boimasa ham, lekin insoniy qadr-qimmati senikidan
ortiq. Nimaga desang, qiyomat kuni eng yuqori turgan Xudo zolimlarni ham,
mazlumlarni ham savolga tutadi. Shunda unga bu dunyoda chekkan zulmi uchun
mukofot, senga esa sharmandalik boiadi. U buyuklikka, sen tubanlikka sazovor boiasan.
Uning tili poiat xanjardek uzun boiadi, savsandek tik ochiladi. Sen esa gunafshadek
qaddingnii bukib turasan, uyatdan bosn koʻtara olmay, magʻlub xolda qolasan. U
xursandchilikda, sen esa gʻam-anduxda; sen xozir qanday boisang, u oʻsha vaqt senday
boiadi. Qilgan xatolaring hisoblab chiqilgandan keyin, har bittasiga yuz azob tortasan. U
vaqt Tangri bu dardingga davo qilmaydi. Agar birovdan tortib olganing siniq igna boisa
ham u yerda olmos xanjar boʻlib bagʻringga qadaladi. Agar mazlumning oʻzi
gunohingdan oʻtmasa, sening joying doim doʻzaxning ichi boʻlib qoladi. Agar sen uning
kechirishiga umid tutmasang, bilki, abadiy doʻzax oʻtidasan. Kimgaki bu dunyoda bir
tikan kirgizibsan, u sening koʻksingga yuzta oʻtkir tigʻ uradi. Kimgaki bir uchqunni
tekizgan boisang, buning badaliga butun bir doʻzax oʻtini olasan. Kimga bir qilcha ziyon
yetkazgan boisang, u ipni oʻz oiiming uchun ilon deb bil.
Evohki, baxt sening qoiingni quvvatli qilgan edi, lekin sen esa undan zulm yoʻlida
foydalanding. Sening xaloyiqqa qilgan zulming kamaymas ekan, bu bilan sen oʻzingga
Do'stlaringiz bilan baham: |