Kongress – ko‘rgazma geografiyasi. Ish yuzasidan sayohatlar bozori dinamik segmentida kongress – ko‘rgazma turizmi ko‘proqdir. Dunyoda simpoziumlar, konferensiyalar, kengashlar, seminarlar va shuningdek ko‘rgazma va yarmarkalarga qiziqish ortib bormoqda. Biznesmenlar va olimlar eng yangi axborotlar olish, hamkasblari bilan uchrashish, fikr almashinish, muzokoralar olib borish, odatiy vaziyatdan biroz, bo‘lsada dam olish va taklif qilinayotgan madaniy dasturlar bilan tanishish uchun forumlarda ishtirok etadilar.
Agar XX asrning 30 – yillarida har yili 200 ga yaqin xalqaro konferensiyalar o‘tkazilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarga oxiriga kelib kongressli tadbirlar yiliga 8 mingdan oshib ketdi. Ularning asosiy qismi – 80 % G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Xalqaro simpozumlar va kengashlar soni bo‘yicha birinchi uch o‘rinni AQSH, Fransiya, Buyukbritaniya mustahkam egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rindagi Germaniya o‘zining ko‘rgazma va yarmarkalari bilan mashhur. Ularning mashhurligi ushbu bu mamlakatlar ko‘pchilik sanoat tarmoqlarida qulay konyunktura, investitsion tovarlarga talab kattaligi va infratuzilma taraqqiy etganligi bilan izohlanadi.
Germaniya keyingi ikkinchi ming yillik yakuni – Butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. «Ekspo - 2000» 2000 yil 1 iyunda mashhur kongresslar va ko‘rgazmalar va ko‘rgazmalar markazi – Gannoverda ochildi. Unda 189 mamlakat ishtirok etdi. Ular namoyish qilgan eksponatlar 53 pavilyonda 170 gektar maydonni egallaydi. «Ekspo» an’anaviy tushunchadagi ko‘rgazma emas. Uning tashkilotchilari fikrlariga ko‘ra, bu ochiq osmon ostidagi ulkan teatrdir. Maydonning asosiy qismini «Insoniyat – tabiat - texnologiya» mavzusidagi ekskursiyalar egallaydi. Uning ishtirokchilari fantaziyasi va ijodkorliklari tufayli tashrif buyuruvchilar zamon va makonga sayohat qiladilar, xayolat dunyosiga sayr qiladilar. «Ekspo - 2000» o‘tkazilgan kunlar madaniy va sport voqealariga boy bo‘ldi.
Kongresslar – yarmarkalar faoliyatida yirik markazlar bo‘lib Yevropa va Amerikada Amsterdam, Barselona, Bryussel, Vashington, Vena, Jeneva, Kopengagen, London, Madrid shuningdek Parij va Strasburg hisoblanadilar. Har yili davlatlar boshliqlari va ishbilarmon doiralar vakillari Davos (Shveytsariya)ga tashrif buyuradilar. Bu yerda jahon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilinadigan forum o‘tkaziladi. Mazkur shaharlar xorijiy mehmonxonalarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yetarli moddiy – texnik bazaga, katta imkoniyatlarga ega. Konferensiyalar kongress markazlarda, mehmonxonalar, teatr va konsert zallarida universitetlar va boshqa o‘quv muassasalarida o‘tadi. Keyingi yillarda xalqaro tadbirlar tez-tez tarixiy ahamiyatga molik binolarda, va noan’anaviy inshootlarda o‘tkazilmoqda. Kongresslarni kemalarda o‘tkazish ham mashhur bo‘lib bormoqda.
Ixtisoslashgan turistik ko‘rgazmalar va birjalar ham alohida ko‘rib chiqishga arziydi. Ular 30 yildan buyon o‘tkazib kelinadi va turistik mahsulotlar harakati uchun alohida ahamiyatga ega. Ularning soni tobora oshib borayapti. Faqat Yevropada har yili 200 dan ortiq xalqaro turistik ko‘rgazmalar va birjalar tashkil etilmoqda. Xalqaro turistik birja (Internatonal Tourismus Borse, ITB) eng yirigi hisoblanadi va Berlinda o‘tkaziladi. 1998 y. unda jahonning 188 mamlakatidan 7 mingdan ko‘proq eksponentlar ishtirok etishdi. «Mecce - Berlin» ko‘rgazma kompleksida yangi ishtirokchilar – Armaniston, Tojikiston, Turmanistonning kamtarona stendlari va jahon turizm bozori yetakchilari – Germaniya, AQSH, Fransiya, Ispaniya pavilyonlari joylashtirildi. Birjaning besh ish kuni mobaynida 55 ming turizm industriyasi mutaxassislari va ko‘psonli sayohat ishqibozlari kelib ko‘rdilar.
Har yili yanvar oxirida – fevral oyi boshida Madridda Xalqaro turistik ko‘rgazma – birja FITYUR (FITUR) o‘tkaziladi. Madrid birjasi xalqaro turistik voqealar kalendarida alohida o‘rin egallaydi. Yil boshida o‘tib u yangi mavsum turizm bozori uchun narxlarni va boshqa tendensiyalarni aniqlaydi. Shu bo‘yicha qanday mutaxassislar va tashrif buyuruvchilar turli mamlakatlar ekspozitsiyalariga qanday munosabat bildirishlarni, turistik oqimlar qayta taqsimlanishi, turizmning u yoki bu markazlari taraqqiyoti haqida bilib olish mumkin. FITYUR – eng avvalo ispan va lotin amerika turistik mahsulotlari ko‘rigidir. Ispaniya barcha oblastlari birjada juda rang-barang aks ettirilgan. Ko‘rgazma maydonining chorak qismini Markaziy va Janubiy Amerika (Braziliya, Dominakan Respublikasi, Venesuela, Grenada, Yamayka, Gonduras va boshq.) mamlakatlari stendlari egallagan. Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlari o‘rtasidagi an’anaviy aloqalar hisobga olinib, FITYUR «Yevropa va Amerika o‘rtasidagi ko‘prik» deb nomlanadi. Ko‘rgazmada shuningdek Shimoliy, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, aholi tomonidan Ispaniyada dam olishga talab katta bo‘lgan AQSH va Kanadadan turistik firmalar ishtirok etishadi.
2000 yil ko‘rgazma o‘zining 20 yillik yubileyini nishonladi. Ko‘p sonli konferensiyalar va seminarlar shu kunga mo‘ljallandi. Ishga aloqador turizm bo‘yicha forum, kongresslar, konferensiyalar va insentiv turizm anjumanlari o‘tkazildi. BTT turizmi bo‘yicha vazirlar va SIMET – 2000 tadbirkorlarining Lotin Amerikasi konferensiyasini tashkil etdi. Bu shubhasiz xalqaro turizm taraqqiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega edi.
Har yili noyabr o‘rtalarida butun dunyo jamoatchiligi va turistik industriya diqqati Londonga qaratiladi. Bu yerda Butunjahon turistik ko‘rgazmasi (Word Travil Market, WTM) o‘tkaziladi.
Bu nufuzli, haqiqiy professional ko‘rgazma turli mamlakatlar mutaxassislari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. Uning ishida dunyodagi eng yirik professional turistik klub – «Meridian» a’zolari ishtirok etdilar. London ko‘rgazma yarmarkasi juda omadli kechdi. Tuzilgan bitim va shartnomalar soni barcha rekordlarni ortda qoldirdi. Yarmarka ish kunlari uning tashkilotchilari ko‘plab xayriya tadbirlarni uyushtirdilar. Ulardan biri ichimlik suv resurslarini muhofaza qilishga qaratildi. Britaniya Qizil Xoch fondida aksiya doirasida yig‘ilgan xayriya badallari summasi 40 ming funt – sterlinga yaqinni tashkil etdi.
Milandagi xalqaro turistik birja Italiyadan tashqari uzoq-uzoqlarda ham ma’lum. Ishtirokchilar soni bo‘yicha u Madrid va London birjalari bilan bemalol raqobatlashadi. Stendlar maydoni bo‘yicha esa faqat Berlin yarmarkasidan keyin turadi. Yevropaning eng katta ko‘rgazma majmualaridan biri Milanni «Fiyera» si hisoblanadi. Milan birjasiga dunyoning hamma burchaklaridan turistik biznes vakillari tashrif byuurishadi. Eng keng ekspozitsiya, odatda bir necha pavilyonlarni egallagan ko‘rgazma Italiyaga bag‘ishlangan. Doimgidek ko‘rgazmada eng ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni Fransiya, Ispaniya, Germaniya, Avstriya va AQSH egallagan. Ular qatorida boshqa milliy mamlakat stendlarini uchratish ham mumkin. Ishda London va Berlin birjalari kam ishtirok etishadi. Misol uchun, Milanda Kuba katta va qiziqarli ekspozitsiya namoyish etdi. Mazkur ko‘rgazma doirasida har yili turli tematik dasturlar tashkil etiladi. Ularda yangi loyihalar va turistik mahsulotlarni namoyish qilinadi. Turizmda yangi texnologiyalari taqdimoti uyushtiriladi. Milan birjasi shuhrati orttib borayapti. Shuni aytish kifoyaki, ko‘rgazma maydonlarini band etish (bronlash) bir yil oldin, oldingi yarmarka paytida boshlanadi.
Eng yirik turistik yarmarkalar beshligiga yaqinda Moskva xalqaro ko‘rgazmasi – Turizm va Sayohat» (MITT) ham kirdi. 2000 yilda u yettinchi marta o‘tkazildi. Ko‘rgazma xarakati butun dunyoda kuchayib borayapti. Ko‘rgazma va yarmarkalar soni ko‘paymoqda, uning ishtirokchilari va doirasi kengayayapti. Tobora ko‘proq xilma-xil yo‘nalishlar paydo bo‘layapti. Hozirgi vaqtda restoran xo‘jaligi va mehmonxona ixtisoslashgan ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda. Kongress turizmi va bilish, ekologiya, sport, turistik yarmarka va sport jihozlari namoyish qilinayapti. Qisqa muddatda bu turistik bozor segmenti eng yirik va barqaror vositaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |