Халқаро туризм



Download 1,06 Mb.
bet134/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

6.3. Diniy turizm
Diniy turizm tarixi. Hozirgi kunda xalqaro turizmning eng muhim tarmoqlaridan biri diniy ya’ni ziyoratchilik turizmi bo‘lib hisoblanadi. Diniy turizmning shakllanish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. YA’ni uning ilk bor vujudga kelishi antik davriga to‘g‘ri keladi. Diniy turizmning asosiy paydo bo‘lgan maskanlari qadimgi greklar va rimliklar vatani bo‘lib hisoblanadi. Qadimda greklar va rimliklar ibodatxonalar va cherkovlar qurib, ularda sig‘inishganlar. Elladaning eng mashhur ibodatxonasi birinchi bor Delfaх shahrida qurilgan. Ushbu ibodatxona butun greklar olamida eng mashhur va u guyoki har qanday savolga tangri nomidan qat’iy javob beruvchi karomatli kohin, sajdagoh maskani bo‘lgan. Rivotlarga ko‘ra, minglab darvishlar mana shu ibodatxonaga kelishib, o‘zlarini qurbon qiluvchi majusiylar ruxoniysi avliyo Pifining bashoratlarini tinglashganlar.

O‘rta asrlar davriga kelib, diniy turizm migratsiyasi yangicha tus ola boshladi. Muqaddas diniy sajdagoh joylarga borib ziyorat qilib kelish ommaviy tus olib, salb yurishlari kabi shaklga aylanib ketdilar. Ayniqsa, ziyorat qilish harakati XV asr oxiri va XVI asr boshlariga kelib eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Ziyoratchilik doirasining o‘sishi bilan birga uning turli oqimlari ham kuchaya bordi. Shu bilan birgalikda ziyoratchilar tarkibi ham xilma-xil bo‘lib, unda diniy etiqodga amal qiluvchi kishilar bilan bir qatorda, turli xil kasbkor, mansabdor, kishilar ham ishtirok etaboshlaganlar. Ziyoratchi-hojilar o‘rtasida oqsuyaklar, ritsarlar (olijanob odamlar), sayohatchilar, harbiylar, ijodkorlar, hukumat idorasi xodimlari, savdogarlar, qolaversa oddiy kishilar qatnashganlar.

XIX asrga kelib diniy turizm uyushgan holdagi shaklga ega bo‘la boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ziyorat qilib keluvchilar soni tobora ko‘paya borib, birgina Fransiyada 1861 yilda 300-400 ming kishiga yetgan. 1870 yil oxirlarida uyushgan holdagi ziyoratchilik oqimi Yevropaning Avstriya, Germaniya kabi bir necha mamlakatlarida ham keng rivojlana bordi.

Hozirgi kunga kelib, yer kurrasining turli xil mintaqalarida, ko‘p asrlar oldingi singari, diniy qadamjolarga borib sig‘inadigan sayyohlar soni tobora ko‘payib bermoqda. Har yili butun yer yuzasi bo‘yicha 200 mln. dan ortiq kishilar turli xil diniy haj safarlariga borib ziyorat qilib kelishadilar. Shulardan 150 mln. dan ortiq xristianlar, 20-30 mln. atrofida induistlar, 40 mln.dan ko‘proq musulmonlar, buddistlar, sintoistlar va boshqalar ishtirok etadilar.

Ziyoratchilarning sayyohat qilishidan asosiy mahsadi aziz avliyo joylarga qadam ranjida qilishi, sig‘inish chog‘ida ruhiy jihatdan yengillashishi, ko‘ngillarning poklanishi, og‘ir kasalliklardan xolos bo‘lmoqligi, qilib quygan gunoh ishlarini ollohdan so‘rab kechirishlarini, safar chog‘ida safdoshlari bilan ma’naviy yaqinlikda bo‘lishni orzu-umid qilishadilar. Ziyoratchi sayyohlar safarga chiqishida o‘z orzu umidlariga erishish, yaratganga shukronlar aytib uning izzat hurmatini bajo keltirishni o‘z ko‘ngillaridan o‘tkazadilar.

Hozirgi kunga kelib dunyoda ziyoratchilik sayyohligining 10 dan ortiq yirik markazlari mavjud bo‘lib, ular yer sharining deyarli hamma qit’alarida joylashgan:



  • Xristian Yevropasi;

  • xristianlik va boshqa ko‘psonli dinlar bilan mustahkam o‘rin egallovchi Shimoliy Amerika;

  • Xristianlik va an’anviy dinlar bilan Lotin Amerikasi;

  • Islomni qabul qilgan Shimoliy Afrika;

  • Islom hukmron va alohida xristianlik va an’anaviy dinlar mavjud G‘arbiy va Sharqiy Afrika;

  • Buddizm, islom, xristianlik va hinduzimni egallagan Janubiy-Sharqiy Osiyo;

  • Buddizm bilan (asosan lamaizm) mustahkamlangan Markaziy Osiyo;

  • Islom hukmron O‘rta Osiyo;

  • Islom va xristianlik, iudizm bilan mustahkamlangan G‘arbiy Osiyo;

  • Iudizm va buddizm tarqalgan, shuningdek xristianlik, jaynizm, sikxizm va islam mavjud Janubiy Osiyo.

Har bir makrohudud eng avvalo ziyoratning jahoniy markazlari bilan mashhur. Ular e’tiqodchilarning xalqaro oqimini qabul qiladilar va ko‘pincha diniy ixtisoslashtirishning ma’muriy, sanoat, madaniy va turistik markazlari funksiyalari bilan qo‘shilib ketadilar. Bundan tashqari, makrohududlarda milliy va mahalliy ahamiyatga ega diniy sig‘inish obyektlari mavjud.

Yer sharida eng qadimiy va yirik diniy markazlardan biri Yaqin Sharqda joylashgan Iordaniya davlatining Iyerusalim (Quddus) shahri bo‘lib hisoblanadi. Iordan daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan ushbu hudud 1967 yil iyun oyida Isroil tomonidan bosib olingan. U hanuzga qadar Iordaniyaga qaytarib berilmasdan kelmoqda.

Ma’lumki, Iyerusalim shahri uchta, ya’ni xristian, islom va iudaizm dinlarining kelib chiqishi va asoslanishi markazi bo‘lib hisoblanadi. U dunyodagi ibodat qilish markazlari o‘rtasida alohida o‘rinni egallaydi. Shaharning o‘tmish tarixi uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Bu yerda ilk bor iudaizm diniga e’tiqod qiluvchi monoteist (bir xudolik, ya’ni xudoni bitta deb biluvchi) din tarafdorlari, undan keyin xristian va islom dini kelib chiqqanligidan dalolat beradilar.

Iyerusalim xristian diniga e’tiqod qiluvchilar uchun muqaddas shahar bo‘lib hisoblanadi. Shaharda eng yirik ziyorat qiluvchi joy bu-Voskreseniya (Qayta tug‘ilish) ibodatxonasidir. Bu ibodatxona butun dunyo xristianlar olami e’tiqod qiluvchilarining muqaddas sig‘inishadigan joyi bo‘lib hisoblanadi. Har bir qadam ranjida qiladigan sayyoh ushbu ibodatxonaga albatta tashrif buyurishga harakat qilishadi. Bu yerga kelgan sayyohlar muqaddas Golgofega sajda qilish, Pomozoniya toshlariga va manzarali Olloh qabriga sig‘inish, sajda qilish kabi amallarni bajarishadilar. Bu ibodatxonaga turli tuman millat vakillari, jumladan, yahudiylar, armanlar, suriyaliklar, habashlar, greklar, italiyanlar, fransuzlar, nemislar, ruslar va qolaversa butun yevropa millat vakillari-e’tiqodchilar kelishib sig‘inadilar.

Iyerusalim shahriga tashrif buyurgan sayyohlarda Pasxa (yahudiy va xristianlarning diniy bayrami) arafasida Voskreseniya ibodatxonasida “Farovon olovni yoqish” marosimida qatnashish katta ta’surot qoldiradi. E’tiqodchilar uchun ushbu voqeada ishtirok etish juda katta ma’noni anglatib, Olloh kishilar uchun yana bir marta hayot hadya etishi demakdir.

Musulmon diniga e’tiqod qiluvchilar ham Iyerusalim shahrida o‘zlarining sig‘inishadigan joylariga ega bo‘lib, u eng qadimgi Umar masjididir. Ushbu masjid islom dinidagi eng ilk bor qurilgan va sig‘inadigan qadamjolardan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ham unda 5 martadan iborat nomoz o‘qilib kelinmoqda.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish