Tirik organizmlarning yashashi uchun energiya zarur. Quyosh juda ham issiq bo‘lganligi sababli koinotga energiya tarqatadi. Tirik organizmlarning yashashi uchun energiya zarur. Yerda hayotni ta’minlaydigan energiya quyoshdan keladi. Ushbu energiyaning juda kam qismigina yerga yetib keladi. Yer atmosferasi yerni xuddi choyshabdek qoplab, uning yuzasini temperaturaning keskin o‘zgarishlaridan himoyalaydi.
Quyoshdan kelayotgan energiyaning katta qismi yer yuzasiga atmosfera orqali yetib keladi. Yer bu energiyaning bir qismini yutadi, qolgan qismi esa uning sirtidan atmosferaga qaytadi. Qaytgan energiyaning bir qismi atmosferaga yutiladi. Buning natijasida yer yuzasidagi o‘rtacha temperatura unda atmosfera mavjud bo‘lmagandagiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Yer atmosferasi issiqxona kabi ta’sir ko‘rsatgani sababli “issiqxona samarasi” atamasi kelib chiqqan.
Issiqxona samarasi yigirmanchi asrga kelib ko‘proq sezildi.
Yer atmosferasi o‘rtacha temperaturasining ko‘tarilib borayotgani ayni haqiqatdir. Gazetalar va boshqa davriy nashrlarda ta’kidlanishicha, yigirmanchi asr mobaynida temperatura ko‘tarilishining asosiy sababi atmosferaga karbonat angidrid gazining ko‘p miqdorda chiqarilishidir.
Anvar ismli o‘quvchi Yer atmosferasining o‘rtacha temperaturasi va atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi bilan qiziqib qoldi.
U kutubxonadan quyida keltirilgan ikkita grafikni topdi.
Ushbu grafiklar asosida Anvar quyidagi xulosaga keldi: haqiqatan ham, Yer atmosferasining o‘rtacha temperaturasi ko‘tarilishi atmosferaga chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi miqdorining ortishi bilan bog‘liq.
Karbonat angidrid atmosferaga chiqarilishi (yiliga milliard tonna
Yer atmosferasining o’rtacha temperaturasi o C
yillar
yillar
1-savol “Issiqxona samarasi” matnni o‘qing va savolga javob bering. Grafiklar Anvarning xulosasini qay tarzda tasdiqlaydi?
To‘g‘ri javoblar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
► atmosferaga chiqindilar chiqarilishining ortishi tufayli temperaturaning ko‘tarilishi;
► chunki 1910-yildan boshlab har ikkala grafik ko‘rsatkichlari orta boshlagan;
► CO2 miqdori ortishi bilan temperatura ko‘tarilib borgan;
► grafikdagi chiziqlar bir vaqtning o‘zida yuqoriga ko‘tariladi;