VI Bob. XALQARO TURIZM GEOGRAFIYASI
6.1. Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizm.
6.2. Ishga aloqador turizm.
6.3. Diniy turizm.
6.4. Davolash – sog‘lomlashtirish turizmi.
6.1. Ko‘ngil ochish va dam olish maqsadidagi turizm
Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya, Fransiya, Avstraliyaga safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar. Turizmning bu turiga xos xarakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga kiruvchi shaharlar sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga imkon yaratadi. Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga borganda, sayyohning joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir.
Ma’lumki, ko‘ngilochish turizmi butun jahonda mashhurdir. Turizmning bu turi rang-barangligiga qaramay, uning turlari davomiyligi uncha kata emas, boru-yo‘g‘i 3-4 kun hisoblanadi. Yevropada mamlakatlarida rojdestvo bayrami - turlari keng tarqalgan. Bu turlar dasturi asosan ko‘ngilochish (bayram tadbirlariga, restoranlar, konsertlar va boshqalarga tashrif buyurish) tadbirlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |