Халқаро туризм


Chizma 2 Инсентив туризм таркиби



Download 1,06 Mb.
bet133/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Chizma 2

Инсентив туризм таркиби


Раҳбар ҳодимлар 31%
Сотиш бўйича

менежерлар 29% Агентлар ва дистрибью-

терлар 14%


Истеъмолчилар 26%
Манба: А.Ю. Александрова. Межународный туризм. М., 2004.
Insentiv – turizm bozori kengayishi bilan rag‘batlantiruvchi safarlarni uyushtiruvchi ixtisoslashgan firmalar paydo bo‘ldi. Ular mehnat jamoalarini rag‘batlantiruvchi maxsus dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishda malakali yordam ko‘rsatmoqdalar. Turistik firma korxona ma’muriyati bilan shartnoma bo‘yicha insentiv turlarni rejalashtirmoqda va uyushtirayapti. Rag‘batlantirishning bu tizimi muvaffaqiyati firmaning sayohat yo‘nalishini nechog‘lik to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq. Safar xodimlar uchun maftunkor bo‘lishi, yoshiga, salomatligiga, diniy e’tiqodiga, shaxsiy qiziqishlariga mos kelishi kerak. Shuning uchun firma ko‘p hollarda o‘z ishini potensial mijozlarni kuzatish orqali olib boradi. AQShda rag‘batlantiruvchi safarlar uyushtirishda ancha taniqli bo‘lgan turistik firmalar «YE.F.Makdonald Trevel kompaniya», «Marits Trevel kompaniya», «Top Velyu Interprayzis»lar hisoblanadi.

Eng oddiy holda insentiv – tur bu to‘rt – besh yulduzli mehmonxonalarda yashash va ekskursiya dasturlari bilan boyitilgan odatdagi turdir. Bunday standart dasturlarni, qanchalik g‘alati bo‘lmasin hammadan ko‘p amerikalik turistlar buyurishadi. Insentivning boshqa turli ko‘rinishlari ham mavjud. Safar dasturi qandaydir boshqa g‘oyalar bilan muvofiq holda to‘ldirilishi mumkin. Insentiv – operatorlar odatda har bir mamlakat bo‘yicha 20-30 xil dasturlardan tanlashni taklif qiladi. Bu insentiv guruh uchun shahardan tashqarida golf bo‘yicha turnir, havo sharida sayr, Alp cho‘qqilariga chiqish, musiqiy – raqs kechalarida tomosha, ichish yoki gastronomik safar bo‘lishi mumkin.

Insentiv – turlar o‘sishi kongresslar – ko‘rgazmalar tematik faoliyatini kengaytirish va rag‘barlantiruvchi turizm bo‘yicha ixtisoslashgan forumlar o‘tkazish, buning uchun turistik biznes segmentlari va universitetlarda tayyorlashga turtki bo‘ldi, ko‘p sonli assotsiasiyalar, jamiyatlar va boshqalar tashkil etishga imkon berdi. Ulardan biri rag‘batlantiruvchi turizm sohosida mansabdor shaxslar jamiyati hisoblanadi (SITE). Uning qarorgohi Nyu-yorkda joylashgan bo‘lib 650 kishidan iborat a’zolari bor. Hozirgi vaqtda SITEda 18 komitet ishlab turibdi, Insentiv – turizm universitetini boshqradi, hududiy uchrashuvlar, seminarlar, savdo ko‘rgazmalari o‘tkazadi. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, insentiv – turizmning kelajagi porloq. XXI asrda u jahon xo‘jaligida yetakchi tarmoqlarda xodimlarni raqobatlantirishning bosh shakli bo‘lib qoladi.

Yevropada ishga aloqador turistlarni asosiy «yetkazib beruvchi» -mamlakat Germaniyadir. Har yili 5 mln. dan ziyod nemislar safarga jo‘nashadi. Ularning 3 % xorijga chiqib ketishadi, 21 % chegaradan tashqarida va mamlakat ichkarisida sayohat qilishadi. 76 % Germaniya bo‘ylab xizmat safarida bo‘ladi. Mamlakatda xizmat safarining o‘rtacha davomiyligi, boshqa qit’ada joylashish muddati 12-13 kunni, hudud ichida 5-6 kunni, o‘z mamlakati bo‘ylab 3-4 kunni tashkil qiladi. Ishbilarmon odamlar oqimini qabul qilishda Yevropa davlatlari orasida Germaniya, Buyukbritaniya, Fransiya, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya ajralib turadi. Belgiya bosh shahri Bryussel alohida o‘rin egallaydi. Bir vaqtning o‘zida u YEI poytaxti ham hisoblanadi.

Fransiya va Belgiyaga kelishlarning har o‘ntadan bittasi ish bilan bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Buyukbritaniyada esa har uchinchisi ishga aloqador tashriflardir. Biznes turizm bozorida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari sezilarli rol o‘ynashadi. Jamiyat va iqtisodiyot hayoti qayta qurilishi munosabati bilan ular g‘arb ishbilarmon doiralarida qiziqish uyg‘ota boshladilar. Turistik bozorning bu segmenti 90-yillar birinchi yarimidan boshlab ayniqsa dinamik ravishda rivojlana boshladi.

Biznes – turizm Amerika qit’asida tez rivojlanmoqda. Yangi Dunyoga har sakkiz safarning biri xizmat maqsadlarida amalga oshiriladi. Ishbilarmon kishilar oqimi asosan AQSH, Kanada, Meksika singari qarbiy yarim shar turistik bozori barcha segmentida yetakchilik qilayotgan mamlakatlarga yo‘nalgan. Bu mamlakatlarda biznes-safarlar soni turli sur’atlarda to‘xtovsiz o‘sdi. AQShda xizmat safarlari dinamikasi xalqaro turizmning rivojlanish umumiy manzarasini belgilab berdi. Kanadada ishbilarmonlik turizmi hajmi keluvchilar soniga nisbatan sekin ko‘paydi. Meksikada ham biznes safarlar sur’atlari o‘sishi butun turistik kelishlarda xuddi shunday ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Lotin Amerikasi ishbilarmon turistlar oqimi ko‘paymoqda. Iqtisodiy yuksalish, savdo aloqalarining kengayishi va mutahkamlanishi bilan bu hudud juda ko‘p mamlakatlar ishga aloqador turizm bozorida o‘z mavqiyelarini mustahkamlab oldilar. Paragvay, Gvetemala, Kosta-Rikaga xizmat maqsadlarida kelishlar soni ko‘paymoqda.

So‘nggi yillarda xizmat safarlari soni o‘sishi Janubi-Sharqiy Osiyoda turistik kelishlar umumiy dinamikasini belgilab berganligi bilan xarakterlanadi. Hududga har bir safarning beshinchisi ishga aloqador edi. Kelishlarning uchdan biri Syangan (Gonkong), Singapur va Tayvanga to‘g‘ri keldi.

Afrika va Yaqin Sharqda ishga aloqador turizm bir tekis rivojlanmayapti. Kelishlar dinamikasida yuksalishlar va pasayib ketishlar asosan hududdagi siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Afrikada ishga aloqador turizmda Kongo respublikasi, Zimbabve va Efiopiya yuqori o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi. Kelishlar bo‘yicha mutlaq ifodada Misr, JAR, Marakko yetakchilik qilishdi. Yaqin Sharqda ishbilarmon odamlar oqimi neft qazib oluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni va boshq.)ga, shuningdek Isroil va Iordaniyaga intildi. 90-yillar ikkinchi yarimida siyosiy vaziyat keskinlashdi. Yaqin Sharqdagi tahlikali vaziyat Afrikadagi qator terroristik xurujlar (Misrda islom fundamentalistlari tomonidan turistlarning halok bo‘lishi, Keniya va Tanzaniyada Amerika elchixonalarida portlashlar) ishga aloqador turizmni kasodga uchrashiga olib keldi. Ikki hududda ham ularning rivojlanish istiqbollari aniq emas.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish