(/)
Sahar Ijtimoiy Tadbirkorlik Onlayn Maktabi (/)
RESOURCE
Rezyume yozish qoidalari (/content/rezyume-yozish-qoidalari)
Hozirgi paytda ko'plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar
ishga topshirayotgan shaxslardan rezyume yuborishlarini talab qilishadi.
Rezyume o'zi nima degani? Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib
chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume
ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi,
ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida
bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi
mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume
asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat
hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha
menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezumeda ish izlovchi shaxs to'g'risida qisqacha ma’lumot yoziladi. Ish beruvchi eng birinchilardan bo'lib aynan
rezyumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan insonni ko'rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan
tanishadi. Shuning uchun, rezyume ishga topshiruvchi shaxs to'g'risida bexato, aniq va eng asosiysi
topshirilayotgan ishga tegishli bo'lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezyume ishni qo'lga
kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezyumengiz orqali ish beruvchini ishontira
olmasangiz, keyingi bosqichga o'tish imkoni bo'lmaydi!
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi.
2008-yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy
darajaga ega.
3. Ma’lumot
Seshanba, 25/03/2014 kuni joylandi
Tweet
Baham ko‘rish
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o'qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o'quv yurtining nomi,
manzili (shart)
b. Topshirilayotgan ishga taaluqli fanlar nomi va soati (shart emas)
c. Agar a’lo darajada bitirgan bo'lsa, shuni ham bildirib o'tish kerak
Misol: 2006-2008 Magistratura, Biznesni Boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri,
Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz (http://www.nuu.uz/).
Taaluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Markoiqtisodiyot (25 soat)
4. Tajriba
a. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari
b. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi
Misol: 25.01.2008 – 10.02.2011 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”.
NNT “Faol”, Shaxrisabz ko'chasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb
qilish; joy va kerakli jihozlarini tayorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni
koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash
muammolari” mavzusi bo’yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda
ko'maklashganman.
· Loyiha chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
5. Qo'shimcha ma'lumotlar:
a. Xorijiy tillar
b. Kompyuter darturlari to'g'risida bilimlar
c. Yutuqlar (sport bo'yicha, stipendiyalar va boshqa muhim yutuqlar)
d. Qo'shimcha treninglar va kurslar
e. Tajriba orttitirsh (stajorlik) paytlari
f. Qiziqishlar
g. Ilmiy maqolalar
h. Konferensiyalardagi ma’ruzalar
Maslahatlar:
· Rezyume iloji boricha bir varoqdan oshmasligi kerak.
· Har bir ishga topshirganda alohida rezyume yozish maslahat beriladi. Rezyumeda asosan topshirilayotgan
ishga taaluqli ma’lumotni kiritish kerak. Buning uchun topshirayotgan ishingiz bayonotini yaxshilab o'rganib
chiqing va tashkilotni o'zini ham o'rganishga harakat qiling.
· Tug'ilgan yili, jinsi va millatini yozish shaxsning o'ziga bog'liq. Ba’zida ish beruvchi tomonidan shu
ma’lumotlar asosida farqlash va diskriminatsiya qilish hollari ham uchragan, shuning uchun ko'plab tashkilotlar
bunday ma’lumotni majburiy ko'rmaydilar.
· Ba’zilar rezyumega o'z rasmlarini ham qo'shadilar. Rasm qo'shish ixtiyoriy.
· Agar shaxsiy vebsaytingiz bo'lsa, uni ham qo'shing. Ba’zi mutaxassislar, ayniqsa disayner va rassomlar,
o'zlarining ishlarini ko'rsatish maqsadida tashqi saytda joylashgan manzillarni qo'shishlari ham mumkin.
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
· Agar ishga topshiruvchi hozirda talaba bo'lsa, unda kutilayotga bitirish sanasini ko'rsatish kerak.
· Agar talabalik davrida biror qo'shimcha tajriba orttirilgan bo'lsa, shuni ham yozib o'tish tavsiya etiladi.
Masalan: universitet qoshidagi gazetaga muharrirlik qilgan; yoki “Yosh lider” talabalar tashabbusini boshqargan.
Ishga topshiruvchining tajribasi uncha ko'p bo'lmasa shu kabi ishlarni ham Ish Tajribasi bo'limida sanab o'tish
mumkin.
· O'rta maktab ta’limi to'g'risidagi ma’lumot ham ba’zida so'ralishi mumkin. Shunda o'qigan yillari, maktab
nomi va/yoki soni va manzili yozilishi kerak.
· Agar shaxsning tajribasi ko'p bo'lsa va ko'p joyda ishlagan bo'lsa oxirgi 5 yillik yoki oxirgi 5 ta ish joyini to'liq
ko'rsatib o'tib, qolganlarini qisqacha sanab o'tsa ham bo'ladi.
· Tajribani yozganda topshirilayotgan ishga taaluqli vazifa va funksiyalarni sanab o'tish ma’qul. Agar
imkoniyat bo'lsa, aniq ma’lumot berib o'tgan yaxshi. Masalan, seminar-trening mutaxassisi lavozimiga ishga
topshirayotgan bo'lsangiz unda oldin qanday mavzudagi treninglarni tashkil qilganingiz, trening kimlar uchun va
qanday tashkil qilinganligi to'g'risida yozsangiz shu kabi ma’lumot ishga oluvchi uchun muhimroq bo'ladi.
Rezyume namunasi:
Alloma Kamalova
Toshkent sh., Firdavs mavzesi, Shahrisabz ko'chasi 7-uy.
Tel: +998902220000; Alloma.kamalova@mail.uz
(mailto:Alloma.kamalova@mail.uz)
Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish
mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2008 yilda
Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada
tamomlagan va ilmiy darajaga egaman.
Ma’lumot:
2006-2008 Magistr, Biznesni boshqarish. O'zbekiston Milliy
Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4
ko'chasi. www.nuu.uz (http://www.nuu.uz/). Fanlar: Loyiha tuzish va
boshqarish (22 soat) Makroiqtisodiyot (25 soat)
2002-2006 Bakalavr, Menejment. Farg'ona Politexnika Instituti.
Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi 86-uy. www.ferpi.uz
(http://www.ferpi.uz/)
Ish tajribasi:
25.01.2011 – 10.02.2014 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish
ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Toshkent sh.,
Shaxrisabz ko'chasi 1-uy. Tel: 267-00-00
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening
rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini
tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni
koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish
bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo'yicha izlanishlarni olib
borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
File Attachment:
Rezyume_Allomahon Kamalova Eng.pdf
(http://saharschool.org/sites/default/files/Rezyume_Allomahon%20%20Kamalova%20Eng.pdf)
Tags:
Rezyume (/article-tags/rezyume)
resume (/article-tags/resume)
ish (/article-tags/ish)
loyiha (/article-tags/loyiha)
menejment (/article-tags/menejment)
shaxsiy ma’lumotnoma (/article-tags/shaxsiy-ma%E2%80%99lumotnoma)
Kirish
Registratsiya (/user/register)
Parolni tiklash (/user/password)
· Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha
prezentatsiyalar berish.
01.06.2008 – 28.12.2011 Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish
markazi, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-
00
· Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni
tashkil qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash;
treninglar uchun o'quv zallarini tayyorlash;
· Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari
to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;
· Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.
Xorijiy tillar: Ingliz va rus tillarida to'liq yozish, o'qish va muloqot qila
olish.
Kompyuter dasturlari: Windows 7; Microsoft Office 2008 (Power
Point, Word, Excel); Internet
Qo'shimcha kurslar: 2011, Toshkent menejment markazi tomonidan
tashkil qilingan 6-haftalik “Loyiha tuzish va boshqarish kursi”ni
muvaffaqiyatli tamomlaganman.
Yutuqlar: 2008 O'zbekiston Respublikasi Presidentining davlat
stipendiyasi sohibasi.
* Rezyume namunasining ingliz tilidagi nusxasi ushbu maqolaga biriktirilgan.
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki
registratsiya (/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Foydalanuvchining ismi
Parol
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
Izohlar
Kamronbek -
5 years ago
ajoyib
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Patriot -
4 years ago
judayam foydali maslaxat
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Shuxrat -
4 years ago
Judayam foydAli maslahat, keyngi maqolalarda assesment sentrlar haqida ma'lumot beriwhingizni sorab qolar
edik.
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Sharofiddin -
4 years ago
Kompyuter dasturlari nazarda tutilganda, barcha o'rganilgan kompyuter dasturlari haqida ham to'liq ma'lumot
berilishi kerakmi? Shu mavzudagi javobingizni kutamiz!!
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
saharschool -
4 years ago
Sizning rezyumengiz siz qayerga ishga topshirishingizga qarab o'zgartirib borilishi kerak. Odatda rezyume 1
varoqdan oshmasligi kerak, agar ko'p tajribaga ega bo'lsangiz ko'pi bilan 2 varoq bo'lishi lozim. Shunday ekan,
siz rezyumeda faqat kerakli ma'lumotlarni kiritishingiz kerak. Agar siz topshirayotgan ish kompyuter
dasturlarini bilishni talab qilsa, unda har bir o'rgangan dasturlarni batafsil yozishingiz kerak. Agar ularning
ishga unchalik aloqasi bo'lmasa ularni guruhlab yozishingiz tavsiya qilinadi. Masalan, Microsoft Word, Excel,
PowerPoint, Publisher deb alohida yozgandan ko'ra ularni "Microsoft Office" dasturi deb yozishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki
registratsiya (/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Maftuna -
3 years ago
Resume bu hikoya emas... Ana endi menimcha hamma RESUME to'ldirishni bilib oldi
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Jamoliddin WEB -
3 years ago
Faqat biror ishga joylashish maqsadida emas, shunchaki o'z faoliyati, ko'nikma va tajribalarini tahlil qilish uchun
ba'zi-ba'zida rezyume to'ldirib turish foydadan holi emas!
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
Saralash usuli Nashr kuni
Tartiblash usuli
Desc
Natija
(/content/yurak-kasbini-topish-uchun-10-ta-sir-oz-tajribam)
Umumiy ball: 10
(/content/ideal-qomat)
Umumiy ball: 35
(/content/%D1%8D%D0%BD%D0%B5%D1%80%D0%B3%D0%B8%D1%8F-
%D1%82%D0%B5%D0%B6%D0%B0%D0%BC%D0%BA%D0%BE%D1%80-
%D1%84%D0%B8%D0%BA%D1%80%D0%BB%D0%B0%D1%88-
%D0%BC%D0%B0%D0%B4%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82%D0%B8%D0%BD%D0%B8-
%D1%80%D0%B8%D0%B2%D0%BE%D0%B6%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D1%82%D0%B8%D1%80%D0%B8%D1%88-
%D0%BB%D0%BE%D0%B9%D0%B8%D2%B3%D0%B0%D1%81%D0%B8)
Umumiy ball: 15
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
Bakhtiyor Sheraliev -
3 years ago
Resume bo'lgan e'tibor bizning mamlakatimizda biroz past, lekin chet elda bunga juda katta e'tibor berishadi,
hattoki qanday qog'zoga yozganligingizu, qanday ruchka yoki qlaamda yozganingizgacha. Shu bois resume yoki
CV yozayotganda qisqa, lo'nda, aniq ma'lumotlarni berish kerak. Har ehtimolga qarshi Resumeni o'zbek, rus va
ingliz tillarida tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Izoh qoldirish uchun yuqorida yoziling (/user/login?destination=node/78%23comment-form) yoki registratsiya
(/user/register?destination=node/78%23comment-form) qiling
1
YURAK KASBINI TOPISH UCHUN 10
TA SIR (o'z tajribam)
(/content/yurak-kasbini-topish-
uchun-10-ta-sir-oz-tajribam)
Diyora Turabekova
25/03/2018 - 14:00
Siz har kuni faqat yaxshi ko'rgan ishiz bilan band bo'lishni ham buni evaziga pul olishni xohlarmidingiz?
Ideal qomat (/content/ideal-qomat)
Rufat
25/03/2018 - 11:24
Энергия тежамкор фикрлаш маданиятини ривожлантириш лойиҳаси
(/content/%D1%8D%D0%BD%D0%B5%D1%80%D0%B3%D0%B8%D1%8F-
%D1%82%D0%B5%D0%B6%D0%B0%D0%BC%D0%BA%D0%BE%D1%80-
%D1%84%D0%B8%D0%BA%D1%80%D0%BB%D0%B0%D1%88-
%D0%BC%D0%B0%D0%B4%D0%B0%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82%D0%B8%D0%BD%D0%B8-
%D1%80%D0%B8%D0%B2%D0%BE%D0%B6%D0%BB%D0%B0%D0%BD%D1%82%D0%B8%D1%80%D0%B8%D1%88-
%D0%BB%D0%BE%D0%B9%D0%B8%D2%B3%D0%B0%D1%81%D0%B8)
Baxtiyor G'oziyev
23/03/2018 - 14:42
keyingi › (/content/rezyume-yozish-qoidalari?page=1)
O’rtacha: 5 (2 ovozlar)
O’rtacha: 5 (7 ovozlar)
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
(/content/texnolifeuz)
Umumiy ball: 5
(/content/%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80-
%D0%B7%D0%B0%D0%BD%D0%B6%D0%B8%D1%80%D0%B8-
%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D0%B7%D0%BB%D0%B0%D1%80-
%D1%9E%D2%9B%D0%B8%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%B8%D0%BD)
Umumiy ball: 129
(/content/%D0%B4%D0%B0%D1%81%D1%82%D1%83%D1%80%D1%87%D0%B8-
%D0%B1%D1%9E%D0%BB%D0%B8%D1%88-%D2%9B%D0%B8%D0%B9%D0%B8%D0%BD%D0%BC%D0%B8)
Umumiy ball: 5
(/content/bugungi-kunda-ozbekistonda-elektron-tijorat-sohasidagi-mavjud-tosiqlar-kamchiliklar-
va)
Umumiy ball: 4
(/content/qiyinchilikda-lazzat-bor)
Umumiy ball: 34
Ёшликдан берилиши керак бўлган билим, одат, кўникмалар қаторига мен табиатга муҳаббат ва энергия
тежамкор фикрлаш маданиятини ҳам қўшган бўлар эдим. Агар ёш болаларга бу икки тушунчани
биргаликда бериш методикаси фойдаланилса, янада яхши самара беради деб ўйлайман.
texnolife.uz (/content/texnolifeuz)
Lazizbek Ergashev
23/03/2018 - 10:44
Ваъдалар занжири (Ваъдабозлар ўқимасин)
(/content/%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%BB%D0%B0%D1%80-
%D0%B7%D0%B0%D0%BD%D0%B6%D0%B8%D1%80%D0%B8-
%D0%B2%D0%B0%D1%8A%D0%B4%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D0%B7%D0%BB%D0%B0%D1%80-
%D1%9E%D2%9B%D0%B8%D0%BC%D0%B0%D1%81%D0%B8%D0%BD)
Абдували Қурбонов
23/03/2018 - 10:05
Дастурчи бўлиш қийинми? (/content/%D0%B4%D0%B0%D1%81%D1%82%D1%83%D1%80%D1%87%D0%B8-
%D0%B1%D1%9E%D0%BB%D0%B8%D1%88-%D2%9B%D0%B8%D0%B9%D0%B8%D0%BD%D0%BC%D0%B8)
Aziz Abdulhakimov
21/03/2018 - 12:35
Мана 4йилдирки, ушбу соҳа буйича ўз билимларимни ошириб бормоқдаман.
Bugungi kunda O`zbekistonda elektron tijorat sohasidagi mavjud to`siqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish
yo`llari (/content/bugungi-kunda-ozbekistonda-elektron-tijorat-sohasidagi-mavjud-tosiqlar-kamchiliklar-va)
Nodirbek Osimjonov
19/03/2018 - 16:26
Bugungi kunda O`zbekistonda elektron tijorat sohasidagi mavjud to`siqlar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish
yo`llari.
Qiyinchilikda lazzat bor (/content/qiyinchilikda-lazzat-bor)
Orifjonova Muxlisaxon Alisher qizi
19/03/2018 - 02:27
Kutubxonada tadbir bo'ladigan bo'
O’rtacha: 5 (3 ovozlar)
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
O’rtacha: 5 (26 ovozlar)
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
O’rtacha: 4 (1 ovozlar)
O’rtacha: 4.9 (7 ovozlar)
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
(https://www.facebook.com/SaharMaktabi) (https://www.facebook.com/SaharMaktabi)
(https://plus.google.com/u/0/114173182494427021914/posts)
(https://plus.google.com/u/0/114173182494427021914/posts)
(https://www.youtube.com/channel/UC_9Aizi82kgHuUsS_bK7hEA/feed)
(https://www.youtube.com/channel/UC_9Aizi82kgHuUsS_bK7hEA/feed)
(https://twitter.com/saharmaktab) (https://twitter.com/saharmaktab)
(http://www.odnoklassniki.ru/saharijtimoiytadbirkorlik) (http://www.odnoklassniki.ru/saharijtimoiytadbirkorlik)
(/content/koreys-tarbiyachisi-qoraqalpog%E2%80%99istonda-faoliyat-olib-bormoqda-suhbat)
Umumiy ball: 4
(/content/%D0%BF%D0%BE%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8-%D0%B1%D1%83-
%D1%81%D0%BE%D0%B2%D2%93%D0%B0-%D1%91%D1%85%D1%83%D0%B4-
%D0%BA%D0%BE%D1%80%D1%80%D1%83%D0%BF%D1%81%D0%B8%D1%8F-%E2%80%94-
%D0%B8%D0%BD%D1%81%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82-
%D0%B2%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D1%81%D0%B8)
Umumiy ball: 5
Koreys tarbiyachisi Qoraqalpog’istonda faoliyat olib bormoqda : Suhbat (/content/koreys-tarbiyachisi-
qoraqalpog%E2%80%99istonda-faoliyat-olib-bormoqda-suhbat)
Bawirjan
17/03/2018 - 14:06
-O’zingiz va
Порами бу, совға? Ёхуд коррупсия — инсоният вабоси
(/content/%D0%BF%D0%BE%D1%80%D0%B0%D0%BC%D0%B8-%D0%B1%D1%83-
%D1%81%D0%BE%D0%B2%D2%93%D0%B0-%D1%91%D1%85%D1%83%D0%B4-
%D0%BA%D0%BE%D1%80%D1%80%D1%83%D0%BF%D1%81%D0%B8%D1%8F-%E2%80%94-
%D0%B8%D0%BD%D1%81%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D1%8F%D1%82-
%D0%B2%D0%B0%D0%B1%D0%BE%D1%81%D0%B8)
Аслонов Комилжон
17/03/2018 - 03:10
1
O’rtacha: 4 (1 ovozlar)
O’rtacha: 5 (1 ovozlar)
keyingi › (/content/rezyume-yozish-qoidalari?page=1)
Bosh Sahifa (Http://Saharschool.Org/) Biz Haqimizda (Http://Saharschool.Org/About) Ko’p Beriladigan
Savollar (Http://Saharschool.Org/About#Faq) Bizga Bog'laning (Http://Saharschool.Org/About#Contact)
Saytdagi barcha materiallar mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq himoyalangan. Saytdan material ko’chirilganda sayt manzili ko’rsatilishi shart. © 2015
“O'quv xona” (/training)
(/) (/user)
Do'stlaringiz bilan baham: |