6.2. Ishga aloqador turizm
Ishga aloqador turizm tashqi iqtisodiy aloqalar taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish, boshqa mamlakatlar va xalqaro ilg‘or tajribalaridan foydalanishga intilish, turli davlatlar ilmiy doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishda u muhim ahmiyat kasb etadi.
Turizmning bu turi-turli kengashlar, kongresslar, simpoziumlarda ishtirok etish maqsadidagi safarlarni o‘z ichiga oladi. Bunday har bir xalqaro uchrashuvlarda 200 dan 1000 nafargacha kishilar ishtirok etadi. Ko‘p hollarda ilmiy tadbirlar ishtirokchilarini ularning oila a’zolari ham kuzatib boradilar. Forum tashkilotchilari turfirma bilan birgalikda ularga to‘liq turistik dastur taklif qiladi. Ko‘pincha ishtirokchilarning o‘zlari mazkur shaharning diqqatga sazovar joylari bilan tanishadilar. Ilmiy tadbirlar tugagandan keyin esa mamlakat bo‘ylab turistik safarni amalga oshiradilar.
Bir qator turistik firmalar yangi bozorlarni o‘rganish va savdo shartnomalari tuzish maqsadida biznesmenlarni guruh safarlarini tashkil etishga ixtisoslashadilar. Bunda turistik firma ko‘pincha biznesmenlarga faol yordam beradi. U yoki bu bozordgi ahvolni o‘rganadi, ehtimol tutilgan savdo sheriklari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi. Zarur iqtisodiy hujjatlarni taqdim etib, ishga aloqador uchrashuvlarni tashkil qiladi va h.k.
Ishga aloqador safarlar chog‘ida eng yuqori individual klassda xizmat ko‘rsatish talab qilinishi mumkin: qimmat turadigan apartementga joylashtirish, kuni bo‘yi berkitilib qo‘yiladigan avtomobillar va h.k. Ishga aloqador tashriflar chog‘ida ko‘p talab qilinadigan xizmat – birinchi klass shinamlik va bir kishilik xonaga joylashtirish hisoblanadi.
Iqtisodiy jihatdan ishga aloqador sayohat juda foydali. Chunki bu mavsumiy omillarga bog‘liq emas. Turistik mavsum avjida, ta’tillar chog‘ida u hatto hajm jihatdan biroz, qisqaradi. Muhimi, biznesmenlar safari reklamaga qo‘shimcha xarajatlarni talab qilmaydi. Ko‘p darajada ular uchun tartib va band qilingan o‘rin-joy muddati to‘g‘risidagi axborotlar zarur.
Ishga aloqador turizm shakllaridan biri – xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarga tashrif buyurish yoki ishtirok etish maqsadidagi safarlardir. Odatda bunday tadbirlar ishtirokchilari uzoq muddatga jo‘nab ketadilar. Chunki bu faqat ko‘rgazma yoki yarmarka o‘tkazish bilangina bog‘liq bo‘lmasdan, ko‘rgazma stendlarini va boshqa uskuna jihozlarini yig‘ish, tuzish, tayyorlash ishlari bilan ham bog‘liq.
Ishga aloqador turizmning tarkibiy qismi – bir xil kasbdagi ixtisoslashtirilgan guruhlar bilan safar uyushtirishdir. Bu eng yaxshi xodimlarni rag‘batlantirish sifatida ish beruvchi – korxona hisobidan o‘tkaziladi. Bunday sayohatlar dasturiga ilmiy markazlarda bo‘lish va sanoat korxonalari bilan tanishish, ilmiy – texnika sohasida mazkur mamlakatda erishilgan yutuqlardan xabardor bo‘lish, yangi texnologiyalar, tajribalarni o‘rganish, ishtirokchilar kasb malakasini oshirish kiritilgan.
Keyingi yillar davomida ishga aloqador turizm muntazam ravishda sezilarli o‘smoqda. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sport salmog‘ini oshirayotgani ham bejiz emas. Sport turlari zarur maxsus trassalar, ko‘targichlar, sport maydonchalari, uskunalar, inshootlar, rang-barang jihozlar bilan ta’minlanmoqda,
Do'stlaringiz bilan baham: |