Turoperator turizm subyekti sifatida. Tur paketlar haqida tushuncha Turistik agentliklar



Download 1,31 Mb.
bet1/6
Sana29.04.2022
Hajmi1,31 Mb.
#593197
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
turizm mustaqil ish


Mavzu: Turizmda tur operatorlik faoliyatini rivojlantirish
Reja:

  1. Turoperator turizm subyekti sifatida.

  2. Tur paketlar haqida tushuncha

  3. Turistik agentliklar

  4. Dunyoga mashhur turoperatorlik korxonalari



  1. Turoperator turizm obyekti sifatida.

Turizm operatori – tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini realizatsiyasini, uni taklif etuvchi, tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol sub’ektidir. Bu turoperator faoliyati yordamida vakolat imtiyoziga ega xaridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari xarid etish, bronlash, o‘zlashtirish, turpaketlar hozirlash demakdir. Operator shunday qilib, sayohatni murakkab tizimini inobatga olgan holda uni iste’molchi bilan bog‘lovchi, turizm industriyasidagi suptuzilmani va korxona infratuzilmasi bilan bevosita aloqador, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar ijrochisi maqsadida turistlarga samarali xizmatlarni uyushtiruvchidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda har bir turoperatorning vazifasi kelajakdagi sayohat tadbirini rejalashtirish, vaqtga uyg‘unlashtirish, xizmat arzlariga munosib ravishda jadval asosida sayyohlarga sifatli xizmat turini tashkil etishdir. Aniq rejalashtirilgan sayyohlik tadbiri hech qachon kamchiliklar yo‘l qo‘yilmaydigan xizmat turiga ehtiyoj sezadi. Sayyohlik xizmatlarini obdon rejalashtirish malakali va tajribali turoperatorlarni samarali mehnati tufayli erishiladi.
Mamlakat va mintaqalarda turistlarning tutgan o‘rni, iqtisodiy tizimga ta’sirini keng tus ola boshlaganidan turoperatorlar xususida dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro rioya etiladigan tartiblar ishlab chiqilgan. Birinchi o‘rinda turopereytingga oid faoliyat uchun ruxsatnoma, davlat organini aniqlash ruxsatnoma vakolatlari talab etiladi. Talab etiladigan ruxsatnomani (litsenziya) davlat qonunchiligiga muofiq va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib uch guruhga bo‘lish mumkin:

    • mustaqil faoliyat yurituvchi huquqini beruvchi turoperator ruxsatnomasini (litsenziyani) yuridik shaxs sifatida qonuniy shakllanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdimoti, eng avvolo yuridik shaxslarni ta’sischilari haqida ma’lumot, uning tashkiliy-huquqiy shakli, ustav kapitalini o‘lchami, ishtirokchi firmasining mulki to‘g‘risida ma’lumot;

    • turizm sohasida tajribaga ega bo‘lgan ishchilar guruhining, shtatlarning mavjudligi yoki ma’lumoti muofiq keladigan, ya’ni kelajakda sifatli turoperator xizmatlari ko‘rsata olish mumkinligi isbotlovchi holatlarni talab etilishi;

    • kelajakda turoperatorlik faoliyati istiqbollari uchun shartnomalar (yuk tashuvchilar, boshqa turoperatorlar bilan shartnoma munosabatlari) mavjudligi.

Turoperator tavakkalchilik darajasini hisobga olib operator ishi bilan bog‘liq yuk tashuvchilar, konsullik xizmatlari, fors-mojor holatlari va turistlar huquqlarini buzilishi ehtimollari, ularga ma’naviy zarar yetkazishlarni hisobga olib jahon turoperator reytingi tomonidan turoperatorlar uchun moliyaviy kafolatlar ishlab chiqilgan. Bu pul ko‘rinishida banka depozit sifatida qo‘yiladi, u albatta ma’lum summa qiymati ifodalaydi. Bu chora turizm bozorida kichik va o‘rta darajali turoperatorlarni faoliyatini qisqarish va cheklanishga olib keldikim, bu o‘z o‘rnida yirik turoperatorlarga raqobatda yengillik hosil qiladi. Moliyaviy kafolat naqdligi turoperator uchun kutilmagan muammolarni bartaraf etishda imkoniyat yaratadi, turistlar huquqlarini himoyasini kafolatlaydi.
Turoperatorlarning funksiyalari:

  1. Turistik mahsulotni shakllashtirish – tur muddatlari, maqsadini aniqlash bo’yicha tartiblashtirilgan va bir- biriga bog’langan , narxi va sifati bo’yicha ketma- ketligiga ko’ra kelishilgan xizmat ko’rsatish va ish bajarish, ularni taklif etish bo’yicha shartnomalar tuzish, tegishli.ravishda bronlashtirish va rezervlashtirish.

  2. Bozor tomon yo’naltirish- potensial iste’molchida sotib olish uchun moyil raqobat tug’dirish bo’yicha ishlar bajariladi yoki soddaroq aytganda tur va xizmatlar reklamasi amalga oshiriladi.

  3. Narxni shakllantirish funksiyasi turoperatorlar uchun muhim ahamiyatga ega. Har bir turoperatorning imkoniyati narxning shakllanishiga ko’ra bir xil emas. U o’z subyektiv va obyektiv omillariga ega. Eng avvalo bu turoperator ishining hajmiga bog’liq.

  4. Siljitish funksiyasi. Turistik mahsulot turoperatorning marketing faoliyatini belgilovchi muhim shakllaridan biri hisoblanadi.

  5. Axborotlashtirish funksiyasi- zamonaviy turizm operatorlaridan ehtimol tutilgan dalillarni qayta ishlash, siljitish, turoperator realizatsiyasida kamnamo yoki umuman noma’lum xabarlar jarayonida namoyon bo’ladi.

  6. Novatorlik funksiyasi- har qanday tijorat tashkilotini turizm bozorining o’zgarishlaridan kelib chiqib, turmahsulotni yangi xillarini, modifikatsiyalarini ishlab chiqish, yaratishda tinimsiz izlanishlar olib borish, turistlarning maksimal ehtiyojlarini qondirish agent tarmog’ida ko’p qirrali o’zgarishlarga moyil savdo- sotiq ishlarini tashkil etishda ko’zga tashlanadi.

  7. Byudjetni shakllantiruvchi funksiyasi. Bu asosan kam rivojlangan davlatlarda, iqtisodiy tizimlari kam rivojlangan mamlakatlarda, beqaror bank tizimi hukm surayotgan bir vaqtda kuchli investitsiya imkoniyatidan mahrum mintaqalarga xos xususiyatdir.

Turoperatorlar faoliyat joyiga ko’ra:

  • Mahalliy turoperatorlar. Ular o’zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo’nalishlar bilan birga turpaketlar tuzadilar.

  • Chiqish turoperatorlari. Turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo’naltiradilar.

  • Qabul qiluvchi turoperatorlar. Xorijiy turistlarni qabul qilib, ularga xizmat ko’rsatadi.

Initsiativ va retseptiv turoperatorlar.
Initsiativ turoperatorlar- bular turistlarni qabul qiluvchi turoperatorlar yoki to’g’ridan- to’g’ri turistik firmalar bilan shartnoma xorijga yoki boshqa regionlarga jo’natadigan turoperatorlar.
Retseptiv turoperatorlar- qabul qilish joyida qabul qiluvchilar va xizmat yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar asosida ish olib boradigan turoperatorlardir.
Turoperatorlar faoliyat turiga ko’ra 2 ga bo’linadi.

  1. Ommaviy bozor turoperatorlari. Ular ommaviy turizm joylariga charter aviareyslar yordamida turpaket sotadilar.

  2. Maxsuslashgan turoperatorlar- bozorning ma’lum segmenti yoki mahsulotiga moslashgan turoperatorlar. Maxsuslashgan turoperatorlar o’z navbatida quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • Maxsus qiziqishlar turoperatorlar(sport, sarguzasht turizmi, Afrikaga safari turizmi)

  • Maxsus boriladigan joylar turoperatorlari( Angliya, Fransiya va boshqa joylar)

  • Ma’lum mijozlar guruhi turoperatorlar( yoshlar, oilalar, ish odamlari)

  • Maxsus joylashtirish joylari turoperatorlar( dam olish joylari, turbazalar)

  • Ma’lum transport turlaridan foydalanadigan turoperatorlar( teploxod, poyezd)

Turoperator zamonaviy dunyoda ko’pgina infra va subtuzilmali turistik industriya korxonalariga potensial mijozlar taklif etishda kafolat ramziga aylandi, bu o’z navbatida uning haqiqiy kuch salohiyatini qo’lga kiritishga olib keldiki, oxir oqibatda u funksiyalashgan tobe korxonalargagina o’z ta’sirini o’tkazib qolmasdan, boshqa sohalarda ham o’z ustuvorliklarini ko’rsata boshladi.
Turpaket - bu turoperatorning tayyor mahsuloti bo'lib, u turistik xizmatlarni o'z ichiga oladi, masalan, bron qilingan aviachipta , mehmonxonada yashash uchun vaucher, kafolatli ovqatlanish, tibbiy sug'urta va boshqa mumkin bo'lgan xizmatlar - ekskursiyalar, vizalar va hk. kuni.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish